G. M. Tansikbayeva, V. A


 Davlat tuzilishi shakllari


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

1. Davlat tuzilishi shakllari.
2. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasining davlat tuzilishi.
1. DAVLAT TUZILISHI SHAKLLARI
Har qanday davlatning asosiy suverenlik belgisi uning aho lisi yashab 
turgan hududning mavjud ekanligidir. Bilasizki, davlatning qonun lari har 
kimga tatbiq etiladi va har bir inson hayotining ko‘pgina tomon 
larini 
tartibga solib turadi. Biroq davlat hududi ning har bir qismida – qishloq-
da, shaharda, tumanda va hokazolarda markaziy hokimiyat organlari hal 
qilishi mushkul bo‘lgan kundalik muammolar vujudga keladi. Shuning 
uchun ham davlat hokimiyatini vakolatlarining muayyan qismi markaziy 
hokimiyat organlaridan mahalliy hokimiyat organlariga beriladigan bir 
tarzda taqsimlashga zaruriyat tug‘iladi.
Davlat tuzilishi shakli
– hokimiyatlarning markaziy hokimiyat bi-
lan o‘zaro muno sabatlarini belgilab beruvchi siyosiy va hududiy jihatdan 
tashkil etilishidir.
Davlat tuzilishi shakli quyidagilarni namoyon etadi:
– davlat hududi necha qismga va qay tarzda bo‘linganligini;
– mahalliy va markaziy hokimiyat organlari o‘rtasidagi munosabatlar 
qay tarzda amalga oshirilishini;
– ayni shu davlat hududida yashab turgan har bir millatning manfaat-
lari qay tariqa muhofazalanishini.
Jahondagi aksariyat mamlakatlar davlat tuzilishining unitar shakliga 
egadir. Bu holda davlat hududi ma’muriy hududlarga (viloyatlar, tumanlar 


106
va hokazolarga), ya’ni davlatchilikka ega emas, balki boshqaruv qulayligi 
uchun mavjud bo‘lgan qismlarga taqsimlanadi.
Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Norvegiya, Shvetsiya, Ispaniya
Portugaliya, Gretsiya, Yaponiya, Finlandiya, Misr, O‘zbekiston va 
boshqalar unitar davlatlar jumlasiga kiradi.
Unitar davlat
– yagona davlat bo‘lib, uning alohida ma’muriy-
hududiy birliklari bir xildagi huquqlarga ega, butun davlat hududida 
yagona konstitutsiya, yagona hukumat va yagona qonun hujjatlari 
amal qiladi.
Davlat tuzilishining boshqa bir shakli federatsiyadir. Federatsiya 
subyektlari o‘z konstitutsiyasiga, o‘z oliy qonun chiqaruvchi, ijro etuv chi 
va sud organlariga ega bo‘ladi. Butun federatsiya uchun yagona hokimi-
yat va boshqaruv oliy organlari tashkil etiladi. Binobarin, AQSH, Kanada, 
Braziliya, Meksika, Avstriya, Belgiya, Shveysariya, Pokiston, Argentina, 
Rossiya va boshqalar federativ davlatdir.
Davlat tuzilishining yana bir shakli – konfederatsiya shakli ham 
mavjuddir. Bunday birlashuvda har qaysi davlat o‘z suverenitetini, o‘z 
mustaqilligini saqlab qoladi. Konfederatsiyada yagona hudud, yagona 
fuqarolik bo‘lmaydi, har bir davlat xalqaro aloqalarni mustaqil o‘rnatadi. 
Keyingi paytlarda Yevropa Ittifoqi konfederativ birlashuvga misol bo‘la 
oladi.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling