Фонетика ва графика асосларини ўрганишда педагогик технологияларни қЎллаш


Tekshirish uchun savol va topshiriqlar


Download 314 Kb.
bet15/31
Sana17.02.2023
Hajmi314 Kb.
#1206636
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31
Bog'liq
она тили китобча

Tekshirish uchun savol va topshiriqlar: 

  1. Darsning umumiy tasnifi ayting 


  2. Boshlang’ich sinflarda ona tilini o’rgatishning mazmuni 


  3. Boshlang’ich sinflarda ona tilini o’rgatishning vazifalari 


  4. Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida qo‘llaniladigan metodlar 


  5. Grammatik, so'z yasalishiga oid, imloviy materiallami o'rganish 


  6. Analiz-sintez metodi savod o'rgatish jarayoniga qachondan boshlab foydalaniladi? 





Tayanch so’zlar: lnduksiya, deduksiya, analiz-sintez, mustaqil ish, “Tovushlar va harflar”, “So’z”, “Gap”, “Bog’lanishli nutq”, an`anaviy metodlar, zamonaviy pedagogik texnologiya. 
14-mavzu: Fоnеtikа vа grаfikа аsоslаrini o‘rgаnish mеtоdikаsi 

REJA: 

1.Tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlarning xususiyatlari bilan tanishtirish. 

2. Jarangli va jarangsiz undosh tovushlar, ularning yozuvda ifodalanishi 

3. Bo’g’in ustida ishlash.
Kichik yoshdagi o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqni egallashlarida fonetikadan olgan bilimlarining ahamiyati katta: a) fonetik bilimga asoslangan holda I sinf o’quvchilari savod o’rganish davrida o’qishni va yozishni bilib oladilar; b) fonetik bilim so’zni to’g’ri talaffuz qilish (tovushlarni to’g’ri talaffuz qilish, urg’uli bo’g’inni ajratish, orfoepik me’yorga rioya qilish) asosini tashkil etadi; v) fonetik bilim morfologik va so’z yasalishiga oid bilimlar bilan birga o’quvchilarda qator imloviy malakalar (jarangsiz va jarangli undoshlarning yozilishi) shakllantirish uchun zamin bo’ladi; g) fonetik bilim gapni ohangiga ko’ra to’g’ri aytish, logik urg’u va gap qurilishidagi to’xtamlarga rioya qilish uchun zarur; d) so’zning tovush tomonini bilish uning ma’nosini
ONA TILI DARSLARIDA FOYDALANILADIGAN JADVALLAR SERIASINI TUZISH
O’zbek tilining davlat tili deb qabul qilinishi ona tili fanini o’qitishga bo’lgan talabni yanada oshirdi. Shu bois ham boshlang’ich sinflar ona tili darslarida so’zturkumlarini o’rganish dastlabki bosqich sanaladi. O’quvchilar IV sinfda “Son-so’z turkumi” mavzusini o’zlashtirib, yuqori sinfga o’tgunlaricha son so’z turkumi haqida to’la bilimga ega bo’lishi, undan to’g’ri foydalana olishi, imlo xatolarsiz yoza bilishlari lozim. IV-sinfda “Son” mavzusini o’rganishda faqat sanoq va tartib sonlarga bo’lib o’rgatish bilan chegaralanmaslik kerak. Har tomonlama rivojlangan, taraqqiy qilgan davrda yashayotgan ekanmiz, bolalarning fikrlashi, dunyoqarashida o’zgacha holatlar seziladi. O’quvchilarimiz har tomonlama kamol topgan, aqliy yetuk bolalardir. Shu bois ham bilim darajasini avvalgiga nisbatan yangicha pog’onaga ko’tarishimiz kerak. “Son-so’z turkumi” mavzusidagi mashg’ulotda darslikdan tashqari sonning fasl, marosim, tarixiy voqea, atoqli ot kabi ma’nolarini jadval, sayohat yoki tarqatma manbalar orqali tushuntirish mumkin. Kitobdagi jadvaldan tashqari yuqoridagi jadvaldan ham foydalanish mumkin. 

Fasl ifodalovchi


Marosim ifodalovchi son


Tarixiy voqea ifodalovchi son


Atoqli otni bildiruvchi son


1-mart-Bahor fasli


21-mart-Navro’z bayrami


9-may-G’alaba kuni


Oltmishboy



Jadvaldagi misollarni suhbat asosida quyidagicha o’zlashtirish mumkin. O’quvchilarga savollar beriladi. O’quvchilar esa jadvalga qarab javob beradilar. 

Fasl ifodalovchi sonlarga misollar ayting.

1-mart-bahor 

1-dekabrqish fasli boshi.

Marosim ifodalovchi sonlardan misol keltiring.

21 mart – Navpo’z bayrami.

3. Tarixiy voqea ifodalovchi sonlardan keltiring.

9-may- G’alaba kuni.

1-iyun- Bolalarni ximoya qilish xalqaro kuni.

4. Son bilan ifodalangan kishi nomlarini ayting.

Oltmishboy, Yetmishboy, Sakson ota.

Bulardan tashqari, tarqatma materiallar orqali ham bilimlarni mustahkamlash mumkin.

___________________________________________

Gapni ifodali o’qing. Sonni aniqlab savol bering va 

daftaringizga ko’chirib yozing.

Un zavodiga sakkiz va to’qqiz tonna bug’doy ortgan 

mashinalar keldi.

____________________________________________

Gapni ifodali o’qing. Sonni aniqlang. Ularni so’z bilan 

yozing.

Tekshiruvchilar olti ve etti tonna kuzgi va bahorgi arpa 

yashirilganini topishdi.

____________________________________________

Gapni o’qib, sonni aniqlang. Sonning turini ayting.

Har yili 12-13 tonna makkajo’hori doni yig’ib olinadi.

____________________________________________

40, 7 sonlari ishtirok etgan gap tuzing. 

Yetti o’lchab bir kes.

Bir tup tut eksang qirq yil marvarid terasan.

____________________________________________

Bundan tashqari, “Uch og’a-ini botirlar” ertagini o’qib berib, saylanma diktant yozdirish mumkin. O’quvchilar son so’z turkumiga oid so’zlarni topib izohlaydilar. Shu bilan birga to’ng’ich, kenja so’zlariga izoh beriladi. Oilada birinchi farzand to’ng’ich, oxirgi farzand kenja deb aytilishi uqtiriladi.

Shu tarzda ona tili fani matematika fani bilan ham bog’lanadi. Ona tili darslarida bu kabi tadbirlarni amalgam oshirish o’quvchilarning savodxonligini oshiradi, og’zaki va yozma nutq malakalarini o’stiradi.


Download 314 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling