G. M. Tansikbayeva, V. A


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

3-topshiriq
1. Suveren davlat qaysi alomatlarga ega? Suveren davlat alomatlaridan qaysi 
birini eng muhimi sifatida ta’rifl ash mumkin?
2. Davlat tuzilishining u yoki bu shakli nimaga bog‘liq bo‘ladi?
3. Davlat tuzilishi unitar shaklining federativ shaklidan farqi nimada?
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi suvereniteti alomatlarini sanang.
17-§. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DAVLAT 
HOKIMIYATINING TASHKIL ETILISHI
Mavzu ustida ishlash natijasida:
– O‘zbekiston Respublikasidagi davlat hokimiyati tizimi haqida;
– O‘zbekistonda davlat hokimiyati organlarining vakolatlari haqida;
Davlat 
tuzilishi
shakllari


Yakunlarni chiqaramiz
?
?
O‘zingizni sinang!


110
– qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatining bo‘linish 
prinsiplari haqida bilib olasiz.
1. Hokimiyatsiz jamiyat bo‘lishi mumkinmi?
2. O‘zbekiston Respublikasidagi davlat hokimiyati tizimi.
3. Hokimiyatning bo‘linish prinsiplari.
1. HOKIMIYATSIZ JAMIYAT BO‘LISHI MUMKINMI?
 
Hokimiyat bo‘lmagan jamiyatni tasavvur qilish qiyin, albatta. Jamiyat 
taraqqiy 
oti tarixidan olingan misollarda (Qadimgi Rim, Buyuk Karl 
imperiyas i va hokazolar) hokimiyat bo‘lmaganda jamiyat ichki ziddiyatlar 
va hokimiyat uchun kurash yuki ostida nest-nobud bo‘lishini ko‘rishimiz 
mumkin.
Ko‘p asrlar davomida insoniyat ideal davlat barpo etish uchun “baxt-
saodat formulasi”ni behudaga izladi.
Sharq o‘rta asrlar mutafakkirlaridan Abu Nasr al-Forobiy davlat, 
davlatni boshqarish shakllari, davlatning vazifalari va boshqa shu singari 
tushunchalarga ta’rif bergan. Abu Ali ibn Sino esa ijtimoiy adolat va tar-
tibotni ta’minlagan odil hukmdor hukmronlik qilgan davlatni mukammal 
davlat deb hisoblagan. Shuning barobarida, u davlatning har bir fuqarosi 
foydali mehnat bilan shug‘ullanishi lozim, deya ta’kidlaydi.
Mustaqillik e’lon qilinishi bilan O‘zbekistonda o‘z yangilanish va jami-
yat taraqqiyot yo‘lini tanlab olish imkoniyati vujudga keldi.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning nazariy asoslari 
mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov asarlarida bayon etilgan.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling