G. M. Tansikbayeva, V. A


partiya – davlat hokimiyatini shakllantiradi, o‘z vakillari orqali


Download 2.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/149
Sana25.10.2023
Hajmi2.73 Mb.
#1721229
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   149
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1


partiya – davlat hokimiyatini shakllantiradi, o‘z vakillari orqali 
davlatni boshqaradi;
“Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi Qonun (26.12.1996-y., o‘zgar-
tirishlar kiritilgan);
“Davlat boshqaruvini yangilash va demokratlashtirish va mam-
lakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalar rolini kuchay-
tirish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonun (1.01.2008-y.)
Siyosiy partiyalar faoliyati


Yakunlarni chiqaramiz


99
1. Kishilar qanday maqsadlarda siyosiy partiyalarga va harakatlarga uyushadilar?
2. Ko‘ppartiyaviylikning mavjudligi mamlakatda demokratiya rivojlanishiga qay 
tariqa ijobiy ta’sir o‘tkazadi?
3. Davlat Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofi q O‘zbekiston Res 
publikasida 
qanday partiyalar tuzilishi taqiqlangan?
4. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsata 
yotgan siyosiy 
partiyalarni sanab bering.
15-§. OILA JAMIYATNING BUGUNI VA KELAJAGI NEGIZIDIR
Mavzu ustida ishlash natijasida:
– oilaning jamiyat va jamiyatning oilaga nisbatan asosiy huquqlari va 
majburiyatlari haqida;
– nikoh shartlari haqida;
– er-xotinlarning huquq va majburiyatlari haqida;
– farzandlarning huquqlari haqida bilib olasiz.
1. Oila va jamiyat.
2. Oila davlat himoyasida.
3. Nikohdan o‘tish shartlari.
4. Bola huquqlari.
1. OILA VA JAMIYAT
Jamiyatda oilaning roli shunchalik ahamiyatliki, u adolatli tarzda har 
qanday jami 
yatning negizi sifatida ko‘rib chiqiladi. Chunki oila ijtimoiy 
hayotning alohida sohasini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, unda kelajakda 
jamiyatda yashashi va davlatning fuqarosiga aylanishi kerak bo‘lgan shaxs-
ning dunyoga kelishi, oyoqqa turishi va shakllanishi jarayonlari kechadi.
Jamiyatning ahvoli ham, o‘z navbatida, inson oilada qanday tarbiya 
olganligiga, bu dargohdan qanday ma’naviy e’tiqodni qalbiga singdira 
bilganligiga, shaxs oilada kamol topishi uchun zarur shart-sharoitlar qancha-
lik maqbul ekanligiga bog‘liq bo‘ladi. Shu boisdan oilani muhofaza qilishga 
istalgan jamiyatda, har qanday davlatda alohida e’tibor beriladi.

Download 2.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling