G. M. Tansikbayeva, V. A
Davlat tuzilishi shakllari
Download 2.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat tuzilishi shakli
- Unitar davlat
1. Davlat tuzilishi shakllari.
2. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasining davlat tuzilishi. 1. DAVLAT TUZILISHI SHAKLLARI Har qanday davlatning asosiy suverenlik belgisi uning aho lisi yashab turgan hududning mavjud ekanligidir. Bilasizki, davlatning qonun lari har kimga tatbiq etiladi va har bir inson hayotining ko‘pgina tomon larini tartibga solib turadi. Biroq davlat hududi ning har bir qismida – qishloq- da, shaharda, tumanda va hokazolarda markaziy hokimiyat organlari hal qilishi mushkul bo‘lgan kundalik muammolar vujudga keladi. Shuning uchun ham davlat hokimiyatini vakolatlarining muayyan qismi markaziy hokimiyat organlaridan mahalliy hokimiyat organlariga beriladigan bir tarzda taqsimlashga zaruriyat tug‘iladi. Davlat tuzilishi shakli – hokimiyatlarning markaziy hokimiyat bi- lan o‘zaro muno sabatlarini belgilab beruvchi siyosiy va hududiy jihatdan tashkil etilishidir. Davlat tuzilishi shakli quyidagilarni namoyon etadi: – davlat hududi necha qismga va qay tarzda bo‘linganligini; – mahalliy va markaziy hokimiyat organlari o‘rtasidagi munosabatlar qay tarzda amalga oshirilishini; – ayni shu davlat hududida yashab turgan har bir millatning manfaat- lari qay tariqa muhofazalanishini. Jahondagi aksariyat mamlakatlar davlat tuzilishining unitar shakliga egadir. Bu holda davlat hududi ma’muriy hududlarga (viloyatlar, tumanlar 106 va hokazolarga), ya’ni davlatchilikka ega emas, balki boshqaruv qulayligi uchun mavjud bo‘lgan qismlarga taqsimlanadi. Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Norvegiya, Shvetsiya, Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya, Yaponiya, Finlandiya, Misr, O‘zbekiston va boshqalar unitar davlatlar jumlasiga kiradi. Unitar davlat – yagona davlat bo‘lib, uning alohida ma’muriy- hududiy birliklari bir xildagi huquqlarga ega, butun davlat hududida yagona konstitutsiya, yagona hukumat va yagona qonun hujjatlari amal qiladi. Davlat tuzilishining boshqa bir shakli federatsiyadir. Federatsiya subyektlari o‘z konstitutsiyasiga, o‘z oliy qonun chiqaruvchi, ijro etuv chi va sud organlariga ega bo‘ladi. Butun federatsiya uchun yagona hokimi- yat va boshqaruv oliy organlari tashkil etiladi. Binobarin, AQSH, Kanada, Braziliya, Meksika, Avstriya, Belgiya, Shveysariya, Pokiston, Argentina, Rossiya va boshqalar federativ davlatdir. Davlat tuzilishining yana bir shakli – konfederatsiya shakli ham mavjuddir. Bunday birlashuvda har qaysi davlat o‘z suverenitetini, o‘z mustaqilligini saqlab qoladi. Konfederatsiyada yagona hudud, yagona fuqarolik bo‘lmaydi, har bir davlat xalqaro aloqalarni mustaqil o‘rnatadi. Keyingi paytlarda Yevropa Ittifoqi konfederativ birlashuvga misol bo‘la oladi. Download 2.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling