Quritish jarayonlari va uskunalari, ularni hisoblash


Download 0.53 Mb.
Sana22.04.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1381476
Bog'liq
4-amaliy

Quritish jarayonlari va uskunalari, ularni hisoblash

Qattiq materiallar tarkibidagi namlikni asosan bug‘latish yo‘li bilan ajratib chiqarish quritish deyiladi.

Bu jarayon issiqlik va namlik tashuvchi agentlar (isitilgan havo,tutunli gazlar) yordamida olib boriladi. Quritish protsessida namlik qattiq fazadan gaz (yoki bug‘) fazaga o‘tadi.

Qattiq material va nam havo o‘zaro ta’sir ettirilganda asosan ikki xil protsess sodir bo‘ladi: 1) quritish (materialdan namlikning desorbsiyalanishi, agar Rm>Rh); 2) namlanish (namlikning material tomonidan sorbsiyalanishi, agar Rm; bu erda Rm- bug‘ning material yuzasidagi parsial bosimi, Rh- bug‘ning havo yoki gazdagi parsial bosimi).

Quritish paytida Rm ning qiymati kamayadi va Rm=Rh chegarasiga yaqinlashib boradi. Bunday holat dinamik muvozanat holati deb ataladi, materialning bu muvozanat holatiga to‘g‘ri kelgan namligi muvozanat namlik deyiladi.

Quritish paytida namlikning material bilan bog‘lanishi buziladi. P.A. Rebinder tomonidan namlikning material bilan ta’sirining uch (ximiyaviy, fizik-ximiyaviy, fizik-mexanik) turi taklif qilingan.

Ximiyaviy usulda material namlikbilan ta’sirlashganda juda mustahkam va ma’lum nisbatlarda birikma hosil bo‘ladi. Bu namlikni materialdan ajratish uchun yuqori temperaturalar ta’sirida qizdirish yoki ximiyaviy reaksiya yo‘li bilan ta’sir qilish kerak. Quritish protsessida bunday namlikni materialdan chiqarish mumkin emas.

Quritish protsessida odatda materialdan fizik-ximiyaviy va fizik mexanik usullar bilan ta’sirlashgan namliklar ajratib chiqariladi. Mexanik usul bilan birikkan namlik materialdan juda tez chiqib ketadi. Bunday namlik moddaning kapillyarlarida va uning yuzasida joylashgan bo‘ladi. Mexanik usul bilan birikkan namlik o‘z navbatida ikki xil bo‘ladi: makrokapillyarlarning namligi (kapillyarlarning o‘rtacha radiusi ro‘r >10-5sm dan katta); mikrokapillyarlarning namligi (ro‘r <10-5sm). Modda yuzasidagi joylashgan namlik ho‘llanish namligi deb yuritiladi. Mexanik birikkan namlik erkin namlik deb ataladi va bunday namlikni materialdan mexanik usullar (masalan, siqish) yordamida ajratish mumkin.

Fizik-ximiyaviy yo‘l bilan birikkan namlik ikki turga (adsorbsion va osmotik birikkan namliklarga) bo‘linadi. Adsorbsion namlik materialning yuzasida va uning g‘ovaklarida, molekulalarning kuch maydoni ta’sirida mustahkam birikkan bo‘ladi.Osmotik birikkan namlik bo‘kish namligi deb ham ataladi, bu namlik materiallarning to‘qimalarida osmotik kuchlar ta’sirida bog‘langan bo‘ladi.

Kolloid va polimer materiallarda adsorbsion va osmotik usul bilan birikkan namlik mavjud bo‘ladi.Material tarkibida fizik-ximiyaviy yo‘l bilan ushlab turilgan namlik bog‘langan namlik deb yuritiladi.

Material tarkibidan namlikning bug‘lanib chiqish intensivligi M material yuzasi birligi F dan vaqt birligi ichida bug‘langan namlikning miqdori bilan o‘lchanadi:

M=W/Fx τ bu erda W-quritish paytida materialdan ajralib chiqqan namlik massasi; τ- quritishning umumiy vaqti.

Namlikning material yuzasidan bug‘lanishi. Bu protsess asosan bug‘ning qattiq material yuzasidan havoning chegara qatlami orqali diffuziya yo‘li bilan o‘tishidan iborat. Materialning yuzasidan namlikning bug‘lanish yo‘li bilan havo oqimiga o‘tishi tashqi diffuziya deb ataladi.

Namlikning material ichida siljishi. Materialning tashqi yuzasidan namlikning bug‘lanishi natijasida material ichida namlik gradienti paydo bo‘ladi, bu gradient ta’sirida materialning ichki qatlamlaridan uning yuzasiga qarab namlikning bunday harakati ichki diffuziya deb ataladi.

Namlikning qattiq material ichida tarqalish hodisasi namlik o‘ikazuvchanlik deb ataladi.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling