Fayzullayev sindorning


Download 1.35 Mb.
bet6/15
Sana18.03.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1282424
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
sindor tabiat

3. SUVNING AYLANMA HARAKATI
Suvning aylanma harakati. Suv moddasi biosfera tarkibiga kiruvchi muhim kimyoviy birikma. U tirik organizmlarning 80-90% biomassasi asosini tashkil etadi. Uning tabiatda aylanishini, oddiy tarzda, quyidagicha bayon etish mumkin. Doim Yerdagi manbalaridan suv bug'lanib havo muhitida suv molekulalari yig'iladi. So'ngra ma'lum shart - sharoitda ular asosida yog'in-sochin vujudga kelib, yana suv Yer yuzasiga qayta tushadi. Yoqqan yomg'ir (yoki erigan qor, do'l va muzliklar)ning bug'lanishi sababli, ma'lum miqdordagi suv yana atmosferaga ko'tariladi, yog'in-sochin suvlarining qolgan qismi tuproqqa singishi hamda bevosita suv havzalarini to'ldirib turadi.
Tuproqdagi suvlar, o'simliklar, shuningdek, jonzotlar tomonidan o'zlashtiriladi va pirovard natijada, modda - energiya almashinishi hamda boshqa tabiiy jarayonlar tufayli yana havo muhitiga o'tadi.
Tuproqlarga singib o'tgan ma'lum miqdordagi suvlar tuproq qatlamlaridan o'tib, yer osti suvlariga qo'shiladi. Barcha manbalardan suv yana bug'lanadi va shunday qilib, uzluksiz ravishda aylanib turadi. Mazkur tabiiy jarayonning ma'lum bo'g'inida, so'zsiz, odamlar va hayvonlar iste'mol qilgan suvlar ham ishtirok etadi. Buni tasavvur etish aytarli darajada, qiyin emas, albatta. Barcha bug'langan suvlar, o'z navbatida, havoda aerozol ko'rinishda — bulutlarni hosil qilib, ma'lum shart-sharoitda yog'in-sochin ko'rinishida Yerga tushadi va hokazo.
Gidrosfera - Yerning suv qobig’i. Suv tabiatda uch xil holatda uchraydi: qattiq (muz), suyuq (suv), bug’ (suv bug’i)
Joylashish o’rni va holatiga qarab, tutash suv va tarqoq suvga bo’linadi. Tutash suvga okean va dengizlardagi, quruqlikdagi suv havzal arida to’plangan suvlar kiradi. Tarqoq suvlarga suv bug’i va muzliklar kiradi. Gidrosferaga yana tuproq, grunt suvlari, yer osti suvlari, o’simlik va hayvonlar tanasidagi suvlar hamda kiradi. Yer yuzining 70,8% ini suv qoplagan (361 mln. km2).
1-Jadval

Gidrosfera qismlari

Suv hajmi

Ming km3

Umumiy hajmga nisbatan % da

CHuchuk suvlar hajmiga nisbatan % da

Dunyo okeani

1338000

96,5

-

Er osti suvlari (gravitatsion va kengliklar)

23400

1,70

-

CHuchuk yer osti suvlari

10530

0,75

30,06

Muzliklar

24000

1,73

68,70

Doimiy muzloq mintaqadagi yer osti muzliklari

300

0,022

0,86

Ko’llar

176

0,013

0,25

Tuproqdagi namlik

16,5

0,0012

0,047

Havodagi suv bug’lari

12,9

0,0010

-

Botqoqliklar

11,5

0,0008

0,033

Daryolar

2,1

0,0002

0,006

Hammasi

1386000

100

100

SHundan chuchuk suvlar

3500

2,3





Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling