G. M. Tansikbayeva, V. A


O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 66-modda


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 66-modda.
4. FARZANDLARNING HUQUQLARI
Farzandlarning huquqlari “Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya” 
(1989-y.) kabi nufuzli xalqaro hujjatda va O‘zbekiston Respublikasining 
“Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunida (2008-y.) mustahkamlab 
qo‘yilgan. Unga muvofi q inson tug‘ilganidan to 18 yoshga qadar bola hisob-
lanadi va quyidagilarga haqlidir:
– yashashga, aqlan va jismonan rivojlanishga;
– ismi va fuqaroligi bo‘lishiga;
– oilada tarbiyalanishga;
– fi kr, vijdon va diniy e’tiqod erkinligiga;
– ta’lim olishga;
– zo‘ravonliksiz hayotga, shaxsiy qadr-qimmati hurmat qilinishiga va 
boshqalar.
1-topshiriq
Asosiy qonun belgilaydi


103
Fikrlash uchun savollar:
1. Nima deb hisoblaysiz, qadimgi grek olimi Aristotеl: “Platon mеnga do‘st, lеkin 
haqiqat ulug‘dir”, dеgan iborani aytganda nimani nazarda tutgan? Bu iborani mehnat 
munosabatiga qaysi hollarda qo‘llash mumkin?
2. Shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy shunday degan: “Agar sen inson bo‘lsang, 
xalq ehtiyoji to‘g‘risida bosh qotirmaydiganni inson deb atamagin”. Bunday ta’kidga 
qo‘shilasizmi? Javobingizni asoslang. 
3. Qadimgi Rim faylasufi Sеnеka shunday dеgan edi: “Barcha g‘alabalar o‘z 
ustingdan g‘alaba qozonishdan boshlanadi. Bu eng oliy hokimiyat. O‘z ehtiroslaring 
quliga aylanish – eng qo‘rqinchli qullikdir”. Ushbu gaplarni mеhnatga, ta’limga yoki 
boshqa biror mashg‘ulotga nisbatan izohlashga urinib ko‘ring. Siz mazkur fi krlarga 
qo‘shilasizmi? Agar tasdiqlasangiz, nima uchun?
4. O‘zbek maqolida aytiladi: “Mehnat – g‘alaba, shon-shuhrat va boylik kaliti”. 
Siz bunday ta’kidga qo‘shilasizmi? Siz taniqli va badavlat bo‘lishning boshqa qonuniy 
yo‘lini taklif qila olasizmi? 
5. Amir Temur o‘zining “Temur tuzuklari” asarida shunday ta’kidlaydi: “Agar 
davlat qonunlarga tayanmasa, u o‘zining shon-shuhrati va buyukligini uzoq vaqt saqlay 
olmaydi”. Siz bunday fi krga qo‘shilasizmi? Agar qo‘shilsangiz, u holda nima uchun?


104
6. Buyuk qomusiy olim Abu Ali ibn Sino yozgan: “Bekorchilik va maishatparast-
lik nafaqat odobsizlikni tug‘diradi, ular bir vaqtda bemorlikka ham sabab bo‘ladi”. 
Bunday ta’kidning ma’nosini tushuntirib bering.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling