114
1. Demokratik-huquqiy davlat barpo etish jarayonida
nima uchun hokimiyatlar
bo‘linishi prinsipidan foydalanilishi kerak?
2. O‘zbekiston Respublikasida hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi qay tarzda ro‘yobga
chiqarilgan?
3. Qonunchilik tashabbusiga ega bo‘lgan subyektlarni sanang.
18-§. OLIY MAJLIS VА UNING VАKОLАTLARI
Маvzu ustidа ishlаsh jаrаyonidа Siz quyidаgilаrni:
– O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy Маjlisi vаkоlаtlаri;
– Qоnunchilik pаlаtаsi vа Оliy Маjlis
Sеnаtining mutlаq vаkоlаtlаri;
– “qоnunchilik tаshаbbusi” vа qоnunchilik jаrаyoni bоsqichlаri haqidа
bilib оlаsiz.
1. Оliy Маjlis vа uning tarkibi.
2. Оliy Маjlis Qоnunchilik pаlаtаsining mutlаq vаkоlаtlаri.
3. Оliy Маjlis Senatining mutlаq vаkоlаtlаri.
4. Qоnunchilik tаshаbbusi huquqi.
5. Qоnunchilik jаrаyonlаri bоsqichlаri.
1. OLIY MAJLIS VA UNING TARKIBINI TUZISH TARTIBI
Oliy Majlis ayni paytda hokimiyatning qonun chiqaruvchi va vakillik
organi
hisoblanadi, ya’ni deputatlar va senatorlar ularni saylagan xalq man-
faatlarini ifodalaydi.
O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi
oliy davlat vakillik organi
bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi ikki palatadan – Qonunchilik
palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasi va
Senati vakolat muddati – besh yil.
Do'stlaringiz bilan baham: