Fuqarolar yig‘inining komissiyalari to‘g‘risida nizom 1-bob. Umumiy qoidalar Mazkur Namunaviy nizom «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»
-§. Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasini shakllantirish va uning faoliyatini tashkil etish
Download 145.65 Kb.
|
комиссия низоми лотин
2-§. Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasini shakllantirish va uning faoliyatini tashkil etish
9. Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi a’zolari fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillari yig‘ilishi) tomonidan fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovidan so‘ng bir oy ichida 8 — 12 nafar a’zodan iborat tarkibda 5 yil muddatga saylanadi. Oldingi tahrirga qarang. Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi tarkibiga mahalla xotin-qizlar faoli, keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchi, imom-xatib, ta’lim muassasalari rahbarlari yoki ularning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, oilaviy shifokorlik punkti (oilaviy poliklinika) vakili, psixologlar, hayotiy tajribaga ega bo‘lgan, namunali oila boshliqlari, aholi o‘rtasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan hamda o‘zining tarbiyaviy ta’sirini o‘tkaza oladigan mahalla faollari kiritilishi mumkin. (9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 9 avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022 y., 09/22/438/0726-son) Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasiga rahbarlik fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) tomonidan amalga oshiriladi. Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi tarkibiga nomzod sifatida ko‘rsatilgan shaxs, agar fuqarolar yig‘ini majlisida (fuqarolar vakillari yig‘ilishida) hozir bo‘lganlarning yarmidan ko‘pi uni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, saylangan hisoblanadi. Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi a’zosi muddatidan avval komissiya tarkibidan chiqsa, uning yangi a’zosi bir oy muddat ichida fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillari yig‘ilishi) tomonidan saylanadi. 10. Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi raisi: komissiya faoliyatini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi; ushbu Namunaviy nizomda belgilangan vazifalarning komissiya a’zolari tomonidan bajarilishini ta’minlaydi; oilalardagi ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha tadbirlarda bevosita ishtirok etadi; majlislarni chaqiradi va o‘tkazadi; fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillari yig‘ilishi), fuqarolar yig‘ini kengashi majlislarida uning nomidan vakil bo‘ladi; komissiya nomidan chiqadigan hujjatlarni imzolaydi. Komissiya o‘zining birinchi tashkiliy yig‘ilishida a’zolar ichidan komissiya raisining o‘rinbosarini va kotibini saylaydi. 11. Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasining yillik, choraklik ish rejalari komissiya yig‘ilishida muhokama etiladi va fuqarolar yig‘ini kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi ish rejasi ijrosi yuzasidan komissiya a’zolarining amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotlari har oyda komissiya yig‘ilishlarida eshitilib, tegishli qarorlar qabul qilib boriladi. Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi yig‘ilishi, agar uning ishida komissiya a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashayotgan bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi. Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi yig‘ilishida ishtirok etayotgan a’zolarning yarmidan ko‘pi yoqlab ovoz bergan qaror qabul qilingan hisoblanadi. 12. Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasining kotibi yig‘ilishlarning bayonini yuritadi va qarorlar ijrosini nazorat qiladi. 13. Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi o‘z faoliyati yuzasidan har oyda fuqarolar yig‘ini kengashiga, yilning har choragida fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillari yig‘ilishi)ga hisobot berib boradi. Download 145.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling