Ayrim ekosistemalarda moddalar chiqib ketishi juda yuqori bo'lib, u yerlar uchun doimiylik chetdan keladigan moddalar hisobiga ushlab turiladi. Ekosistemalardagi moddalar cheksiz emas


Download 308.28 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi308.28 Kb.
#1251483
Bog'liq
Ekotizmdagi biotik munosabatlar


Ekotizmdagi biotik munosabatlar

Ayrim ekosistemalarda moddalar chiqib ketishi juda yuqori bo'lib, u yerlar uchun doimiylik chetdan keladigan moddalar hisobiga ushlab turiladi. Ekosistemalardagi moddalar cheksiz emas. Faqat ularning almashinib turishi natijasida hayot uchun modda, energiya zaxiralari ta'minlanadi. Moddalar almashi­nishi, energiya o'tib turishi esa organizmlarni doimiy funksional faoliyatiga bog'liqdir.

  • Ayrim ekosistemalarda moddalar chiqib ketishi juda yuqori bo'lib, u yerlar uchun doimiylik chetdan keladigan moddalar hisobiga ushlab turiladi. Ekosistemalardagi moddalar cheksiz emas. Faqat ularning almashinib turishi natijasida hayot uchun modda, energiya zaxiralari ta'minlanadi. Moddalar almashi­nishi, energiya o'tib turishi esa organizmlarni doimiy funksional faoliyatiga bog'liqdir.

la

Ekosistema chegaralari. Ekosistema tushunchasi, uning chegarasiga o'xshab ko'rinadi, lekin uning katta-kichikligi bor. Masalan, chumoli uyasi, akvarium, shoxlar, botqoq, kosmik kema xonasi, dengiz, o'rmon, tog', biosferalar o'rtasidan chegaralovchi chiziq o'tkazish mumkin bo'lsa, ularning har biri alohida-alohida ekosistemadir.

Ekosistema o'zining hajmiga qarab quyidagi turlarga bo'linadi: 1) Makroekosistema-okean yoki jo'g'rofik hududlar;

2) Mezoekosistema-o'rmon, hovuz, ko'l; 3) Mikroekosistema-quriyotgan daraxt, kolba, akvarium.

Makroekosistema. Katta yoki kichik ekosistemalarga energiyaning kirishi-chiqishida muhitning o'zgarishi har xil bo'ladi, ya'ni: 1) O'zgarish ekosistemaning hajmiga bog'liq, agar u katta bo'lsa (tabiiy hudud, okean) tashqi muhitning qisman o'zgarishiga qaram bo'lmaydi, kichiklar (hovuz, bog') qaram bo'ladi; 2) Ekosistema katta bo'lsa, unda energiya va moddalar kelishi, almashinishi va chiqish ham ko'p bo'ladi; 3) Ekosistemada avtotrof va geterotrof organizmlar o'rtasida bo'lib o'tadigan jarayonlar tengligining buzilishi kuchli bo'lsa, uni tiklash uchun tashqaridan keladigan energiya ham ko'p bo'ladi; 4) Yosh sistemalarning rivojlanish stadiyasi va darajasi eski, yetilgan sistemalardan farq qiladi.

Ekosistemalarning tuzilishi. Ekosistemalarning asosiy xususiyatlaridan biri - bu yer usti muhiti, chuchuk suv, dengiz yoki sun'iy ekosistemalarda uchraydigan avtotrof va geterotrof organizmlar o'rtasidagi munosabatlardir. Ekosistemalar trofik (oziqlanish) tuzilishi bo'yicha quyidagi pog'onalarga bo'linadi, ya'ni: 1) Yuqori avtotrof (mustaqil ovqatlanuvchi) pog'ona yoki «yashil pog'ona». Bu pog'onani o'simliklar yoki ularning qismlari tashkil qiladi. Ular o'z tanalarida organik moddalar to'playdi; 2) Pastki geterotrof pog'ona (boshqalar bilan ovqatlanish)da tuproqda to'plangan turli qoldiq (barg, shox, ildiz)lar namlik yordamida chiriydi, moddalar bir ko'rinishdan ikkinchi ko'rinishga o'tadi va murakkab birikmalar hosil bo'ladi.

Ekosistemani o'rganish uslublari. Tabiiy murakkab cho'l, dasht, adir, tog', ko'l, o'rmon kabi ekosistemalarni o'rganishda 2 yo'l bilan yondashiladi ya'ni: 1) Xolistik (grekcha holos-butun yaxlit) yo'l bilan. Bunda ekosistemaga kelayotgan-chiqayotgan energiya va turli moddalarning yaxlit xislatlari hamda kerakli holatlarda uning tarkibiy qismlari ham o'rganiladi; 2) Megologik (grekcha meros-qism) yo'nalish bo'lib, bunda ekosistema ichidagi asosiy qismlar tarkibi o'rganilib, undan olingan ma'lumotlar ekosistemalarning boshqa qismidan olingan xulosalarga yoyiladi, tatbiq qilinadi. Keyingi vaqtda ekologlar ekosistemani o'rganishda qo'shimcha eksperimental usul va modellashtirish uslublarini qo'llamoqdalar.

Ekosistemalar muhitini bioSogik boshqarish. Ekosistemalar ichida uchraydigan tirik organizmlar muhitga moslashishlari bilan bir qatorda, hayot-faoliyati davomida shu yashab turgan muhitni o'zlarining biologik ehtiyojlariga moslashtiradi. Shu sababli tirik organizmlar birliklari va ularning yashash muhiti bir yaxlit holda rivojlanadi. Bu yerda atmosfera kimyosi va fizikaviy muhitning katta bo'shlig'i Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralar sharoitidan keskin farq qiladi. Yer usti muhitining atmosferasidagi gazlar tarkibi, unda kislorodning yuqori va CO, ning past darajasi haroratning o'rta hoi bo'lishini Yer ustidagi tirik organizmlar faoliyatisiz tushuntirib bo'lmaydi.


Download 308.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling