Aniqlovchi ergash gaplarni shakllantiruvchi vositalarning darsliklardagi tahlili
Izohlovchi so’zlar-ko’rsatish olmoshlari yordamida
Download 25.12 Kb.
|
1 2
Bog'liqMaqola Ergash gaplar
Izohlovchi so’zlar-ko’rsatish olmoshlari yordamida. “Ergashgan qo’shma gaplar tarkibida shunday so’zlar ham ishlatiladi, ularni biz shu kungacha nisbiy so’z deb nomlab kelgan bo’lsak ham, ular nisbiy so’z bo’la olmaydi. Bunday so’zlar faqat ergashgan qo’shma gapning bir komponenti- ko’proq bosh gap tarkibida kelib, ergash gap tomonidan izohlanadi”.5Shuning uchun biz bunday so’zlarni izohlovchilar deb ataymiz. Bunday ergashgan qo’shma gaplarning kesimlari -ki orqali birikadi. Izohlovchi so’zlar vazifasida ko’proq ko’rsatish olmoshlari va boshqa so’zlar qo’llaniladi. Hali shunday o’qiyki, hamma havas qilsin.
Ko’rsatish olmoshi qanday vazifada kelsa, ergashgan qo’shma gap shu nom bilan yuritiladi. Ayrim, ba’zi so’zlari aniqlovchi ergash gaplarda bosh gap tarkibidagi otga bog’lanib kelib, uning ma’nosini aniqlashtirib, izohlab keladi. Ayrim badfe’l kishilar borki, yomonlik qilmaganlarining o’ziniyoq yaxshilik qilganga yo’yadilar.(Ezop) Aniqlovchi ergashgan qo’shma gaplarni bog’lovchi vositalar qatoriga intanatsiyani ham olsak bo’ladi. Bunda izohlovchi so’zlar ishtirok etgan qo’shma gaplarda keladi va shu gapning davomidan boshqa gap kelayotganini ko’rsatadi. Shunday javob beringki, hech kim rad eta olmasin. Aniqlovchi ergashgan qo’shma gaplarning darsliklarda berilishi. Qo’shma gaplar haqida qanday ta’rif berilganigiga to’xtalib o’tamiz. “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik” to’ldirilgan 4-nashrida soda va qo’shma gaplarni ajratishga “Kesimning nechtaligi gaplarni sodda va qo‘shma gaplarga ajratishga asos bo‘ladi”[17bet] degan qoida berilgan. Bunda faqat uyushiq kesimlar bundan mustasno hisoblanadi va bu yuqoridagi qoidaga mos kelmay qoladi. Negaki, uyushiq kesimda kesimlik shakllari oxirgisiga qo’shiladi. Er kishiga zeb-u ziynat hikmat va donishdur. (A.Navoiy) Biz uzoq yillardan buyon shu qishloqda yashab, mehnat qilib kelmoqdamiz. Aniqlovchi ergashgan gaplarga darsliklarda bog’lovchi vositasiga qarab uni aniqlab olishimiz kerak bo’ladi. Gap bo’laklariga ko’ra nomlanib tasniflanmagan. Bilamizki, aniqlovchi ergashgan qo’shma gaplar nisbiy so’zlar va ko’rsatish olmoshi yordamida hosil qilinadi. Nisbiy so’zlar yordamida hosil qilinganda bog’lovchi vosita -sa shart mayli qo’shimchasi bo’lsa, ko’rsatish olmoshlari yordamida hosil qilinganda -ki yuklamasi bosh gap va ergash gapni bog’lovchi vosita hisoblanadi. Kimning aqli ko’p bo’lsa, ayblari yashirin va do’stllari ko’p bo’ladi.(“Mashriqzamin – hikmat bo’stoni” kitobidan) Biz shunday kutubxona bino qilaylikki, butun el qoshida manzur va mo’tabar bo’lsin. (Oybek) O’qitilishiga ham e’tibor qaratadigan bo’lsak, 1 G’.Abdurahmonovning “Tarixiy sintaksis” 2 G’.Abdurahmonovning “Tarixiy sintaksis” 48-bet 3 Qutadg’u bilig 4 Ўзбек тили грамматикаси. II том. Синтаксис. Тошкент: Фан, 1976, 403-бет. 5 Шу китоб. 412-бет Download 25.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling