G. M. Tansikbayeva, V. A


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1

2. OILA DAVLAT MUHOFAZASIDA
Oila muhofazasi davlatda turli qonunlarni qabul qilish, shuningdek
jamo 
at jamg‘armalari va tashkilotlari tomonidan ma’naviy va moddiy 
qo‘llab-quvvatlash tariqasida amalga oshiriladi. Binobarin, mustaqillik yil-
larida respublikada “Bolalar jamg‘armasi”, “Mahalla”, “Ekosan”, milliy 
“Qizil Yarim oy jamiyati” singari ko‘p bolali va kam ta’minlangan oila-
larga, bolalarga, yolg‘iz qariyalarga va hokazolarga imkoni boricha madad 
berayotgan jamoat jamg‘armalari tashkil qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan 1993-yil 
7-mayda mamlakatda birinchi orden – “Sog‘lom avlod uchun” ordeni 
ta’sis etildi.
Onalik va bolalikni muhofaza qilishda, sog‘lom avlod kamol topishi 
uchun moddiy shart-sharoitlar va ma’naviy muhitni ta’minlashda alohida 
xizmatlar ko‘rsatgan shaxslar “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan taqdir-
lanadilar.
3. NIKOH TUZISH SHARTLARI
Nikoh tuzish uchun kuyov va kelinning ixtiyoriy roziligi zarur, shu-
ningdek, ular muayyan yoshga to‘lgan bo‘lishi shart (qizlar – 17 yoshdan, 
yigit lar – 18 yoshdan).
Ixtiyoriy rozilik nikoh tuzish masalasi hal etilayotganda uchinchi shaxs-
larning taz 
yiqi bo‘lmasligi kerakligini anglatadi. Uchinchi shaxslar, shu 
jumladan, ota-onalar tomonidan nikohlanishga to‘sqinlik jinoiy jazolanadi-
gan harakatga aylanishi mumkin. Qarindosh-urug‘lar maslahatlar berishlari
nikoh to‘yiga tayyorlanishga yordam ko‘rsatishlari, moddiy va ma’naviy 
jihatdan qo‘llab-quvvatlashlari mumkin.


102
Sizningcha, nikoh tuzish yoshi nega qizlar uchun 17 yoshdan, yigitlar uchun esa 
18 yoshdan belgilangan? O‘z javobingizni asoslab bering.
Muqaddam qayd etilgan nikoh, nikoh tuzish taqiqlanishi shartlaridan 
biri hisoblanadi. Qonunga muvofi q sog‘lom va ruhiy kasal yoki aqlan zaif 
kishi o‘rtasidagi hamda qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi nikohlar haqiqiy 
emas deb hisoblanadi.
Er-xotinlar, shuningdek, o‘zlarining voyaga yetmagan bolalari tarbiyasi 
uchun, ular ning ishlari va qilmishlari uchun javobgar bo‘ladilar.
O‘z navbatida farzandlar ham o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilish-
lari, ularga yordam berishlari, qo‘llab-quvvatlashlari lozim. Balog‘at yoshiga 
qadar bu majburiyat ma’naviy tavsifda bo‘lib, ular 18 yoshga to‘lganlaridan 
keyin esa yuridik kuch kasb etadi.
Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida 
g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling