Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/43
Sana11.06.2020
Hajmi1.99 Mb.
#117442
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   43
Bog'liq
JINOYAT HUQUQI KURSI 1 tom


Aybning shakli  –  bu jinoyat sodir etuvchi shaxsning, o‘z qilmishiga 

nisbatan bo‘lgan munosabatini ifodalovchi ong va iroda elementlarining 

jinoyat qonuni bilan o‘rnatilgan o‘zaro bog‘liqligi (birikmasi)dir. 

 

Qonunchilik tuzilish shakliga muvofiq, aybning tuzilishi qasd  va 



ehtiyotsizlik  shaklida bo‘ladi.  JK 20-moddasiga  muvofiq, «Ushbu 

Kodeksda nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmishni qasddan yoki 

ehtiyotsizlik orqasida sodir etgan shaxs jinoyat sodir etilishida aybdor deb 

topilishi mumkin». 

Aybning har bir shakli bir necha turlarga bo‘linadi. Qasd to‘g‘ri va 

egri qasdga bo‘linadi  (JK 21-moddasi), ehtiyotsizlik esa, o‘z-o‘ziga 

ishonish va beparvolikka bo‘linadi (JK 22-moddasi)

Jinoiy tajovuzning xususiyati va shaxsning o‘zi sodir etgan qilmishiga 

bo‘lgan munosabatining ba’zi darajalarida namoyon bo‘lganidek, har 

qanday ijtimoiy xavfli qilmish qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir 

etiladi.  

181 


 

To‘g‘ri yoki egri qasdda intellektual element harakat 

(harakatsizlik)ning ijtimoiy xavfini anglashni va ijtimoiy xavfli 

oqibatlarining kelib chiqishi mumkinligini yoki muqarrarligini yoki faqat 

ularning kelib chiqish imkoniyatini oldindan ko‘ra bilishni (egri qasdda) 

ifodalaydi, irodaviy element esa, xohish (to‘g‘ri qasdda) yoki ongli 

ravishda yo‘l qo‘yishda yoki unga beparvo munosabatda bo‘lishda (egri 

qasdda) ifodalanadi. 

Jinoiy  o‘z-o‘ziga ishonishda, intellektual element o‘z-o‘ziga 

ishonishning ijtimoiy xavfli oqibatlarining kelib chiqishi ehtimolini 

oldindan ko‘ra bilishda va ularning oldini olishga yetarli  asoslar 

bo‘lmaganida, irodaviy element esa, ularning kelib chiqishini istamaslikda, 

ularning oldini olishga intilishda ifodalanadi. 

Jinoiy beparvolik uchun intellektual va irodaviylikni inkor etuvchi 

elementlar xosdir, ijtimoiy xavfli oqibatlarga mumkin va zarur bo‘lgan 

muayyan intellektual munosabatning, ya’ni shaxsning bu oqibatlarni 

ko‘rishining va oldindan ko‘ra bilishligining mavjud emasligi xosdir. 

Irodaviy jarayonning mohiyati, aybning qasdli shaklida shaxsning o‘z 

xatti-harakatlarini ongli ravishda oldindan belgilangan yoki oldindan ko‘ra 

olishi mumkin bo‘lgan maqsadiga yo‘naltirishida, ehtiyotsizlikda esa, o‘z 

xatti-harakatlarining oqibatlarini o‘ylamasligida va e’tiborsizligi natijasida 

ijtimoiy xavfli oqibatlarning kelib chiqishida ko‘rinadi. Ehtiyotsizlikning 

irodaviy elementining o‘ziga xos xususiyati shundaki, unda shaxs kerakli 

ruhiy zo‘r berishni, ruhiy kuchni ishlatmaydi, ijtimoiy xavfli oqibatlarni 

keltirib chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lsa ham, ijtimoiy xavfli oqibatlarni 

keltirib chiqarishdan qochadi.  

Sud tomonidan shaxsning xususiyatini va uning sodir etgan qilmishiga 

munosabatini hisobga olgan holda, unga jazo tayinlanayotgan vaqtda ruhiy 

ko‘rinishlari ham hisobga olinadi. 

Ayb faqat yuridik jihatdan qonunchilik tomonidan belgilangan forma 

va shakllarda mavjud. Shu bilan birga qonunchilik aybning boshqa 

shaklini, ya’ni jinoyat sodir etishda qasd va ehtiyotsizlikni ajratib 

ko‘rsatadi (JK 23-moddasi  –  qilmishga nisbatan  qasd va kelib chiqqan 

oqibatlarga nisbatan ehtiyotsizlik). 

182 


 

Ayb shaklining mazmuni  aybning shakli va uning qonuniy 

belgilanishi aybdorning ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish chegaralarini 

ko‘rsatib berishga olib boradi. Subyektning sodir etgan qilmishiga bo‘lgan 

turli xil ruhiy munosabati faqat shu ajratib ko‘rsatilgan chegaralar ichida 

bo‘lganida aybli deb topilishi mumkin. 

Agar qonun faqat qasddan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etishga jinoiy 

javobgarlikni belgilasa, aybning shakli jinoiy harakatni jinoiy bo‘lmagan 

harakatdan ajratib beradi. Masalan, bolani almashtirib qo‘yish, agar 

ehtiyotsizlik orqasida sodir etilsa, jinoiy javobgarlikka olib kelmaydi. 

Shu kabi hodisalar qatorida aybning shakli jinoiy javobgarlikni 

qonuniy tabaqalashtirishning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Qasddan odam 

o‘ldirish, qasddan badanga og‘ir yoki o‘rtacha og‘irlikda shikast yetkazish, 

mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish  kabi qilmishlar 

ehtiyotsizlik orqasida sodir etilganlariga qaraganda, ular uchun javobgarlik 

ancha qattiqroq. 

Qasd va ehtiyotsizlikning ko‘rinishi jinoyatning kvalifikatsiyasiga 

ta’sir qilmasdan, jinoiy javobgarlik va jazoni individuallashtirishda muhim 

mezon bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Boshqacha so‘z bilan aytganda, agar 

jinoyat to‘g‘ri qasd bilan sodir etilgan bo‘lsa, egri qasd bilan sodir 

etilganga nisbatan u o‘zida ancha ko‘proq darajada xavflilikni ko‘rsatadi, 

jinoiy  o‘z-o‘ziga ishonish esa, beparvolikka nisbatan ancha xavfliroq 

ekanligini ko‘rsatadi. 

Faqat aybning qasd shakli bilan jinoyat sodir etishning bir necha 

huquqiy oqibatlari bog‘langan. Chunonchi, retsidiv jinoyatlarni belgilash 

faqat ilgari qasddan sodir etilgan jinoyatlar uchun hukm qilinishi bilan 

bog‘liq (JK 34-moddasi). Jinoiy faoliyatning boshlanishi va jinoyat sodir 

etishda ishtirokchilik kabi tushunchalar aybning faqat qasd shaklini taqozo 

etadi; aybning shakli (ijtimoiy xavflilik darajasiga bog‘liq holda) 

jinoyatlarni kategoriyalar bo‘yicha kvalifikatsiya qilishning asosida yotadi. 

Va nihoyat, aybning shakli jazoni, shuningdek, uning o‘talish shart-

sharoitlarini oldindan belgilab beradi. 

Qonunchilikni loyihalashtirishda JKning Maxsus qismi moddalarida 

ko‘rsatilganidek, aybning shakli normalarning dispozitsiyasida to‘g‘ridan-

183 


 

to‘g‘ri ko‘rsatiladi yoki nazarda tutiladi   (masalan, JK 97-moddasi  – 

qasddan odam o‘ldirish). Oxirgi vaziyatda aybning qasd shakliga 

qonunchilikda ko‘rsatilgan xususiyat (o‘g‘rilik, talonchilik, nomusga 

tegish,  tuhmat, pora olish yoki berish va h.k.) yoki qonunchilikda 

ko‘rsatilgan qilmishning ayni bir maqsadi yoki sodir qilinayotgan 

qilmishning  o‘zboshimchaligi va noqonuniyligi yo bo‘lmasa, jinoyat 

tarkibiga qilmishning maxsus motivini kiritish ko‘rsatiladi. 

Ehtiyotsizlik, asosan, dispozitsiyada ko‘rsatilgan,  o‘z vazifalarini 

bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik, harakatsizlik (agar bunday 

harakat qandaydir maqsad yoki motivni tug‘dirgan bo‘lmasa) kabilarda 

aniq ifodasini topadi. 

Shunday qilib, aybning ichki tuzilishi bilan bog‘langan aybning shakli 

va boshqa elementlari (irodaviy va intellektual elementlari), shaxsning 

o‘zini o‘rab turgan real voqelikka bo‘lgan ruhiy munosabatini belgilovchi 

aybning mohiyatini tashkil etadi. Boshqacha aytganda, aybning ijtimoiy-

huquqiy mohiyati, jinoyat qonunchiligi bilan taqiqlangan aybli ijtimoiy 

xavfli qilmishni jazo qo‘llash tahdidi bilan jinoyat sifatida aniqlashiga 

tayanadi. Bunday mohiyat, ayb o‘zida shaxs o‘zi qilgan har qanday 

qilmishlari va uning oqibatlari uchungina ruhiy munosabatini namoyon 

etmaydi, balki u faqat jazo qo‘llash tahdidi bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy 

xavfli, ya’ni Jinoyat kodeksi bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlar 

uchun xavfli qilmishlarni namoyon etadi. Aybdor shaxs jinoyat sodir eta 

turib, qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida davlat tomonidan o‘rnatilgan 

qadriyatlarga nisbatan o‘zining salbiy ichki munosabatini namoyon etadi. 

Aybning ijtimoiy mohiyati, salbiy (qasddan sodir etiladigan tajovuzlar 

uchun xarakterli) yoki e’tiborsizlik yoki kam e’tiborli (ehtiyotsizlik 

orqasida sodir etiladigan jinoyatlarga xarakterli bo‘lgan) qasd yoki 

ehtiyotsizlik orqasida ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etishda asosiy 

qadriyatlarga nisbatan ruhiy munosabatning namoyon bo‘lishida ko‘rinadi. 

Sud-tergov amaliyoti nuqtai nazaridan ayb tasdiqlanishi qiyin bo‘lgan 

konkret va aniq bo‘lmagan kategoriya hisoblanadi. Shu bilan birga ayb 

jinoiy tajovuzlarni, ularning ijtimoiy xavfliligi, zararliligi va huquqqa 

xilofliligini ifodalovchi o‘ziga xos miqdoriy o‘lchovlariga ega. Shunday 

184 


 

aybni ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri darajadir. Aybning 

mohiyati tushunchasi kabi ayb darajasi tushunchasi ham jinoyat 

qonunchiligida nazariy xarakterga ega. Bundan tashqari, sud va dastlabki 

tergov uchun ayb darajasini aniqlash amaliy ahamiyat kasb etadi. 



NOTA BENE ! 

Aybning darajasi  jinoyat  subyektining jinoyat holatlariga bo‘lgan 

munosabatining shakli va tarkibi majmui bilan aniqlanadi hamda ijtimoiy 

qilmish darajasi bilan belgilanadi. Bular quyidagilardan iborat: ruhiy 

munosabat xususiyatlari, jinoyatning motiv va maqsadi, shaxsni 

xarakterlaydigan holatlariga oid jinoiy qasd va ehtiyotsizlikning kelib 

chiqishiga turtki bo‘lgan sabab va shart-sharoitlar. 

 

Masalan, qasddan sodir etilayotgan jinoyatda, aybdor obyektga 



tajovuz qilishida o‘zining munosabatini ongli ravishda aniq ko‘rinishlarda 

namoyon qiladi, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyatda esa bunday 

ko‘rinish bo‘lmaydi. Binobarin, aybning darajasi qasddan sodir etiladigan 

jinoyatlarda ehtiyotsizlik oqibatida sodir etiladigan jinoyatlarga qaraganda 

ancha yuqori bo‘ladi. 

Qasdning va ehtiyotsizlikning ko‘rinishlarini qiyoslash birmuncha 

qiyinroq. Agar to‘g‘ri qasd bilan egri qasdni bir xil sharoitlarda 

baholaydigan bo‘lsak, har doim to‘g‘ri qasdning egri qasdga nisbatan 

xavfliroqligini ko‘ramiz. Shuningdek, bir kishining o‘lishini istagan 

odamga qaraganda, bir necha kishining o‘lishini istagan odam xavfliroq, 

yong‘in bo‘layotgan uyda kasal odamni ongli ravishda qoldirish, kasal 

odamni yoqib yuborish yo‘li bilan o‘ldirishga qaraganda xavfliligi kamroq. 

Qasdning ko‘rinishi jinoyat xavfliligiga ta’sir etuvchi faktor sifatida 

qasddan odam o‘ldirish jinoyatining subyekt  belgilari qatoriga qo‘yilishi 

tasodif emas. Bu, umuman olganda, hamma qasddan sodir etiladigan 

jinoyatlarga tegishli. Shuningdek, beparvolik orqasida sodir etilgan 

jinoyatga qaraganda, o‘z-o‘ziga ishonish orqasida sodir etilgan jinoyat har 

doim xavfliroq bo‘lgani kabi  jinoyatlarning ehtiyotsizlik orqasida sodir 

etilishining ko‘rinishlarini ham belgilash joiz bo‘ladi. 

185 


 

o‘z-o‘ziga ishonishda aybdor o‘zining  o‘ylamasdan qilinadigan 

harakatidan to‘xtatib qoluvchi kontrmotivni yengib chiqishi talab etiladi, 

aybdor nafaqat qilmishining yomon oqibatlaridan o‘zini tiyishni, balki yuz 

bergan holatni va uning oqibatlarining hamma detallarini diqqat bilan 

baholashni ham o‘z zimmasiga olmaydi. Aybdorning qilmishiga nisbatan 

bunday munosabati, ya’ni uning kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy 

xavfli oqibatlarni ko‘ra olmasligi beparvolikka qaraganda ancha 

xavfliroqligi turgan gap. 

Shakli va ko‘rinishiga qaramay aybning darajasiga aybdorning 

psixikasidagi intellektual va ruhiy jarayonlarning tarkibiy xususiyatlari 

ta’sir etadi. Ongning hajmi va aniqligi, oldindan ko‘ra bilish xususiyati, 

oldindan  o‘ylab qo‘yishlik, maqsadga erishishda qat’iylik qasddan sodir 

etilgan aybning darajasiga jiddiy ta’sir qilishi mumkin. Xolatni 

baholashdagi  o‘z-o‘ziga ishonishning darajasi, oqibatlarni oldindan ko‘ra 

bilishning va ko‘ra olmaslikning xususiyati hamda sababi ehtiyotsizlik 

natijasidagi aybning darajasi oshishiga yoki pasayishiga ta’sir etishi 

mumkin. 

Muayyan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilishida aybning darajasi 

uning aybdorning mo‘ljali chegarasini xato ko‘rishidagi bevosita ko‘rinishi 

hisoblanadi. Shuning uchun undan aybdorga tayinlanayotgan jazoning 

xususiyati va miqdori, huquqbuzarning mo‘ljalidagi ijtimoiy defektlarni 

bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan, jinoiy-huquqiy majburlashning o‘lchovi 

to‘g‘ri bog‘langan holda bo‘ladi. 

Sud-tergov amaliyotida ayb va jinoiy javobgarlik masalasining hal 

etilishida shaxsning holati va ruhiy xususiyati, uning o‘ziga xosligi va 

jihatlari, unda kechayotgan psixologik jarayonlar shaxsning ongida qilmish 

mohiyatining to‘g‘ri ko‘rinishiga ta’sir etishi mumkin. Xususan, zaruriy 

mudofaaning chegarasidan chetga chiqish masalasini hal etishda 

javobgarlik faqat tajovuzning xavfliligi va mudofaaning xususiyatiga 

mutlaqo mos kelmasligidan boshlanadi. Bu holat shuni ko‘rsatadiki, 

zaruriy mudofaada, qoida bo‘yicha, shaxs to‘satdan jinoiy tajovuz bilan 

to‘qnashadi, uning nerv sistemasida birdan keskin qo‘zg‘alish, emotsional 

chayqalish paydo bo‘ladi. Bunday holatda shaxs har doim ham zaruriy 

186 


 

mudofaa qilishda tajovuzning xususiyati va xavflilik darajasini o‘zining 

zaruriy mudofaa qilish uchun harakatlari (ularning kuchlari, intensivligi, 

foydalanilgan vositalar) bilan taqqoslay olmaydi hamda unga to‘g‘ri baho 

bera olmaydi

1



3-§. Qasd va uning turlari 



Aybning qasd ko‘rinishi aybning ehtiyotsizlik shakliga qaraganda 

ancha ko‘proq tarqalgan turi bo‘lgani uchun qonun chiqaruvchilar 

tomonidan ko‘proq ko‘rib chiqiladi. Qasd ehtiyotsizlikka qaraganda ancha 

xavfliroq, xususan, qonun chiqaruvchilar tomonidan og‘ir va o‘ta og‘ir 

jinoyatlarga faqat qasddan sodir etilgan jinoyatlar kiritilganligi shu bilan 

tasdiqlanadi (JK 15-moddasi 5- va 4-qismlari). 

Qonunchilik  JK 21-moddasida  qasdning holatini moddiy va formal 

tarkibli jinoyatlarda ko‘radi. Xususan, formal tarkibli jinoyatni 

kvalifikatsiya qilishda aybdorning qasdi ijtimoiy xavfli qilmishni qamrab 

oladi. Moddiy tarkibli jinoyatlarda esa, aybdor muayyan jinoiy oqibatning 

kelib chiqishini tushunib yetishi va unga yo‘l qo‘yib berishi zarur. 

Qasdning tarkibi aniqligi va maqsadga qaratilganligi jinoyatni to‘g‘ri 

kvalifikatsiya qilishning dastlabki zaruriy sharti hisoblanadi.  

Qasdning  tarkibini  intellektual tomon, maqsadga qaratilganlikni 

esa, irodaviy tomon ifodalaydi. Agar tarkib shaxsning o‘z harakatini 

(harakatsizligini) ijtimoiy xavflilik darajasini anglab yetishi qobiliyatida 

ifodalansa, moddiy tarkibli va oqibatlarni oldindan ko‘ra bilganida esa, 

aybdorni maqsadga yo‘naltirilganlik, muayyan obyektga tahdid soluvchi 

va ma’lum zarar yetkazuvchi (moddiy tarkibli), yengillashtiruvchi  va 

og‘irlashtiruvchi holatlarni borligini ifodalovchi qilmishni sodir etishga 

yo‘naltiradi (formal tarkibda). Masalan, mushtlashuv jarayonida pichoq 

bilan tan jarohati yetkazishda ko‘p hollarda qilmish qasddan sodir etiladi. 

Biroq bu qilmishni kvalifikatsiya qilishda birgina faktning  o‘zi  yetarli 

emas: jinoyatning tarkibi va maqsadga yo‘naltirilganligini hisobga olgan 

1

 

См.:  Постановление  Пленума  Верховного  суда  Республики  Узбекистан  от  20  декабря  1996  г.  №  39  «О 



применении  судами  законодательства,  обеспечивающего  право  на  необходимую  оборону  от  общественно 

опасных  посягательств»  (с  изменениями  и  дополнениями,  внесенными  постановлением  Пленума  Верховного 

суда Республики Узбекистан от 14 июня 2002 г. № 10) // Сборник. Т. I. – С. 326. 

187 


 

                                                           



holda buni bezorilik yoki tan jarohati yetkazish  yoki odam o‘ldirishga 

suiqasd qilish yo bo‘lmasa zaruriy mudofaa holatida sodir etilgan deb 

baholash mumkin. 

JK 21-moddasi 1-qismida  qonun chiqaruvchi formal tarkibli 

jinoyatning tugallangan vaqtidan, ya’ni ijtimoiy xavfli qilmishning 

obyektiv sodir etilishiga qarab qasdning tarkibini ochib beradi. Keltirib 

o‘tilgan normaga asosan: «Ushbu Kodeks moddasida jinoyat tamom 

bo‘lgan payt ijtimoiy xavfli qilmish bajarilgan vaqt deb  hisoblangan 

bo‘lib, uni sodir etgan shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavflilik 

xususiyatini anglagan va shunday qilmishni sodir etishni istagan bo‘lsa, 

bunday jinoyat qasddan sodir etilgan deb topiladi». Qandaydir oqibat kelib 

chiqadimi yoki yo‘qmi, undan qat’i nazar, shaxs aybdor deb topiladi va 

javobgarlikka tortiladi. 

Formal tarkibli jinoyatlarda qasd turlarga bo‘linmaydi, boshqacha 

aytganda, ayb faqat to‘g‘ri qasdli bo‘ladi.  

Formal tarkibli jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda shaxsning o‘z 

harakati yoki harakatsizligining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglab 

yetishi (intellektual holat) hamda shunday harakatlarni sodir etishni yoki 

harakatsizlik (irodaviy holat)ni istashi kabi faktlar muhim hisoblanadi. 

Bu  yerda qonun chiqaruvchi tomonidan tajovuzning ijtimoiy xavfli 

oqibatlari huquqiy xususiyat doirasidan tashqarida qoldiriladi va sud 

tomonidan tayinlanadigan jazoning turi va miqdoriga ta’sir etsa ham 

subyektning aybdorligini belgilash vaqtida ahamiyat kasb etmaydi. 

Intellektual holat shaxs tomonidan  o‘zi sodir etgan u yoki bu 

qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglashi bilan bog‘liq 

jarayonlarni o‘zi ichiga oladi.  

Shaxs tomonidan qilmishning ijtimoiy xavflilik xususiyatini 



anglash,  birinchidan, qilmishning haqiqiy mohiyatini, ikkinchidan, uning 

ijtimoiy ahamiyatini bilishni bildiradi. Anglash, tajovuz qaratilgan 

manfaat, qadriyatlarning xususiyati to‘g‘risida tasavvur mavjudligi, ya’ni 

jinoyatning  obyekti, qilmishning mohiyati, uning vositasida tajovuz 

amalga oshiriladigan hamda boshqa jinoyat sodir etishdagi faktik holatlar 

(vaqt, usul, holat)ni namoyon etadi. Bu jarayonlar hammasining aks etishi 

188 

 


aybdorning ongida unga jinoyat qonunchiligi bilan qo‘riqlanadigan 

ijtimoiy manfaatlarga qilmishning obyektiv yo‘naltirilganligini, ya’ni 

ijtimoiy xavfni anglash imkonini beradi. Ijtimoiy xavf ostida qilmishning 

haqiqiy belgilaridan tashqarida yotuvchi qandaydir mustaqil elementi 

emas, balki barcha obyektiv belgilarini yuzaga keltiruvchi qilmishning 

yaxlit tarkibi nazarda tutiladi. Shuning uchun ijtimoiy xavfni anglash, 

qilmish faktik belgilarining ijtimoiy tarkibini anglashga olib boradi. 

Jinoyat  subyektining  o‘zini ifodalovchi belgilarini anglash qasdning 

tarkibiga kirmaydi. Masalan, agar 13 yoshli shaxs odam o‘ldirganlik uchun 

og‘irlashtiruvchi holatlarda javobgarlikka tortiladi, hattoki u xuddi shu 

jinoyat uchun javobgarlik 14 yoshdan kelib chiqadi deb o‘ylagan bo‘lsa 

ham. Bundan tashqari, qasd maxsus subyektning belgilarini anglashni o‘z 

ichiga olib, ular aybdorga yuklatilgan maxsus majburiyatlarni buzganlik 

bilan bog‘langan bo‘lib, jinoyatning maxsus belgilari hisoblanadi 

(masalan, mansabdorlik jinoyati). 

Qilmishning ijtimoiy xavfliligini uning huquqqa xilofliligi bilan 

tenglashtirib bo‘lmaydi, ya’ni shaxs o‘zi sodir etgan qilmishi jazo qo‘llash 

tahdidi bilan qonun tomonidan taqiqlanganligidan va bu uchun 

javobgarlikdan umumiy tarzda bo‘lsa ham xabardor bo‘lishi kerak. Ko‘p 

hollarda jinoyatlar huquqqa xilofliligi anglangan holda sodir etiladi. Biroq 

qonunchilik sodir etilayotgan qilmishning huquqqa xilofliligini anglashni 

ayb shaklining tarkibiga kiritmaydi, shuning uchun sodir etilgan 

qilmishning huquqqa xilofliligini aybdor anglab yetmagan hollarida, 

hattoki qonunchilik ignorantia legis neminem excusat

1

 tamoyilini nazarda 



tutsa ham, jinoyat qasddan sodir etilgan deb topiladi. 

Formal tarkibli jinoyatlarda qasdning intellektual tomonini 

qilmishning ijtimoiy xavfliligi va uning ijtimoiy ahamiyati tashkil etadi. 

Yuqorida keltirib o‘tilgan jinoyatlar tarkibini kvalifikatsiya qilishda, sud-

tergov xodimlarining birinchi galdagi vazifasi aybdorning ruhiy 

ko‘rinishini, ya’ni sodir etilayotgan qilmishning ijtimoiy xavfli 

xususiyatini belgilashdir, chunki formal tarkibli jinoyatlarda aybdorning 

qasdi  muayyan ijtimoiy xavfli oqibatni keltirishni istash yoki uning kelib 

1

 

Незнание закона никого не извиняет (лат.). 



189 

 

                                                           



chiqishini oldindan ko‘ra bilishni qamrab olishining zarurati bo‘lmaydi. 

Formal tarkibli jinoyatlarni sodir etishda qasdning irodaviy holati 

birmuncha moddiy tarkibli jinoyatlar bilan taqqoslashda chegaralangan va 

faqat u ijtimoiy xavfli qilmishning o‘ziga, ya’ni uning sodir etilishiga 

bo‘lgan irodaviy munosabat bilan tugallanadi. 

JK 21-moddasi 2-qismida  moddiy tarkibli jinoyatlarda qasdning 

tarkibi nazarda tutiladi: «ushbu kodeks moddasida jinoyat tamom bo‘lgan 

payt ijtimoiy xavfli oqibat yuz bergan vaqt deb topilgan qilmishlar to‘g‘ri 

yoki egri qasddan sodir etilgan bo‘lishi mumkin». Bunday ajratish 

qonunchilik tomonidan qasddan sodir etilgan jinoyatlarning irodaviy holati 

asosida quriladi. Qasdning aynan shu elementida qasdni turlarga bo‘luvchi 

muhim belgilari ko‘rinadi. Aybdorning turli xil ruhiy munosabati, istagi 

yoki ongli ravishda jinoyat sodir etishda ijtimoiy xavfli oqibatlarning kelib 

chiqishiga yo‘l qo‘yib berishi qasdning to‘g‘ri va egri qasdga bo‘linishiga 

sabab bo‘ladi. Shuning uchun istak va ongli ravishda yo‘l qo‘yib berish 

to‘g‘risidagi masala, jinoyat tarkibining elementi hisoblanuvchi 

oqibatlargina aybning shaklini ajratish uchun ahamiyatga ega. Qasdning 

bunday to‘g‘ri va egri qasdga bo‘linishi faqat moddiy tarkibli jinoyatlarga 

tegishli, ularning ijtimoiy xavfliligi va huquqqa xilofliligini jinoyat qonuni 

zarar  yetkazish, ijtimoiy munosabatlarning destruktiv o‘zgarishi bilan 

bog‘laydi.  

Qasdning turini to‘g‘ri aniqlash muhim ahamiyat kasb etgani uchun 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi bir necha marotaba 

sudlarga jazo tayinlashda qasdning turini, uning yo‘nalishini, jinoyat motiv 

va maqsadining zaruriyligini hisobga olishlikni ko‘rsatib o‘tdi.  



JK 21-moddasi 3-qismi moddiy tarkibli jinoyatlarda to‘g‘ri qasdning 

mohiyati va xarakterli chiziqlarini ifodalaydi: «agar shaxs o‘z qilmishining 

ijtimoiy xavfli oqibatlariga ko‘zi yetgan va ularning yuz berishini istagan 

bo‘lsa, bunday jinoyat to‘g‘ri qasddan sodir etilgan deb topiladi». 

To‘g‘ri qasdning ushbu tarkibida to‘g‘ri qasd bilan sodir etilgan 

moddiy tarkibli jinoyatlarning mohiyatini ochib beruvchi va uni 

ifodalovchi intellektual va irodaviy holatlar ajratib ko‘rsatiladi. 


Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling