Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


-§. Jinoiy qilmish va uning turlari


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/43
Sana11.06.2020
Hajmi1.99 Mb.
#117442
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   43
Bog'liq
JINOYAT HUQUQI KURSI 1 tom


2-§. Jinoiy qilmish va uning turlari 

Obyektiv tomonning zaruriy belgisi –  qilmish  JK Maxsus qismi 

barcha moddalarida nazarda tutilgan. Shuning uchun  qonun chiqaruvchi 

qilmish deganda, asosan, jinoyatni nazarda tutadi. 

Jinoiy javobgarlikka faqat jinoiy harakat (harakatsizlik) sodir qilgan 

shaxslar tortilishi mumkin. Qilmishsiz,  ya’ni insonning tashqi dunyodagi 

muayyan xulq-atvorisiz jinoyat ham, jinoiy  javobgarlik uchun asos ham 

yo‘q. Insonning ma’lum jinoiy xulq-atvorida namoyon bo‘lmagan jinoyat 

sodir qilish haqida fikr bildirishning o‘zi jinoyatni tashkil qilmaydi. 

Ayni paytda, jinoyat-huquqiy ma’noda qilmishni harakatlar tizimi, 

shaxsning faoliyati, xulq-atvori bilan tenglashtirish kerak emas. Aksariyat 

hollarda jinoyat tarkibi sifatidagi qilmish «xulq-atvor», «faoliyat»ni emas, 

158 

 


balki alohida bo‘g‘inlardan tashkil topgan aniq harakatni qamrab oladi 

(nomusga tegish, shikast yetkazish, qasddan odam o‘ldirish). Bundan, 

jinoyat-huquqiy ma’nodagi har qanday harakat yoki xulq-atvor ham 

jinoyat tarkibidagi qilmish bo‘la olmaydi, degan xulosa qilishimiz 

mumkin. 

NOTA BENE ! 

Jinoiy qilmish  –  aybdorning ongli, ixtiyoriy faol yoki passiv xulq-

atvoridir. 

 

Faqatgina jinoyat tarkibi obyektiv tomonining belgilarini ko‘rsatuvchi 



va to‘rtta quyidagi qismdan iborat qilmish jinoyat-huquqiy ahamiyatga 

ega: 


– huquqqa xiloflik; 

– ijtimoiy xavflilik; 

– onglilik; 

– ixtiyoriylik. 



Ijtimoiy xavflilik  va undan kelib chiqadigan  huquqqa xiloflik 

jinoyatning asosiy belgilaridir. Ammo ulardan qilmishning jinoyat-

huquqiy tushunchasi kelib chiqmaydi, balki ular faqat jinoyat-huquqiy 

ahamiyatga (yoki taqiqqa) ega bo‘lgan harakat yoki harakatsizliklar 

ro‘yxatini belgilash bilan chegaralanishadi.  (Ushbu tushunchalar 

to‘g‘risida mazkur tom III bobining «Jinoyat belgilari» deb nomlangan 2-§ 

ga qarang.) 

Onglilik  –  qilmishni  obyektiv tomondan tavsiflovchi belgisi sifatida 

shaxsning qilmishni sodir qilishni ongli nazorat qilishini, ya’ni shaxsda 

fiziologik va jismoniy jihatdan bunday nazoratni amalga oshirish 

imkoniyatining mavjudligini anglatadi. 

Qilmishni ongsiz ravishda sodir qilish, masalan, uyquda yoki refleks 

tana harakatlari orqali sodir qilish qilmishning jinoyat-huquqiy 

ahamiyatini, jinoiyligini istisno qiladi. 

Shu bilan birga, qilmishni ongsiz ravishda –  mastlik holatida sodir 

etish  –  ongli ravishda qilmish sodir etish deb baholanadi, chunki u o‘z 

159 


 

ixtiyori va ongi bilan mastlik holatiga tushgan. Bu holat JK 56-moddasiga 

muvofiq, og‘irlashtiruvchi holat deb baholanadi va shaxs umumiy 

asoslarda jinoiy javobgarlikka tortiladi. 

Ixtiyoriylik  –  (qilmishni  obyektiv tomonidan tavsiflovchi belgi) 

qilmishning ong nazorati ostida sodir qilinishida shaxsning qilmishni sodir 

qilmasdan boshqa xulqni tanlay olishi real imkoniyatining mavjudligidir. 

Ixtiyoriylik obyektiv belgi bo‘lib, u shaxsning u yoki bu xulqni tanlashida 

tashqi ta’sirlar ostida yuzaga kelgan yengilmas kuchlarning to‘siq 

bo‘lmasligida ifodalanadi. Bu holatda ixtiyoriylik subyekt belgilardan farq 

qiladi, zero ular ijtimoiy xavfli qilmish sodir qilishga qaratilgan ongning 

ayb shaklini ifodalaydilar. Noixtiyoriylik ham jinoyat sodir qilinishining 

salbiy belgisi, ya’ni u qilmishning o‘zini va uning jinoyat-huquqiy 

ahamiyatini inkor qiladi. 

Ehtiyotsizlik orqasida sodir qilingan jinoyatlarga ham irodalilik xos. 

Ehtiyotsizlik ortida sodir qilinadigan jinoiy harakatsizlikda kerakli ongli 

harakatning sodir qilinmasligi to‘g‘risida so‘z boradi. Bu holatda biror 

obyektga nisbatan shaxsning ruhiy xususiyatlari (e’tibori yoki ongi) 

qaratilishi imkoniyati va zarurati bor edi. Shu sababli, bu belgi 

harakatsizlikka ham xos. 

Bu belgining muhimligini ta’kidlar ekanmiz, qonun chiqaruvchi 

jismoniy yoki ruhiy zarurat (yoki majburiyat) ortida qonun bilan 

qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga zarar yetkazish  oxirgi zarurat 

ekanligi to‘g‘risidagi qoidalarni hisobga olgan holda hal qiladi. Buyruq 

yoki boshqa vazifani ijro etishda ixtiyoriylik belgisi haqidagi masala ham 

xuddi shunday hal etiladi. 

Bu to‘rt belgining birligi obyektiv tomonning elementi – qilmishning 

har ikki shakliga – harakat va harakatsizlikka ham xos. 



Harakat  inson xulq-atvorining faol shaklini ifodalaydi. Umumiy 

tushunishga ko‘ra, bu obyektiv olamdagi o‘zgarishlarni keltirib 

chiqaradigan tana a’zolarining harakati, tashqi ko‘rinishidir. Jinoyat sodir 

qilinayotganda  subyekt  voqealar rivojini kutib o‘tirmaydi, balki kutilgan 

natijaga erishish uchun bevosita voqealar rivojiga ta’sir ko‘rsatadi. 

160 


 

Shunday qilib, qilmish xulqning ayrim ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, ma’lum 

motivlardan kelib chiqadi va ma’lum maqsadlarga qaratilgan bo‘ladi. 



Jinoiy harakatni  tahlil qilish uchun uning tashqi ifodasi, shakllariga 

e’tibor qaratish lozim.  

Har qanday qilmish –  harakatlanish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. 

Ya’ni, bu harakatlar insonning ichki yo‘nalishlarini, fikrining harakatini 

ifodalaydi (imo-ishora, so‘zlar). Ammo tashqaridan ayrim tana 

harakatlarida ifodalanadigan jinoiy harakat ular bilan cheklanib qolmaydi. 

Jinoiy harakat harakatlar jamini qamrab oladi, shu bilan birga ahamiyatiga 

ko‘ra, bir xil harakat har xil harakatlanishlar bilan sodir qilinishi mumkin. 

Masalan, hujjatlarni qalbakilashtirishni aybdor uni o‘chirish, tuzatish 

kiritish, boshqa matn yozish va sh.k. usullarda sodir qilishi mumkin, bunda 

jinoyat sodir qilish aybdorning individual imkoniyatlari, ishlatilishi 

mumkin bo‘lgan qurol va usulga bog‘liq. 

Jinoiy harakat tashqi jihatdan imo-ishora shaklida (masalan, haqorat 

qilishda), biron so‘z aytish orqali (masalan, qo‘rqitishda) yoki ko‘plab 

hollarda boshqa shaxs yoki atrofdagi turli predmetlarga jismoniy ta’sir 

qilishda (masalan, davlat mulkini o‘zlashtirishda yoki odam o‘ldirishda 

miltiq tepkisini bosishda) ifodalanadi. 

Imo-ishora va so‘z shaklidagi harakat –  jabrlanuvchi ongiga ta’sir 

qilsa, tashqi muhit predmetlariga ta’sir qilish shaklidagi harakat ularning 

sifat va xususiyatlariga, ularning joylashuviga hamda boshqa predmet va 

tashqi borliq bilan o‘zaro aloqasiga ta’sir qiladi va shunday yo‘sinda 

boshqa odamlarga ham, ularning xulqiga ham ta’sir qiladi. 

Ijtimoiy xavfli harakat murakkab xususiyatga ega va JKda jinoiy 

faoliyat, soxta tadbirkorlik va soxta bankrotlik ko‘rinishida ifodalanadi. 

Qasddan sodir qilinadigan jinoyatlarda ijtimoiy xavfli qilmishning 

boshlang‘ich holati jinoyat sodir etishga shart-sharoit yaratishga qaratilgan 

tana harakatlarining tashqi ko‘rinishida ifodalanadi. Ehtiyotsizlikdan sodir 

qilinadigan jinoyatlarning boshlang‘ich vaqti obyektga nisbatan zarar 

yetkazilganda yoki shunday zarar yetkazish  xavfi vujudga kelganida 

namoyon bo‘ladi. Bu shunda ifodalanadiki, JKda belgilanishicha, 

ehtiyotsizlikdan sodir etiladigan jinoyatlar zarar yetkazish bilan bog‘liq. 

161 


 

Shunday qilib, alohida olingan tana harakatlarining birligi jinoyat 

tarkibini tashkil qilishi mumkin, lekin bu alohida olingan tana harakatining 

jinoyat-huquqiy ahamiyatini istisno etmaydi. 

Har qanday qilmishning jismoniy belgilari shulardan iboratdir. 

(Ijtimoiy belgilar mazkur tom III bobining «Jinoyat belgilari» deb 

nomlangan 2-§ da ko‘rib chiqilgan.) 

Jinoyat huquqida qilmish deganda, faqatgina tana harakatlari 

tushunilmasdan, balki jinoyat vositasi sifatida boshqa shaxslardan 

foydalanish ham tushuniladi. Shu bilan birga tana harakatlari orqali tashqi 

dunyo predmetlaridan, tabiat kuchlari va ne’matlaridan ham foydalanish 

mumkin. 

NOTA BENE ! 

Jinoiy harakat  –  tana harakatlari, shu bilan birga tana harakatlari 

orqali tashqi dunyo predmetlaridan, tabiat kuchlari va ne’matlari, 

shuningdek, boshqa shaxslar vositasida jinoyat sodir qilinishi, jinoyat 

obyektiga faol ta’sirning yo‘naltirilganligi, ya’ni jinoyat qonuni 

muhofazasidagi ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazishning faol 

ko‘rinishidir. 

 

Harakatsizlik  –  biror-bir harakatdan saqlanishda ifodalanadigan 

shaxsning passiv xulq-atvoridir. 

Harakatsizlik harakatdan jismoniy jihatdan, ya’ni tana harakatlari va u 

bilan bog‘liq tashqi dunyo predmetlarini ishlatish, tabiat kuchlari va 

ne’matlaridan foydalanilmasligi bilan farq qiladi. 

NOTA BENE ! 

Jinoiy harakatsizlik  –  shaxsning bajarishi shart va mumkin bo‘lgan 

harakatni bajarmaslikda ifodalanadigan passiv xulq-atvoridir. 

 

Aniq harakat ijtimoiy jarayonning normal faoliyat yuritishini 



ta’minlovchi bo‘g‘inlar zanjiridagi zaruriy bo‘g‘indir. Mazkur bo‘g‘inning 

tushib qolishi, ya’ni harakatning sodir etilmasligi mazkur zanjirning 

162 

 


uzilishini va muvofiq ravishda zikr etilgan jarayonning buzilishini 

anglatadi. 

Jinoiy harakatsizlik muayyan harakatlarni sodir etishdan tiyilishdagi 

yagona harakatda yoki yuridik jihatdan zarur va obyektiv jihatdan muhim 

bo‘lgan harakatni bajarmaslikda ifodalanadigan passiv xulq-atvor tizimida 

namoyon bo‘ladi. Jinoiy harakatsizlik bo‘lishi uchun shaxs, jinoyat qonuni 

bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarni saqlash va mustahkamlash 

uchun talab qilinadigan harakatni bajarishi lozim va shunday imkoniyatga 

ega bo‘lishi kerak. 

Bundan kelib chiqib, harakatsizlikka xos bo‘lgan ikki obyektiv va 

subyekt mezonni belgilab olamiz. 

Obyektiv mezon – aniq ijtimoiy zarur harakatning uni bajarishi shart 

bo‘lgan shaxs tomonidan bajarilmasligi.  Ijtimoiy zarur harakatlarni sodir 

qilish majburiyati nafaqat jinoyat-huquqiy normalarda, balki boshqa 

normalarda ham, shu jumladan, ijtimoiy normalarda ham belgilangan 

bo‘lishi mumkin. Ular quyidagilarda o‘z ifodasini topadi: 

–  jinoyat qonuni, masalan JK 117-moddasida xavf ostida qoldirish 

uchun javobgarlik nazarda tutilgan; 

– boshqa qonun yoki normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan bo‘lib, 

JK Maxsus qismi blanket dispozitsiyali moddalarida nazarda tutilgan, 

masalan, JK 262-moddasida transportni ta’mirlash yoki uni foydalanishga 

chiqarish qoidalarini buzish uchun javobgarlik belgilangan; 

–  shaxsning  o‘z zimmasiga olgan ish yoki xizmat faoliyatiga oid 

majburiyat, xususan, uning kasb majburiyatlari, masalan, vrach kasalga 

tibbiy yordam ko‘rsatishi shart, agar u birinchi yordam ko‘rsatmasa, u JK 

116-moddasiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortiladi; 

–  shaxsning  o‘zi shaxsni biron nojo‘ya holatga soluvchi va uning 

huquqlari va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazmasligi uchun harakat 

qilishi majburiyati, bunda shaxs bu holatda o‘z ishini oxiriga yetkazishi 

shart, masalan, jarroh operatsiyani boshladimi, oxiriga yetkazishi shart, 

agar u operatsiyani oxiriga yetkazmasa, u shaxsga qarshi qaratilgan 

jinoyati uchun javobgarlikka tortiladi; 

163 


 

–  ijtimoiy munosabatlar tizimida shaxs xulqini muvofiqlashtirib 

turuvchi umumijtimoiy normalar, masalan, ona o‘z emizikli bolasini 

parvarishlashi va boqishi shart va agar bu harakatsizligi bola o‘limiga 

sabab bo‘lsa yoki sog‘ligiga zarar yetkazsa, ona jinoiy javobgarlikka 

tortiladi. Bu holatda konkret harakat sodir qilish majburiyatining yo‘qligi 

jinoiy harakatsizlik uchun jinoiy javobgarlikka tortishga asosning 

yo‘qligidir. 

Muayyan harakatlarni bajarish majburiyati shaxsning zimmasida 

bo‘lmasa, shaxs jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. 

Harakatsizlikning  subyekt  mezoni  –  shaxsning ma’lum holatlarda 

konkret harakatni sodir qilish uchun real imkoniyat mavjudligidir.  

Biror shaxsning konkret harakat sodir qilish uchun real 

imkoniyatining yo‘qligi harakatsizlikning subyekt  mezonini hamda 

harakatsizlikning  o‘zini istisno qiladi. Bu imkoniyatning yo‘qligi 

shaxsning shaxsiy xususiyatlari bilan, xususan, uning tajribasi, ma’lumoti 

va shu kabilarning yo‘qligi bilan yoki obyektiv shartlar tufayli, masalan, 

tabiiy ofat tufayli izohlanishi mumkin. 

Agar bunday harakatni bajarish majburiyati boshqa bir harakatni 

bajarish majburiyati bilan chegaralansa, bunday qarama-qarshilik oxirgi 

zaruratga oid (JK 38-moddasi) qoidalar bilan tartibga solinadi. 

Biror-bir majburiyatni bajarishda imkoniyat bo‘lgani holda shaxsda 

ushbu majburiyatning vujudga kelishi harakatsizlikning boshlanishi 

hisoblanadi. Harakatsizlikning tugashi jinoiy oqibatlarning kelib chiqishi 

bilan baholanadi. 



3-§. Jinoiy oqibat  

Insonning har bir harakati atrofdagi reallikda ma’lum  o‘zgarishlarni 

yuzaga keltiradi. Jinoiy harakat (harakatsizlik)ning ijtimoiy xavfli oqibati 

shundaki, u o‘zi tufayli ijtimoiy xavfli oqibatni yuzaga keltiradi. 

Umumiy holda aytsak, jinoiy oqibat jinoyatning ijtimoiy 

munosabatlarga yetkazadigan real zarari bo‘lib, u jinoiy xulq bilan sababiy 

bog‘langan to‘g‘ri, egri, bevosita va bilvosita salbiy o‘zgarishlar (zarar, 

ziyon, yo‘qotish va sh.k.)da ifodalanadi, oxirgi hisobda esa, ijtimoiy 

164 

 


(iqtisodiy, axloqiy, huquqiy va boshqa) qimmatliklar salbiy o‘zgarishlarga 

duchor bo‘ladi. Moddiy tarkibli jinoyatlarda jinoiy oqibat zaruriy element, 

formal tarkibli jinoyatlarda esa ular talab qilinmaydi, ammo oqibat kelib 

chiqishi mumkin. 



NOTA BENE ! 

Jinoiy oqibat 

jinoiy qilmish tufayli jinoyat qonuni bilan 

qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga moddiy yoki nomoddiy 

ko‘rinishda ifodalanadigan zarar, ziyon yoxud boshqacha salbiy 

o‘zgarishda ifodalanadi. 

 

Jinoiy oqibat –  qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasini belgilab 

beradi. Shuningdek, jinoiy oqibat qilmishning jinoiyligi yoki jinoiy 

emasligini aniqlab beradi. Jazo tayinlashda sud tomonidan jazoni 

og‘irlashtiruvchi holatlarni qo‘llashda asos bo‘lib hisoblanadi. 

Jinoiy-huquqiy oqibatlarni quyidagi mezonlarga qarab guruhlarga 

ajratishimiz mumkin: 

– zarar tabiatiga qarab; 

– yetkazilgan zararning xavflilik darajasiga qarab; 

– qonunda belgilanishiga qarab; 

– jinoyatni kvalifikatsiya qilish uchun ahamiyatiga qarab. 

Zarar xususiyatiga ko‘ra, oqibat ikki guruhga: moddiy va nomoddiy 

oqibatga ajratiladi. 



Moddiy oqibat  –  jismoniy va mulkiy zarar ko‘rinishidagi oqibat 

bo‘lib, aniq isbotlash va belgilashga moyil. Jismoniy zarar –  shaxsga 

qarshi jinoyatlarda ifodalanib, u shaxs o‘limida yoki turli darajadagi 

sog‘liqqa zarar yetkazishda ifodalansa, mulkiy zarar esa, masalan, o‘zgalar 

mulkini talon-toroj qilishga qaratilgan jinoyatlar, jabrlanuvchi mulkini 

kamaytirishga qaratiladi. 



Nomoddiy oqibat  ma’naviy, siyosiy, ijtimoiy-psixologik va boshqa 

shunga  o‘xshash mazmunlarda ifodalanadi. Masalan, tuhmat va haqorat 

qilishda  jabrlanuvchi ongida ijtimoiy-psixologik ta’sirning mazmuni, 

165 


 

urushni targ‘ib qilishda mafkuraviy va siyosiy mazmun muhim ahamiyat 

kasb etadi. 

Nomoddiy oqibat esa ikki turda ifodalanadi: 

– real ziyon ko‘rinishidagi nomoddiy zarar, masalan, JK 144-moddasi 

1-qismida nazarda tutilgan zarar: «fuqarolar, jamiyat va davlatning qonun 

bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari»ga zarar yetkazish; 

–  zarar  yetkazish  xavfi ko‘rinishidagi oqibat. Masalan, JK 113-

moddasida nazarda tutilgan tanosil kasalligini yuqtirish xavfi ostida 

qoldirish jinoyatida shaxs sog‘liqiga nisbatan xavf vujudga keladi. 

Yetkazilgan zararning xavflilik darajasiga ko‘ra oqibat 2 guruhga 

bo‘linadi: 

– asosiy jinoyat tarkibi belgisi sifatida nazarda tutilgan, masalan, 266-

moddadagi badanga o‘rtacha og‘ir  yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab 

bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi 

qoidalarini buzish; 

–  og‘irlashtiruvchi jinoyat tarkibi belgisi sifatida nazarda tutilgan, 

masalan, JK 266-moddasi 2-  va 3-qismida javobgarlik odamlar o‘limi, 

halokat va boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqqanda yuzaga keladi. 



Qonunda belgilanishiga qarab: 

– JK Maxsus qismi moddasi dispozitsiyasida aniq belgilangan oqibat, 

masalan, JK 102-moddasi 1-qismi  –  ehtiyotsizlik orqasida odam o‘ldirish 

yoki JK 173-moddasi 1-qismi  –  mulkni qasddan nobud qilish yoki unga 

zarar yetkazish; 

  baholanuvchi  oqibat, ya’ni qonun yoki boshqa normativ-huquqiy 

hujjatlarda bunday zararning aniq soni ko‘rsatilmagan bo‘lib, ular huquqni 

tatbiq qiluvchi organlar tomonidan qilmish sodir bo‘lgan faktik holatlardan 

kelib chiqib belgilanadi, bunga misol qilib, jinoyat-huquqiy normalarda 

belgilangan «ancha miqdordagi zarar» yoki «boshqacha og‘ir oqibatlar» 

degan iboralarni ko‘rsatishimiz mumkin. 

Kvalifikatsiya uchun ahamiyatliligiga qarab: 

–  majburiy, ya’ni bunday oqibatlarning bo‘lishi shart, masalan, 

ayolni  o‘z homilasini sun’iy ravishda tushirishga majburlash (JK 115-

moddasi); 

166 

 


– qo‘shimcha oqibatlar, masalan, JK 104-moddasida nazarda tutilgan 

qasddan badanga og‘ir shikast yetkazishning oqibatlari JK 164-moddasi 3-

qismi «g» bandi bilan qamrab olinadi va bu holatda 104-modda bilan 

qo‘shimcha kvalifikatsiya talab qilinmaydi. 

Moddiy tarkibli jinoyat JK Maxsus qismi moddasi dispozitsiyasida 

nazarda tutilgan oqibat kelib chiqishi bilan tugagan hisoblanadi. Bungacha 

jinoyat jinoyatga tayyorgarlik yoki jinoyatga suiqasd qilish bosqichida deb 

kvalifikatsiya qilinadi. 

Moddiy tarkibli jinoyatlardan farqli ravishda, formal tarkibli jinoyatlar 

qilmish sodir qilingan daqiqadan tugagan hisoblanadi, chunki JK Maxsus 

qismi formal tarkibli jinoyat dispozitsiyalarida oqibat ko‘rsatilmagan, shu 

sababli bu jinoyatlar uchun oqibat kelib chiqishi talab etilmaydi. 



4-§. Qilmish va oqibat o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish 

Moddiy tarkibli jinoyatning yana bir zaruriy sharti qilmish va oqibat 

o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishdir. 

Ta’kidlash joizki, jinoyat qonuni bilan sababiy bog‘lanish 

aniqlanmagan. JKda sababiy bog‘lanishni ifodalovchi oddiy atama 

«yetkazish» hisoblanadi (masalan, JK 104-moddasida). Lekin JK 

moddalarining ayrim dispozitsiyalarida «yuqtirish» (JK 113-moddasi 2-, 3- 

va 4-qismlari), «nobud qilish yoki zarar yetkazish» (JK 173-moddasi) kabi 

atamalar ham uchrab turadi. 

NOTA BENE ! 

Moddiy tarkibli jinoyat obyektiv tomonining zaruriy belgilaridan yana 

biri  –  sababiy bog‘lanish  –  sababni ifodalovchi ijtimoiy xavfli qilmish 

hamda natijani ifodalovchi ijtimoiy xavfli oqibat o‘rtasidagi aloqadir. 

 

Hozirgi zamon milliy jinoyat qonunchiligi va sud amaliyoti sodir 



etilgan ijtimoiy xavfli qilmish bilan ijtimoiy xavfli oqibat o‘rtasidagi 

sababiy bog‘lanishning  obyektivligidan kelib chiqadi. Boshqacha 

aytganda, qilmish bilan oqibat o‘rtasida har doim obyektiv ketma-ketlik 

mavjud bo‘ladi. Bunday yondashish moddiy tarkibli jinoyatlarning zaruriy 

167 

 


belgisi bo‘lmish sababiy bog‘lanishning mohiyatini ochib berishga yordam 

beradi. 


Sababiy bog‘lanish uchun bir qator belgilar xosdir. 

Birinchidan, sababiylik – obyektiv kategoriya va shaxsning qilmishga 

va oqibatga bo‘lgan  subyekt  munosabatidan holi ravishda o‘rganilishi 

kerak. 


Ikkinchidan, jinoyat huquqidagi sababiy bog‘lanish  hodisalar 

o‘rtasidagi umumiy universal sababiy aloqaning qismidir  va bunda 

ijtimoiy xavfli oqibat haqiqatda qilmish natijasida yuzaga kelganligini 

aniqlash kerak hamda bu qilmishni oqibat keltirib chiqarishi mumkin 

bo‘lgan boshqa har qanday holatlardan ajratib olish kerak. 

Uchinchidan, sabab doim oqibatdan oldin kelishi kerak. Oqibatdan 

keyin sodir etilgan qilmish ushbu oqibatning sababi bo‘la olmaydi. Bunda 

sabab va oqibat o‘rtasidagi vaqt muddatining qanchaligi hisobga 

olinmaydi. Bu masala qasdning mazmuni va yo‘nalishi bilan belgilanadi. 

To‘rtinchidan,  zaruriy  sababiy bog‘lanishgina jinoyat-huquqiy 

ahamiyatga ega («zaruriy yetkazish» nazariyasi)

1

. Bu shuni anglatadiki, 



qilmish oqibat kelib chiqishining zaruriy sharti bo‘lgan  taqdirdagina 

sababiy bog‘lanish mavjud bo‘ladi, ya’ni bu qilmishsiz oqibat vujudga 

kelishi mumkin emas. Boshqa tomondan oqibat kelib chiqishiga boshqa 

biror sabab emas, aynan shu qilmish hal qiluvchi shart bo‘lgan bo‘lishi 

kerak

2



Moddiy tarkibli jinoyatlarda qilmish va oqibat o‘rtasidagi sababiy 

bog‘lanishni tushunish uchun quyidagi holatlarni aniqlash talab etiladi: 

– qilmish va oqibatning ijtimoiy xavfli va huquqqa xilof bo‘lganligi; 

– sodir qilingan qilmish tufayli o‘sha oqibat kelib chiqqanligi; 

–  tugallanmagan jinoyatda qilmish tugallangan jinoyat tarkibining 

obyektiv tomoni zaruriy belgisi –  nomoddiy oqibat yoki boshqacha 

tarzdagi oqibat keltirib chiqarishi xavfini yuzaga keltirganligi; 

1

 



Впервые данная теория была обоснована А.А. Пионтковским. (Пионтковский А.А. Проблема причинной 

связи в праве. – М.: 1949. – С. 135; его же. Учение о преступлении. – М.: 1961. – С. 212-240). 

2

 

Отечественная  наука  уголовного  права  не  признает  принципа  «condition  sine  qua  non»  -  «условие  без 



которого  нет»,  согласно  которому  все  предшествующие  условия  наступившего  результата  признаются 

равноценными, в связи с чем каждое из них рассматривается как причина наступившего последствия. 

168 

 

                                                           



– bir necha oqibat yuzaga kelganida ushbu qilmish har bir oqibatning 

sababi bo‘lganligi yoki boshqa oqibatlarni keltirib chiqargan bir oqibatning 

sababi bo‘lganligi va boshqalar.  

Bundan xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, sababiy bog‘lanish – 

ikkita holat o‘rtasidagi aloqa bo‘lib, bu holatlardan biri (sabab) ikkinchi 

holatni yuzaga keltiradi. 

Sababiy bog‘lanish jinoyat tarkibi obyektiv tomonining zaruriy belgisi 

bo‘lishi uchun quyidagi hollarda shakllangan bo‘lishi lozim: zarar kelib 

chiqishi real imkoniyati yuzaga kelganidan, to uni haqiqatga 

aylantirilgunga  qadar bo‘lgan davrda mavjud bo‘lganda. Ijtimoiy zararli 

oqibat keltirib chiqaruvchi real imkoniyatni yuzaga keltirmaydigan harakat 

yoki harakatsizlik natijani keltirib chiqarmaydi va jinoiy javobgarlikni ham 

keltirib chiqarmaydi. Ammo obyektiv tasodif (ham  ichki, ham tashqi) 

tufayli bunday real imkoniyatlar haqiqatga kirib ketishi mumkin. Shuning 

uchun aybdorning qilmishi va shu qilmish natijasi – oqibatning bog‘liqligi 

– sababiy bog‘lanish isbotlash jarayonining zaruriy bosqichidir. 



Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling