Aniqlovchi ergash gaplarni shakllantiruvchi vositalarning darsliklardagi tahlili


Download 25.12 Kb.
bet1/2
Sana04.11.2023
Hajmi25.12 Kb.
#1747315
  1   2
Bog'liq
Maqola Ergash gaplar


ANIQLOVCHI ERGASH GAPLARNI SHAKLLANTIRUVCHI VOSITALARNING DARSLIKLARDAGI TAHLILI
Salimov Azizbek Samat o’g’li,
Sh.Rashidov nomidagi SamDU
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti magistranti


Annotatsiya. Ushbu maqolada “O’zbek tili gramatikasi”, “Tarixiy sintaksis” kitoblarida, Umumiy o‘rta ta’lim 9-sinf “Ona tili” darsligida aniqlovchi ergash gaplarni shakllantiruvchi vositalarning berilishi haqida mulohazalar keltiriladi.
Kalit so‘zlar: Ergashtiruvchi bog’lovchilar, Qadimgi turk yozma yodgorliklari, nisbiy so’zlar, izohlovchi so’zlar, fe’lli sifatdosh, kesimlar miqdori, -sa shart mayli, -ki yuklamasi, intanatsiya

Aniqlovchi ergash gaplar ko’plab olimlar tomonidan o’rganilgan bo’lib, ularda turli qarashlar aks ettirilgan. Aniqlovchi ergash gaplar boshqa tillarda ham mavjud bo’lib, biz maqolamizda o’zbek tilida aniqlovchilarning o’rganilishiga e’tibor qaratib o’tamiz. Qadimgi turk yozma yodgorliklariga qaraydigan bo’lsak, ergashgan qo’shma gaplarni turlari shu davrlarda shakllanganini ko’rishimiz mumkin. Misol uchun, “Йэмй бу тврт ариғ диндарлар ким тавғая йиринтэ эрўрлўр.(Turfon tekistidan)- bu to’rt pok dindorki, Tabg’ach yeridandirlar. O’rxun yodgorligi yozuvlarida нэ (нэқ), қач, ким so’roq olmoshlarining nisbiy olmosh vazifasida qo’llanganligini ko’ramiz. нэқ сабим эрсйр бақгу ташқа уртим-nima so’zim bo’lsa, uni mangu toshga o’ydim. Қач нэқ эр- сйр елўртачи кўк-Qanday bo’lmasin, u bizni o’ldirishi mumkin.”1


Bu kabi kuzatishlarni G’.Abdurahmonovning “Tarixiy sintaksis”, “O’rxun yodnomalari tilida qo’shma gap konstruksiyalari” kitoblardan ko’rishimiz mumkin.
Qadimgi turk tilida o’tgan va hozirgi zamon sifatdoshlar aniqlovchi ergash gaplarni shakllantiruvchi vosita bo’lganini ko’rishimiz mumkin. Тинэси оғлу йатуғма Бэқглигак тағуғ... иртимиз-Tinesining o’g’li Bangilak tog’igacha quvladik. “Devoni-lug’atit turk” va “Qutadg’u bilik” asarlarida bosh kelishikdagi sifatdosh aniqlovchi ergash gapning kesimi bo’lib kelganligini kuzatishimiz mumkin. Бир анча йуруйу, бир ата туру, Ахир тэгди Элик турур ордуқа- Bir qancha yurib, bir qancha turib, Elik turgan o’rdaga axir yetdi(ҚБ, Н., 46; 249). Киши турмадўк элкй қирса қали - Аgar kimda kim kishi ko’rmagan elga kirsa (ҚБ, Н., 47; 250).
G’.Abdurahmonovning “Tarixiy sintaksis” kitobida “Tafsir”da fe’li sifatdosh formasida aniqlovchi ergash gapni tashkil etgan. Манат тэдўки тақи бут турур (Тф., 36 6, 5) —Mehnat degan yana bir but bor.2 Qadimgi turkiy tilda shart fe’lining aniqlovchi ergash gaplarni tashkil etishda qo’llanganligini “Devoni lug’atit turk” va “Qutadg’u bilig” asarlarida keltirilganligini aytib o’tishimiz lozim.
Bu asarlarda nisbiy so’zlar ham aniqlovchi ergash gaplarni shakllantirganini kuzatishimiz mumkin.
Кимўқ элги болса будунқа узун, Силик болсу қулқу қулунчу тўзўн —Senga qarashli kimning qo’li xalq ustida bo’lsa, uning xulqi muloyim, ishi to’g’ri bo’lsin
(ҚБ, Н„ 50; 254).3 Keyingi davrlarda A.Navoiy, Z.M.Bobur, Abulg’ozi Bohodirxon kabi ko’plab olimlarimiz asarlarida aniqlovchi ergash gaplarni qo’llaganliklarini ko’rishimiz mumkin. Hozirgi o’zbek tilshunosligida ham ushbu mavzu bo’yicha turli tadqiqotlar olib borildi va qadimgi turkiy tilda aniqlovchi ergash gaplarni shakllantiruvchi vositalar hozir ham o’zgargani yo’q faqat vaqt nuqayi nazaridan qo’shimchalarning shakli o’zgargan deyishimiz mumkin.
”O’zbek tili grammatikasi” kitobida aniqlovchi ergash gaplarni shakllantiruvchi vositalar sifatida quyidagilar keltirilib o’tiladi. Nisbiy so’zlar yordamida. “Bunday ergash gaplar bosh gapdagi olmosh orqali ifodalangan qaratqichli aniqlovchining ma’nosini konkretlashtiradi. Shuningdek, qaratqichli bo’lmagan bosh gap uchun aniqlovchilik vazifasini bajaradi: Kimning ko’ngli to’g’ri bo’lsa, uning yo’li ham to’g’ri bo’ladi (Navoiy)”4 bunday gaplarda ergash gapni bosh gapga bog’lovchi vosita -sa shart bog’lovchisi hisoblanadi. Nisbiy so’zlar qo’shma gapning har ikki qismida qo’llanilib, birinchi ergash gap, keyin bosh gap keladi. Bunda ergash gap qismida so’roq ma’nosidagi olmoshlar, bosh qismida so’roqqa javob bo’luvchi ko’rsatish olmoshlar keladi.

Download 25.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling