Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


shaxsning ijtimoiy xavfli oqibatlarning kelib chiqishi mumkinligini


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/43
Sana11.06.2020
Hajmi1.99 Mb.
#117442
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   43
Bog'liq
JINOYAT HUQUQI KURSI 1 tom


shaxsning ijtimoiy xavfli oqibatlarning kelib chiqishi mumkinligini 

oldindan ko‘ra bilishiga  kiradi. Shuning uchun belgilariga ko‘ra,  o‘z-

o‘ziga ishonish egri qasddagidek ijtimoiy xavfli oqibatlarni oldindan 

anglash bilan bir-biriga  o‘xshab ketadi. Biroq, egri qasdda aybdor aniq 

holat bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatni aniq anglasa, o‘z-

o‘ziga ishonishda bunday oqibatni oldindan anglash mavhum xarakterga 

ega bo‘ladi. Bunda shaxs yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan aniq shaklda 

bo‘lmagan qilmish natijasidagi ijtimoiy xavfli oqibatni anglaydi.  

Shu bilan birga mavhum oldindan anglash imkoniyatini unifikatsiya 

(bir xillashtirish) qilish mumkin emas. Bunday imkoniyat faqat aniq holat 

va vaqtlarda ko‘rib chiqilishi mumkin. Har doim ham avtomashinaning 

tormoz shlangi yorilib, avariyaga uchrashi; o‘rmonda daraxt kesayotganda 

yoki hayvonga qaratib ovchi o‘q uzganda odam o‘ldirishi; bemorning 

organizmida noma’lum anomaliyalarning mavjudligidan shifokorning 

aralashuvi natijasida uning sog‘lig‘iga zarar yetkazilishidagi holatlarda 

mavhumlik mavjud.  

201 


 

O‘z-o‘ziga ishonishda oldindan ko‘ra bilish shu bilan izohlanadiki, 

shaxs irodaviy jihatlar, ruhiy bosim va ta’sir bilan mazkur holatlarning 

haqiqiy sababiy bog‘lanish rivojlanishini anglashi mumkin bo‘lsa-da, 

ularni anglamaydi. Aybdor holatga jiddiy yondashmay, lekin amalda 

oqibat kelib  chiqishining oldini olishga umid qiladi, lekin amalda oqibat 

kelib chiqishiga monelik qila olmaydi. 

Ta’kidlash joizki, o‘z-o‘ziga ishonishda jinoiy oqibatlarning kelib 

chiqishi mumkinligini oldindan ko‘ra bilishi ongli ravishda ehtiyotkorlik 

chora-tadbirlariga rioya qilmaslik bilan ifodalanadi. 

Ehtiyotkorlik choralariga amal qilmaslikda shaxs kelib chiqishi 

mumkin bo‘lgan ijtimoiy xavfli oqibatni oldindan anglash imkoniyatiga 

ega bo‘lib, uning kelib chiqishining oldini olishda yetarli  va zarur 

choralarni ko‘rmaydi. Mazkur holatlarda shaxs bunday oqibat ma’lum bir 

holat va sharoitlar o‘tishi bilan kelib chiqmaydi, deb hisoblaydi, biroq 

oqibatning oldini olishga qaratilgan hech qanday mustaqil harakatni 

amalga oshirmaydi. 

Shuning uchun aybdor shaxs sababiy bog‘lanishning bir-biriga to‘g‘ri 

kelib qolishini kuzatish holatida bo‘lmaydi yoki oddiygina jinoiy 

natijaning kelib chiqishi uchun qarshilik qiluvchi holatni noto‘g‘ri 

baholaganligi sababli o‘zi taxmin qilgan sababiy bog‘lanishining 

rivojlanishida adashishi  mumkin.  O‘z-o‘ziga ishonish bilan qasdning 

sababiy bog‘lanishdagi xato o‘rtasidagi asosiy farq, bu kelib chiqqan 

oqibatga nisbatan qasddan aybni rad etadi. 

Ehtiyotkorlik choralari zaruriy va majburiy xususiyatga ega bo‘lgan 

ish, kasb va mansabdagi shaxs majburiyatlariga to‘laligicha kiradi. Bundan 

tashqari, ehtiyotkorlik choralari muayyan holatdan kelib chiqqan holda 

ham belgilanishi mumkin. Shuning uchun amal qilinishi lozim bo‘lgan 

chora-tadbirlarni ko‘rsatib bo‘lmaydi. 

Ehtiyot choralarining mavjudligi o‘z-o‘ziga ishonish ijtimoiy xavfli 

oqibatining oldini olishga qaratilgan asossiz tavakkalchilikni ifodalovchi 



irodaviy holatning  xususiyati bilan ham bog‘liq. Bunda aybdor ehtiyot 

choralariga rioya qilmayotganini anglaganligi muhim ahamiyatga ega. 

Mazkur  holat shundan dalolat beradiki, aybdor qandaydir obyektiv va 

202 


 

subyekt  holatlarni anglaydi va ularga muvofiq ravishda o‘z xulq-atvorini 

shakllantiradi. 



O‘z-o‘ziga ishonishning irodaviy holati ijtimoiy xavfli oqibatlarning 

oldini olishga qaratilgan asossiz (yetarli  asoslar mavjud bo‘lmagan, 

yengiltaklik bilan) tavakkalchilikdan iborat. Bu bilan o‘z-o‘ziga 

ishonishlik to‘g‘risidagi hisob-kitobdan shunday fakt dalolat beradiki, 

unda jinoiy oqibat baribir kelib chiqadi. Aynan bu belgi o‘z-o‘ziga 

ishonishni egri qasddan ajratuvchi muhim belgi hisoblanadi. 

Agar shaxs egri qasdda ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqishiga ongli 

ravishda yo‘l qo‘ysa yoki ularning kelib chiqishiga befarq bo‘lsa, ya’ni 

kelib chiqqan oqibatni yoqlasa yoki ularga ijobiy yondashsa, o‘z-o‘ziga 

ishonish esa, shaxs nafaqat xohishining mavjud emasligi, oqibatlarga ongli 

ravishda yo‘l qo‘yishni istamasligi, ularni keltirib chiqarmaslikka harakat 

qilishi va ularga nisbatan nisbiy munosabatda bo‘lishi bilan farqlanadi. 

Qonun  o‘z-o‘ziga ishonishning irodaviy holatini (mazmun-mohiyatini) 

umid sifatida emas, balki ijtimoiy xavfli oqibatning oldini olishga 

qaratilgan to‘la voqelik sifatida qaraydi. Subyekt  tavakkalchilikka, 

holatlarning bir-biriga to‘g‘ri kelib qolishiga asoslanmaydi, balki uning 

fikri bo‘yicha jinoiy oqibatlarni keltirib chiqaradigan konkret shart-

sharoitlar va holatlarga taxmin qiladi. Bunday shart-sharoit va holatlar 

(kuch, uddaburonlik, tajriba, ko‘nikma, bilim va h.k.lar) qoida bo‘yicha 

aybdorning shaxsi va qilmishiga nisbatan (tegishli) bo‘ladi, shuningdek, 

jinoyat sodir etiladigan vaziyatlar (tungi vaqtda, odam yo‘qligida va 

h.k.lar), boshqa shaxslarning harakatlari (piyodaning yo‘ldan kesib 

o‘tishga ulgurishiga ishonish, o‘rmonda gulxanni kimdir o‘chirishiga 

ishonish va h.k.), mexanizmlarning harakati va boshqa tabiat kuchlari ham. 

Bunda taxmin o‘z-o‘ziga ishonishda yengiltaklik va ijtimoiy xavfli 

oqibatlarning oldini olishga qaratilgan holatlarga, ehtiyotkorlik chora-

tadbirlariga rioya qilmaslikda ko‘rinuvchi noto‘g‘ri baho berish natijasida 

yuzaga keladi. 

Qonunchilikda  o‘z-o‘ziga ishonishni asossiz ravishda umid qilish 

konstruksiyasi ikki xil ifodalanadi. Uning ikki xilligi shundaki, asossiz 

ravishda umid qilish belgisi birinchi navbatda,  o‘z-o‘ziga ishonishning 

203 


 

irodaviy holati va o‘z navbatida, uning intellektual holati ham hisoblanadi. 

Shaxs  o‘zi taxmin qilayotgan holatlarni  (to‘g‘rimi-noto‘g‘rimi) anglaydi 

va uning qilmishi bilan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibat o‘rtasida 

sababiy bog‘liqlikdagi rivojlanishning to‘xtatilishi yoki izdan chiqishiga 

taxmin qiladi. Shaxs kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy xavfli 

oqibatni oldindan anglashi bilan birga uni o‘zining ishongan harakatlari 

ta’sirida oldindan anglamasligi ham mumkin. o‘z navbatida,  o‘z-o‘ziga 

ishongan holda harakat qilib, shaxs natijaning oldini olish imkoniyatlarini 

oldindan anglamaydi (aks holda, bu zararlarning oldini olishga bo‘lgan 

harakatlarga umid qilmasdi), biroq shaxs bu oqibatlarni oldindan ko‘ra 

bilishi lozim va mumkin edi.  

Shu bilan birga shuni  e’tiborga olish kerakki, agar shaxs jinoyatning 

oldini olishga qaratilgan barcha choralarni ko‘rgan bo‘lsa hamda unda turli 

xil sabablar bo‘lib, natijaning oldini olish uchun yetarli  bo‘lmagan va 

shaxs bilishi mumkin bo‘lmagan bo‘lsa, u holda tasodif –  aybsiz holda 

zarar  yetkazish  deb topiladi. Boshqacha aytganda, shaxs agar ijtimoiy 

xavfli oqibat kelib chiqishini oldindan ko‘ra bilganda va uning oldini olish 

uchun zarur chora-tadbirlarni ko‘rganda ham baribir oqibat kelib chiqsa, 

jinoiy javobgarlik bo‘lmaydi. Bunday holat quyidagi hollarda yuzaga 

keladi: 


–  aynan hisobga olingan qoidalarning yuzaga kelgan vaziyati va 

ehtiyot choralarining to‘liqsizligi (ilmiy va texnik ilmlarning yetarli 

emasligi); 

–  bu qoidalar mo‘ljallangan (taxmin qilingan) vaziyatlarga to‘g‘ri 

kelmasligi; 

–  oqibatlar kelib chiqishining oldini olishga yengib bo‘lmas va 

oldindan ko‘rinmagan kuch ta’siri;  

–  ma’lum bir harakatlarni amalga oshirishi lozim bo‘lgan shaxsning 

harakatlariga umid qilib, keltirib chiqarish ehtimoli bo‘lgan xavfli oqibat 

haqida uni ogohlantirish mumkin bo‘lgan holatlar bo‘lishi mumkin. Mana 

shu harakatlarni sodir etmaslik va faktik oqibatlarning yuzaga kelishi 

tavakkalchilikni ongsiz ravishdagi tavakkalchilikka, shu bilan birga o‘z-

o‘ziga ishonish darajasiga o‘sib chiqishiga olib kelmaydi. 

204 


 

O‘z-o‘ziga ishonishda shaxs jinoyat sodir etilish vaqtida asossiz o‘ziga 

ishonuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgani uchun aynan mana shu oqibat 

vujudga keladi. 

Shunday qilib, o‘z-o‘ziga ishonish, subyektning jinoyat sodir etish 

paytida o‘z-o‘ziga ishonib, oqibat kelib chiqmasligiga asossiz umid qilishi 

xuddi shu ijtimoiy xavfli oqibatlarning haqiqatan  kelib chiqishiga olib 

keladi.  Jinoyat  subyekti  taxminining intellektual holati shundan iborat 

bo‘ladi. 



NOTA BENE ! 

O‘z-o‘ziga ishonish ehtiyotsizlikning shunday turiki, unda shaxs 

o‘zining harakati yoki harakatsizligining ijtimoiy xavfli oqibatlarini 

anglamaydi,  o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli oqibatlari keltirib chiqarishi 

mumkin bo‘lgan mavhumlikni  oldindan ko‘radi, ehtiyotkorlik chora-

tadbirlariga ongli ravishda rioya etmagan holda bunday oqibatlar kelib 

chiqmasligiga asossiz ravishda umid qiladi. 

 

JK 22-moddasi 3-qismi  beparvolikning mohiyatini ochib beradi. 

«Agar jinoyat sodir etgan shaxs o‘z xulq-atvori qonunda nazarda tutilgan 

ijtimoiy xavfli oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligiga ko‘zi yetmasa-da, 

lekin  ko‘zi yetishi lozim va mumkin bo‘lsa, bunday jinoyat beparvolik 

orqasida sodir etilgan deb topiladi». 

Qonunchilik jinoiy beparvolikni shaxsning qilmishi natijasida kelib 

chiqishi  mumkin bo‘lgan ijtimoiy xavfli oqibatni oldindan anglash real 

imkoniyatiga ega bo‘ladi, lekin bu oqibatni kelib chiqishini anglash uchun 

qilinishi kerak bo‘lgan zarur irodaviy harakatlarni amalga oshirmaydi, 

diqqat-e’tiborini va ehtiyotkorlikni namoyon qilmaydi, deb hisoblaydi. 

Beparvolikda  ijtimoiy xavfli oqibatni oldindan ko‘ra bilmaslik 

oqibatga nisbatan har qanday munosabat mavjud bo‘lmaydi degan 

tasavvurga olib kelmaydi, balki bunday munosabat maxsus shaxsning 

qonun talablariga, ijtimoiy xulq-atvor qoidalariga, boshqa shaxs 

manfaatlariga beparvo munosabatda bo‘lishida ifodalanadi. Shuning uchun 

beparvolikda intellektual holat  ijtimoiy xavfli oqibatni oldindan ko‘ra 

205 


 

bilmaslikdan tashqari, shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli oqibatini 

anglamasligi bilan ifodalanadi. 

Jinoiy beparvolikning intellektual holati ijobiy va nisbiy mezonlarga 

bo‘linadi. 

Jinoiy beparvolikning nisbiy mezoni shaxsning kelib chiqishi 

mumkin bo‘lgan ijtimoiy xavfli oqibatni oldindan anglamasligida 

namoyon bo‘ladi. Beparvolik shaklidagi ayb formasida shaxs oqibat kelib 

chiqishi mumkinligini ham, realligini ham yoki mavhumligini ham 

oldindan anglab yetmaydi. 

Oqibatni oldindan ko‘ra bilish mumkinligi qilmish sodir etilayotgan 

vaziyatning  o‘ziga xosligi va aybdorning individual xususiyatlari bilan 

izohlanadi. Aybdorning individual xususiyatlariga uning (jismoniy holati, 

rivojlanganlik darajasi, ma’lumoti, kasbiy mahorati, sog‘lig‘i holati, qabul 

qilish darajasi) qilmish sodir etilayotgan vaziyatdan kelib chiqib, asosli 

xulosalar qilishi va atrof muhitni to‘g‘ri qabul qilishi hamda ularga baho 

berishga imkon yaratishi kiradi. Bu ikki tayanchning mavjudligi aybdor 

sodir etayotgan qilmishning ijtimoiy xavfli oqibatlarini oldindan ko‘ra 

bilishga real imkoniyat yaratadi. 

Jinoiy beparvolikning ijobiy mezoni normativ ahamiyat kasb etib, u 

aybdorning kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy xavfli oqibatni 

oldindan bilishi lozim va mumkin bo‘lganligini anglatadi. Aynan mana shu 

belgi beparvolikni mustaqil ayb turi sifatida jinoyat-huquqiy ahamiyatini 

oshiradi. Bu insonning anglashi va irodaviy xususiyatlari bilan belgilanadi: 

bilish lozimligi normativ ahamiyatga ega bo‘lgan  obyektiv belgi 

hisoblansa, oldindan ko‘ra olishi mumkinligi katta darajada ijtimoiy 

ahamiyat kasb etadigan subyekt  belgi.  Obyektiv belgining o‘zi bilangina 

shaxsda ijtimoiy xavfli oqibatlarni kelib chiqishining oldini olish uchun 

imkoniyatlar mavjud degan xulosaga kelib bo‘lmaydi. Ijtimoiy xavfli 

oqibat kelib chiqishi mumkinligini oldindan ko‘ra bilish lozimligi va 

mumkinligi shaxsning majburiyatidan kelib chiqib belgilanadi. Bu qoida 

aybdorning mansab maqomini belgilovchi, uning kasbiy vazifalari va 

umummajburiy ijtimoiy xulq-atvor qoidalarida, qonun, shartnoma va 

206 

 


boshqalarda aks ettirilgan bo‘lishi mumkin. Biroq bu tarzdagi normativ va 

ijtimoiy majburiyatlarning mavjudligi shaxsning u yetkazishi mumkin 

bo‘lgan ijtimoiy zararli va xavfli oqibatni to‘la anglashi uchun yetarli 

hisoblanmaydi. Buning uchun nisbiy mezonlar mavjudligini aniqlash 

lozim. 

E’tiborlilik va ehtiyotkorlik jinoyat huquqida xulq-atvorning lozimligi 



va mumkinligini yorituvchi atamalar hisoblanadi. Ular ijtimoiy normalar, 

to‘g‘ridan-to‘g‘ri qonundan kelib chiquvchi normalar, boshqa hujjatlardagi 

qoidalardan kelib chiqqan holda mohiyatni ochib beradi.  

O‘z qilmishining ijtimoiy xavfli oqibatlarini oldindan ko‘ra bilish yoki 

ko‘ra bilmaslik tasodif hisoblanmay, bu shaxsning mazkur harakatlari 

bilan  buzilishi mumkin bo‘lgan boshqa shaxs, jamiyat va davlat 

manfaatlariga bo‘lgan munosabatdan kelib chiqadi. 

O‘z-o‘ziga ishonish va beparvolik irodaviy holatlarining farqi 

shundaki,  o‘z-o‘ziga ishonishda shaxs kelib chiqishi mumkin bo‘lgan 

oqibatning kelib chiqishini mavhum tarzda oldindan ko‘ra oladi, 

beparvolikda esa, shaxs kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatning hech 

qanday shaklini oldindan ko‘ra olmaydi. 



Jinoiy beparvolikning irodaviy holati 

aybdorning ruhiy 

imkoniyatlari va quvvati ijtimoiy xavfli oqibatning oldini olishga 

qaratilgan zarur faoliyatni amalga oshirishda faollashmaydi. 

O‘z-o‘ziga ishonish va beparvolikda irodaviy holatlar bir-biriga 

o‘xshash. U va bu holatda ham kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatga 

nisbatan ijobiy oqibat mavjud bo‘lmaydi, ya’ni aybdor zararli oqibatlar 

kelib chiqishiga ongli ravishda yo‘l qo‘ymaydi va xohlamaydi. Ular 

o‘rtasidagi farq shunda ko‘rinadiki,  o‘z-o‘ziga ishonishda shaxs kelib 

chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatning kelib chiqishini mavhum tarzda 

oldindan anglab, ongli ravishda xavfli irodaviy harakatlarni sodir qiladi, 

biroq bunda shaxs o‘z hisobidagi ayrim omillarni xavfli oqibat kelib 

chiqishining oldini olish maqsadida ishlatadi, beparvolikda irodaviy xohish 

aybdorga ijtimoiy foydali yoki ijtimoiy neytral tasavvur qilinib, uning hech 

qanday chora ko‘rmasligiga sabab bo‘ladi. 

207 


 

NOTA BENE ! 

Beparvolik  ehtiyotsizlikning shunday turiki, unda shaxs o‘zining 

harakati yoki harakatsizligining ijtimoiy xavfli oqibatlarini anglamaydi, 

o‘z xulq-atvori ijtimoiy xavfli oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligiga 

ko‘zi yetmaydi, lekin ko‘zi yetishi lozim va mumkin bo‘ladi. 

 

Jinoiy beparvolik shaxsning o‘z qilmishiga va uning ijtimoiy xavfli 



oqibatlariga nisbatan ruhiy munosabatning shakli sifatida o‘z-o‘ziga 

ishonish va tasodifiy, aybsiz holda zarar yetkazish  o‘rtasidagi oraliq 

holatni egallaydi. 

5-§. Murakkab aybli jinoyat  

JK 23-moddasi murakkab ayb shaklida sodir etilgan jinoyatlar uchun 

javobgarlikni belgilab beradi. Ushbu qonunga ko‘ra, «agar shaxsning 

qasddan jinoyat sodir etishi natijasida ehtiyotsizlik orqasida boshqa 

ijtimoiy xavfli oqibatlar yuz bergan va shunday qilmishni qonun qattiqroq 

javobgarlik bilan bog‘lagan bo‘lsa, bunday jinoyat qasddan sodir etilgan 

deb topiladi». 

Bir jinoyat tarkibida ikki ayb shaklining mavjudligi ayrim jinoyat 

tarkiblariga kiritilgan: jinoyat qonuni bir tarkibga yuridik jihatdan mustaqil 

bo‘lgan ikki jinoyatni: birinchisi, qasddan sodir etilgan jinoyatlar; 

ikkinchisi, ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan ikki mustaqil jinoyatni 

birlashtiradi. Ularning har biri mustaqil tarkib hosil qilishi mumkin, lekin 

ular  subyekt  xususiyati bilan bir-biriga mosligi jihatdan yangi jinoyat 

tarkibini hosil qiladi. 

Ikki ayb shaklining bir jinoyat tarkibida mavjud bo‘lishi faqat 

kvalifikatsiya qilish belgisi sifatida namoyon bo‘ladi: qasd qasddan sodir 

etilgan jinoyat tarkibining asosiy tashkil etuvchi elementi sifatida qaralsa, 

ehtiyotsizlik kvalifikatsiya qilinayotgan belgiga nisbatan olinadi. Bunday 

hollarda qasd (to‘g‘ri yoki egri) asosiy jinoyat tarkibining subyekt 

belgilariga kiritilib, ehtiyotsizlik (o‘z-o‘ziga ishonish) esa, kvalifikatsiya 

qilishdagi belgi sifatida olib qaraladigan asosiy jinoyat tarkibiga 

kirmaydigan oqibatga nisbatan ruhiy munosabatni ifodalaydi. 

208 


 

Bir vaqtning o‘zida aybning ikki shaklini o‘zida mujassam etgan 

jinoyatlarning soni Jinoyat kodeksida unchalik ko‘p emas. JKning 23-



moddasi  tahlili hamda JKning Maxsus qismi qoidalari shundan dalolat 

beradiki, qonun chiqaruvchi bunday jinoyat tarkiblarini tuzishda: 

– ikki har xil oqibatlarga; 

–  birinchi tomondan, qilmishga nisbatan va ikkinchi tomondan, JK 

Maxsus qismi moddalaridagi kvalifikatsiyalovchi belgi sifatida qonunda 

nazarda tutilgan oqibatga nisbatan aybdorning bir xil bo‘lmagan (qasd va 

ehtiyotsizlik) ruhiy munosabatida o‘z aksini topgan ayb shaklining ikki 

xilligidan kelib chiqqan. 

Murakkab aybli jinoyatlarning birinchi turi shaxsning Maxsus qism 

moddalarida nazarda tutilgan sodir etayotgan jinoyatining kelib chiqishi 

mumkin bo‘lgan yaqin va og‘irroq oqibatga nisbatan bo‘lgan ruhiy 

munosabati qasd shaklida deb qaralsa, kelib chiqishi nazarda tutilmagan 

og‘ir oqibatlar ehtiyotsizlik shaklida deb olinishi bilan ta’riflanadi. Bu 

yerda ikki bir-biriga  o‘xshamagan oqibatning mavjudligini ko‘rishimiz 

mumkin.  o‘z navbatida,  bunday ikki mustaqil ayb shakli kelib chiqishi 

vaqti va ijtimoiy xavflilik darajasi har xil bo‘lgan jinoyat tarkibining 

asosiy belgisi sifatida oqibat qaraladigan moddiy tarkibli jinoyatga 

nisbatan olib qaraladi. Boshqa so‘z bilan aytganda, buni asosiy jinoyat 

tarkibi belgilaridan hisoblangan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatdan 

ko‘ra og‘irroq oqibatning yuzaga kelishi bilan izohlash mumkin. Masalan, 

badanga og‘ir tan jarohati yetkazish  jinoyati shaxs o‘limiga sabab bo‘lsa 

(JK 104-moddasi 3-qismi «d» bandi), badanga og‘ir tan jarohati yetkazish 

jinoyati kabilarni o‘zida qamrab oluvchi shaxs sog‘lig‘i uning mustaqil 

obyekti  sifatida namoyon bo‘lsa (JK 104-moddasi 1-qismi), biroq u 

ehtiyotsizlik orqasida shaxs o‘limiga sabab bo‘lganda, shaxsning hayoti 

tajovuz (JK 102-moddasi)  obyekti  hisoblanadi. Mazkur holatda qasddan 

aynan shaxsga og‘ir tan jarohati (nutqi, ko‘rish, eshitish qobiliyatining 

yo‘qolishiga va qandaydir organidan ajralishiga olib keluvchi) 

yetkazishga, ancha og‘ir oqibatlarga nisbatan (jabrlanuvchining o‘limi, 

aybdorning ichki ruhiy holati) ehtiyotsizlik bilan ifodalanadi. 

209 

 


Ish holatlari (yetkaziladigan tan jarohatining xususiyati, zarar 

yetkazishda ishlatiladigan jinoyatni sodir etish qurollari, vositalari va 

boshqa holatlar) o‘lim kelib chiqishi xavfini ko‘rsatsa-da (ehtiyotsizlikning 

intellektual holati), bunda irodaviy holat og‘ir tan jarohati yetkazishni 

xohlashida va bunga ongli ravishda yo‘l qo‘yishida ifodalanadi. Aybdor 

o‘z navbatida, o‘limning kelib chiqishini oldindan ko‘ra bilishi mumkin va 

lozim bo‘lgan holda ehtiyotsizlik (irodaviy holat)ka yo‘l qo‘yadi, lekin 

bunday oqibat kelib chiqmasligini anglamagan holda taxmin qiladi yoki 

oldindan ko‘ra bilmaydi.  

Bu holatlarni aniqlash jinoyatni kvalifikatsiya qilishda muhim 

ahamiyat kasb etadi. Yuqori turuvchi sud instansiyasi ko‘rsatmasiga ko‘ra, 

sudlar qasddan odam o‘ldirish jinoyatini jabrlanuvchining o‘limiga sabab 

bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish  jinoyatidan farqlashi 

lozim. «Qasddan odam o‘ldirish jinoyatini sodir etayotganda aybdor 

shaxsni hayotdan mahrum qilish niyatida harakat qiladi, badanga og‘ir 

shikast  yetkazish  shaxsning  o‘limiga sabab bo‘lgan hollarda esa, o‘limga 

nisbatan uning aybi ehtiyotsizlik shaklida ifodalanadi»

1



Murakkab aybli jinoyatlarning ikkinchi turiga qilmish (harakat yoki 

harakatsizlik)ga nisbatan bir xil bo‘lmagan munosabatda oqibat kelib 

chiqishi talab qilinmaydigan va oqibatga nisbatan bo‘ladigan jinoyatlar 

kiradi. Bu holat formal tarkibli jinoyatlarda ko‘zga tashlanadi. Bu 

kvalifikatsiyaga ta’sir qiladigan oqibat jinoyat-huquqiy norma bilan 

qo‘riqlanadigan asosiy jinoyat tarkibidagi  obyektdan tashqari qo‘shimcha 

obyektga zarar yetkazishda ifodalanadi. Bu turkumdagi jinoyatlarga asosiy 

tarkibli formal, kvalifikatsiyaga ta’sir qiluvchi belgilari ma’lum bir og‘ir 

oqibatni yuzaga keltiruvchi jinoyatlarni misol keltirish mumkin. Masalan, 

jabrlanuvchining  o‘limi abort o‘tkazishda kelib chiqishi (JK 114-moddasi 

3-qismi «a» bandi). Bunday shakldagi qasddan sodir etilgan jinoyatlar 

kvalifikatsiya qilinadigan oqibatga nisbatan ehtiyotsizlik orqasida sodir 

etilgan deb baholanadi. 

1

 



Қаранг:  Ўзбекистон  Республикаси  Олий  суди  Пленумининг  2004  йил  24  сентябрдаги  «Қасддан  одам 

ўлдиришга  оид  ишлар  бўйича  суд  амалиёти  тўғрисида»ги  13-сонли  қарори,  4-банд,  2-хатбоши  //  Тўплам,  2-

жилд. – 193-б. 

210 


 

                                                           



NOTA BENE ! 

Aybning murakkab shakli  faqatgina moddiy tarkibli jinoyatlardan 

o‘rin egallaydi va shaxsning turli xil ruhiy munosabatlari bilan ifodalanadi, 

chunonchi, birinchidan bu qilmishni kvalifikatsiya qiluvchi qilmishga va 

oqibatlarga nisbatan, ikkinchidan, uncha og‘ir bo‘lmagan va o‘ta og‘ir 

bo‘lgan ikki xil oqibatlarga nisbatan  qasd va ehtiyotsizlikni qo‘shish 

orqali ifodalanadi. 

 

Murakkab aybli jinoyatlarni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilishning 



muhimligi  obyektiv belgilariga ko‘ra,  o‘xshash bo‘lgan qasddan sodir 

etilgan jinoyatlardan ajratishda ko‘rinadi. Agar qasddan badanga og‘ir 

shikast  yetkazish  natijasida shaxsning o‘limi yuzaga kelsa, shuningdek, 

harakat umumiy qasd (egri qasd bo‘lsa ham) bilan qamrab olingan bo‘lsa, 

sodir etilgan jinoyat qasddan odam o‘ldirish deb kvalifikatsiya qilinmog‘i 

lozim.  


Murakkab aybli jinoyatlar umuman qasddan qilingan jinoyat 

hisoblanadi va bu kategoriya jazoni o‘tash tartibiga va boshqa jinoiy-

huquqiy oqibatlarga ta’sir qiladi. 


Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling