Firmaning tarmoqdagi ahvolini baholash turlari va uning ahamiyati


Firma strategiyasi va mene jment loyihasi


Download 219.7 Kb.
bet3/16
Sana10.03.2023
Hajmi219.7 Kb.
#1256816
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16

Firma strategiyasi va mene jment loyihasi.


Firma deganda tovar (mahsulot) ishlab chiqarish (etishtirish) birlashmasi yoki savdo-sotiq tashkiloti tushuniladi.
Firma uchun strategiyani aniqlash firma faoliyat ko’rsatayotgan muayyan holatga o’ta bog’liq. Ammo strategiyani ifodalashga ba’zi umumiy yondoshishlar mavjud.
Firmaning faoliyat ko’rish strategiyasini uchta asosiy ishlab chiqish sohasi bor: ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishda rahbarlik qilish; mahsulot ishlab chiqarishda ixtisoslashtirilish; firmani bozorning ma’lum guruhiga qayd qilinishi va tanlangan bozor guruhiga firma imkonini yo’naltirish.
Strategiyani tanlash jarayoni quyidagi asosiy bosqichlaridan iborat: joriy strategiyani aniq bilib olish; mahsulot portfeli (hajmi) ni tahlil qilish; firma strategiyasini tanlash va tanlangan strategiyani baholash.
Joriy strategiyani aniq bilib olish tashqi va ichki muhit (omil) lardan iborat. Bunda mahsulot portfelini tahlil qilish bosqichlari: mahsulot portfelini tahlil qilish uchun firmada bosqich (pog’ona) larni tanlash; biznesning strategik birligini belgilash; mahsulot portfelini tahlil qilish qolipining parametrlarini aniqlash va o’zgaruvchanlarini tanlash; biznesning kuchini o’lchamoq uchun bozorning hissasi, uni o’sishi, yetakchi markaga nisbatan bozorning nisbiy hissasi kabi o’zgaruvchilardan foydalanish; soha o’ziga jalb qila olishi, firmaning raqobatbardoshligi, firmaga havf soluvchilar va imkoniyatlar, resurslar va xodimlarning malakasi kabi yo’nalishlarni o’rganish; mahsulot portfelining qolipini tuzish va tahlil qilish.
Firmaning holatini tahlil qilish asosida rahbariyat strategiyani tanlaydi. Uning muhim omillari: firmaning o’sish strategiyasini tanlashda sohaning kuchli tomonlari, firmaning kuchli tomonlarini hisobga olish; firmaning maqsadlari; rahbariyatning qiziqishlari va munosabatlari; firmaning moliyaviy resurslari; firmaning majburiyatlari; tashqi muhitdan bog’liqlik darajasi; vaqtli omil; tanlangan strategiya baholash; tanlangan strategiyaning holati va atrofdagi qurshov talablariga mos kelishi; tanlangan strategiyani firma salohiyati va imkoniyatiga mos kelishi; strategiyada qo’llaniladigan tavakkallikni yaroqlikligi.
Firma menejmentining loyihasi firma strategiyasi, xodimlarning vazifasi va ularning tashkilotini loyihalash (tashkilotni boshqarish vazifasi, ishlarini loyihalash va ishni loyihalash andozalari), tashkilotni loyihalash (tashkilotni tuzishdagi o’zaro ta’sirlar va vakolatlar, tashkilotni qurish), ishlab chiqarishni va uning jarayonlarini tezkor boshqarish (mahsulotni ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatishni rejalashtirish, zahiradagi materiallarni boshqarish, loyihalarni boshqarish, loyihalarni boshqarish usullari, ishlab chiqarishni boshqarishda sifatni ta’minlash) lardan iborat.
Firma strategiyasini bajarilishi ma’muriy masalalar orasida ustunligini o’rnatish, tanlangan strategiya bilan firma ichidagi jarayonlar orasida moslik o’rnatilish, firmani boshqarishda mosligi saqlanishi bilan amalga oshiriladi.
Xodimlar vazifasi (marketing, biznes, moliya, odam, rejalashtirish, ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, g’oyalar, ma’lumot, madaniyat kabi umumiy vazifalar bilan birga mehnatni taqsimlash, ixtisoslashtirish va kombinatsiya qilishga e’tibor qaratiladi. YAna ma’muriy, boshqarish, vazifalarni joriy qilish, vazifalarni tuzilishi muhim jarayonlardir) ni loyihalashdagi konsepsiyalarga, ishning tahlili, ish (qanday bajarmoq va kimga bajartirmoq kerak) parametri, ishning mazmunini idrok qilish, ishning texnologiyasi va uni loyihalash kabi masalalarga e’tibor beriladi.
Ishning texnologiyasi (bilimlar, harakatlar, usullar va jismoniy predmetlar, vositalar) ni loyihalash xodimning bilimi nuqtai nazaridan, ish qachon va qaerda bajarilishi kerak va uni qanday bajarish kerak, hamda ishning o’zaro bog’liqlik nuqtai nazaridan qaralishi mumkin. Ishni loyihalash andozasi ishni qurish, ish ko’lamini kengaytirish, ishning rotatsiyasi, ishni boyitish, ijtimoiy-texnik tizim, ishni loyihalash andozasini tanlashdan iborat.
Ishning loyihasiga tavsilotli ro’yxatni ilova qilish xodimlarni mashinalar, ishlab chiqarish muhitining iste’molchilari bilan o’zaro ta’sirini aniqlaydigan tartibni belgilaydi. Ishni loyihalash korxonadagi har bir ishning mazmunini aniq belgilashni o’z ichiga oladi va bilvosita-bunda ishni taqsimlash tartibini ham. Mehnatni ixtisoslashtirish va taqsimlash odamlar guruhining mehnat unumdorligini sezilarli oshiradi. Bunda vakil va vakolat munosabatlari aniq ajratilishi muhim.
Vakolatning turlari chiziqli, shtabli, chiziqli-shtabli, funksional,
dasturli- maqsadli, mahsulot bo’yicha yoki matritsali tuzilma shaklida bo’lishi mumkin. Firma (tashkilot, korxona) ni qurish (tuzish) esa firmaning tuzilmasini tanlash, departamentlashtirish, moslashtirilgan tashkiliy tuzilmani tanlash, markazlashgan va nomarkazlashgan firmalarni aniq ajratishdan iborat.
Firmaning tuzilmasini tanlashda tashkiliy loyihalashning bosqichlariga,
amaldorlikka e’tibor berish lozim.
Firmani qurilishini tanlashda mahsulotni ishlab chiqarish (etishtirish) muhim o’rin tutadi. Ishlab chiqarishni boshqarish-xodimlarni boshqarishdir, ular o’z navbatida mehnat vositalarini boshqaradilar.

    1. Download 219.7 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling