Fayzullayev sindorning


Elementlarning biogeokimyoviy davriy aylanishi


Download 1.35 Mb.
bet5/15
Sana18.03.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1282424
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
sindor tabiat

Elementlarning biogeokimyoviy davriy aylanishi
Biologik aylanma harakatlar kimyoviy elementlarning (uglerod, azot, kislorod, vodorod va b.) migratsiyasi nuqtai nazaridan qaralganda biokimyoviy aylama harakatlar deyiladi. Endi geografik qobiq va biosfera uchun muhim bo`lgan kimyoviy elementlar – uglerod, kislorod, azot, fosfor va oltingugurtning global biokimyoviy aylanishining asosiy xususiyatlarini soddaroq tarzda qarab chiqamiz. Biosferaning barqarorligi va yaxlitligini ta’minlovchi moddalarning biologik davriy aylanishi butun Yer shari jami biomassasining hayotiy faoliyati bilan bog‘liq. Quyosh energiyasi va yashil o‘simliklardagi xlorofill moddasi Yerda hayot mavjudligi hamda biologik davriy aylanishning asosi hisoblanadi.
Quyosh energiyasi oqimi va tirik organizmlarning hayot faoliyati elementlarning davriy aylanishini harakatlantiruvchi kuch bo‘lib xizmat qiladi. Yashil o‘simliklarda sodir bo‘ladigan fotosintez jarayoni, o‘simliklarning ildiz 43-rasm. Elementlarning biogeokimyoviy davriy aylanishi. O‘simlik va hayvonlarning nafas olishi Atmosfera – suv muvozanati Erkin azot Fotosintez Vulqonlar Ohaktosh Ohak Qazilma uglerod energiyasi Chirish jarayoni Minerallashuv Inson faoliyati natijasida CO2 hosil bo‘lishi N2 H2 CO3 Erish tizimi orqali o‘zlashtiriladigan kimyoviy elementlarning organik moddalar sintezlanishida ishtirok etishi natijasida biogen elementlar to‘planadi va qayta taqsimlanadi. Yashil o‘simliklar tashqi muhitdan karbonat angidrid, suv, mineral tuzlarni o‘zlashtirib, quyosh nuri ta’siri va xlorofill ishtirokida geterotrof organizmlar uchun zarur bo‘lgan birlamchi mahsulot – organik birikmalarni sintezlaydi.
Hayvonlar fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan organik birikmalar hisobiga oziqlanadi va hazm qilish jarayonida o‘simliklarning birlamchi mahsulotini ikkilamchi mahsulotga aylantiradi. Nafas olish jarayoni uchun zarur kisloroddan foydalanib, tashqi muhitga karbonat angidrid va hazm bo‘lmagan moddalarni ajratadi. O‘simlik va hayvonlar hayoti tugagach, nobud bo‘ladi va organik qoldiqlar (detrit) hosil qiladi.
Organik qoldiqlar zamburug‘lar va bakteriyalar tomonidan o‘zlashtiriladi. Bakteriya va zamburug‘lar o‘simliklar hosil qilgan birlamchi va hayvonlar hosil qilgan ikkilamchi mahsulotlarini mineral moddalargacha parchalaydi. Ularning bu faoliyatida biosferaga karbonat angidrid gazi ham ajraladi. Organik moddalar esa dastlabki anorganik moddalarga – biogenlarga aylanadi.
Shunday qilib, hosil bo‘lgan anorganik moddalar tuproq va suvda to‘planib, fotosintez jarayonida takroran foydalaniladi. Bu jarayon biosferada to‘xtovsiz davom etadi va biosferaning barqarorligini ta’minlaydi.
Biosferani tashkil qiluvchi barcha tirik organizmlar hayot faoliyati natijasida kimyoviy elementlarning tabiatda aylanib turishi kuzatiladi. Yanada aniqroq ifoda etilsa, kimyoviy elementlar ma'lum moddalar ko'rinishida biosferaning muayyan bir unsuridan ikkinchisiga, tabiiy muhitlarning bir xilidan ikkinchisiga turlicha yo'l bilan o'tib turadi. Albatta, hamma kimyoviy elementlarning tabiatda to'la aylanib chiqish davri bir xil emas. Ba'zi moddalar, masalan, ko'mir, torf, tuproq gumusi kabi manba zahiralari ma'lum davrlar mobaynida ishlatilmay saqlanib turilishiga sabab, ular tarkibidagi ko'pgina elementlarning tabiatda aylanishi nisbatan sekin bo'ladi. Ayrim element va moddalar, ayniqsa, suvning aylanma harakati nisbatan tezroq amalga oshadi.
Ma'lumki, tabiatda moddalaming aylanma harakatida biosfera tarkibidagi 3 ta ekologik guruhdagi organizmlar qatnashishi shart. Ular produtsentlar, konsumentlar va redutsentlardir, Umuman, produtsentlarsiz hayotni tasavur etib ham bo'lmaydi, ular birlamchi mahsuldorlikni tashkil qiladilar. Turli xil tarkibdagi konsumentlar birlamchi va ikkilamchi mahsulot iste'molchilari sifatida, organik moddalarni bir xil ko'rinishdan ikkinchisiga o'tkazadi. Redutsentlar esa, organik moddalarni mineral unsurlarga parchalab, sayyorada o'lik qoldiqlardan iborat bo'lgan katta miqdordagi organik chiqindilar qatlami vujudga kelishining oldini oladi. Yerda boradigan har xil jarayonlarning amalga oshishi quyosh nuri energiyasi hisobiga. Quyosh nuri energiyasi tufayli boradigan fotosintez jarayoni natijasida organik moddalar hosil bo'ladi va uning har biri o'zida ma'lum miqdorda energiya tutadi. Energiyaning tabiatda aylanishi moddalarmng aylanishi bilan chambarchas bog'liq.



Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling