G20 davlatlari rahbarlari mavjud muammolarni bartaraf etish G20 tuzilmasi ko'pincha keskin tanqidlar


Argentina sammitida nimalarga kelishib olindi?


Download 75.92 Kb.
bet2/9
Sana30.04.2023
Hajmi75.92 Kb.
#1407558
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
katta yigirmalik (G20) guruhi va uning jahon iqtisodiyotidagi o\'rni

Argentina sammitida nimalarga kelishib olindi?
O‘tgan haftada Buenos-Ayresda bo‘lib o‘tgan sammitda «Katta yigirmatalik»ka a'zo davlatlar rahbarlari yakuniy deklaratsiya qabul qilishdi va unda quyidagi vazifalar belgilab olindi: 
Xalqaro savdo
Yakuniy deklaratsiyada xalqaro savdo tizimi va Jahon savdo tashkiloti takomillashtirilishi lozimligi qayd etildi.
Iqtisodiy o‘sish
G20 davlatlari rahbarlari mavjud muammolarni bartaraf etish uchun iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish ustida ishlashga tayyor ekanliklarini tasdiqlashdi.
Migratsiya
Ishtirokchilar majburiy migratsiya sabablarini bartaraf etish ustida ishlashga kelishib olishdi. Deklaratsiyada aholini o‘z yurtidan boshqa joyga qochishga majbur qilayotgan sabablarni birgalikda bartaraf etish muhimligi e'tirof etildi.
Internetdagi terrorizm va korrupsiya
Bundan tashqari, yetakchi davlatlar rahbarlari internetdan terrorchilik maqsadlarida foydalanishga qarshi kurashishga chaqirishdi. Yigirma davlatdan iborat guruh shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida kelgusi uch yil uchun tuzilgan harakatlar rejasini tasdiqladi va bu sohada amaliy hamkorlik qilish majburiyatini oldi.
Musaffo energiya
Ishtirokchi mamlakatlar musaffo energetikani rivojlantirishda sobitligini e'tirof etishdi. Shuningdek, AQSh iqlimni himoya qilish bo‘yicha Parij bitimidan chiqishga qaror qilgani, lekin iqtisodiy o‘sishni ta'minlash va energetik xavfsizlik borasida sobit turishini bildirgani qayd etildi.
«Yigirmatalik» yetakchilari infratuzilmaga sof va qayta tiklanadigan energetikani joriy etish orqali yangi ish o‘rinlari va iqtisodiy o‘sish imkoniyatlari yuzaga kelishini bildirishdi.
Bundan tashqari, a'zo davlatlar tengsizlikka qarshi kurashish, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash hamda ta'lim olish uchun sharoitlar yaratishga kelishib olishdi.
Navbatdagi uchrashuv 2019 yil 28-29 iyun kunlari Osakada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Download 75.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling