G'arbiy Yevropa davlatlari geografiya Reja: Evropa ittifoqi davlatlari: siyosiy geografik o’rni, tarixiy shakllanish xususiyatlari. Evropadagi siyosiy vaziyatning hozirgi davrda tubdan o’zgarganligi
Download 114.5 Kb.
|
G\'arbiy Yevropa davlatlari geografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi bosqich.
Birinchi bosqich. Evropa Valyuta Ittifoqi shakllanishining birinchi bosqichi 1990 yil 1 iyuldan 1993 yil 31 dekabrgacha davom etdi va hozirda to’liq yakunlangan. Uning doirasida Evropa Ittifoqi haqidagi Maastrixt shartnomasi bandlari ro’yobga chiqishi uchun zarur bo’lgan tayyorgarlik ishlari olib borildi. Xususan, Evropa Ittifoqi a’zo davlatlari o’rtasida va Evropa Ittifoqi hamda uchinchi davlatlar o’rtasida kapital migratsiyasi yo’lidagi barcha to’siqlar olib tashlandi.
Evropa Ittifoqi ichidagi davlatlarning iqtisodiy ko’rsatkichlarini bir-biriga yaqinlashtirishga katta e’tibor berildi. Shu maqsaddagi shartnomalar imzolandi, ularda antinflyatsion, byudjet siyosatining konkret maqsadlari va ko’rsatkichlari ko’rsatildi. Evroni kiritishga tayyorgarlik sifatida bu dasturlar Evropa Ittifoqining iqtisodiy va moliyaviy masalalar bo’yicha Kengashi (EKOFIN) ga taqdim etilib, Maastrixt shartnomasida ko’rsatib o’tilgan inflyatsiyaning past sur’atlarini, a’zo davlatlar valyutalari o’rtasidagi almashinuvni barqaror saqlab qolishga va davlat moliyasini sog’lomlashtirishga qaratildi. Ikkinchi bosqich. Evropa Valyuta Ittifoqini shakllantirshning ikkinchi bosqichi 1994 yil 1 yanvaridan boshlanib, 1998 yil 31 dekabrgaa davom etadi. U a’zo davlatlarning evro kiritishiga yanada puxta tayyorgarlik ko’rishiga mo’ljallangan edi. Uning asosiy tashkiliy voqeasi bo’lib Evropa Markaziy Bankining avvvalgisi sifatida Evropa Valyuta instituti tuzilmasi bo’ldi. Uning asosiy vazifasi evro kiritilishining 3-bosqichidan boshlab Evropa Markaziy Banki o’z funktsiyalarini bajara olishi uchun zarur bo’lgan kerakli huquqiy, tashkiliy, moddiy-texnik shart-sharoitni shakllantirish edi. U shuningdek, Evropa Ittifoqiga a’zo davlatlarining milliy pul siyosatlari muvofiqligi kuchayishi uchun mas’ul va milliy davlatlar Milliy banklariga shu doirada tavsiyalar bera olar edi. Bu bosqichdagi boshqa asosiy voqealar quyidagilardir: -Evropa Ittifoqiga a’zo davlatlar ichida davlat sektoridagi korxona va tashkilotlarni Markaziy banklar tomonidan kreditlash orqali moliyalash va Markaziy banklar davlat qarzlarini sotib olishini taqiqlovchi qonunchilikning qabul etilishi. Bu taqiq 3-bosqichda EMBga ham tarqatildi; -Davlat sektori korxonalarining moliyaviy institutlar mablag’iga imtiyozli foydalanishini taqiqlovchi qonun qabul etilishi. Bu 3-bosqichda EMB ga ham tarqatildi; -Biron a’zo davlatning davlat sektorlari qarzlarini boshqa a’zo davlat va EVI sotib olishi taqiqlandi; -Barcha a’zo davlatlar byudjet defitsitining haddan tashqari oshib ketmasligiga barcha kuchlarni safarbar etishlari qat’iy talab qilindi. Bu EI Kengashi tomonidan nazorat jarayoniga kiritildi va bunaqa defitsit bo’lgan taqdirda sog’lomlashtiruvchi chora-tadbirlar haqida takliflar kiritish belgilandi; -Sharoiti bor davlatlarda milliy Markaziy banklar ustav mustaqilligini ta’minlovchi milliy qonunchilik qabul qilinib, ularning huquqiy maqomini EMB huquqiy maqomi bilan tenglashtirildi. Nihoyat, 1998 yil 2 mayda davlat boshliqlaridan iborat EI Kengashi sessiyasida ko’pchilik ovoz bilan qaysi davlatlar EVI shakllanishining 3-bosqichida evroga o’tishi belgilab berildi. Bu haqdagi qaror EKOFIN tavsiyasiga ko’ra, qabul qilindi. Tavsiya esa Maastrixt shartnomasi va bunga tegishli protokol bilan o’rnatilgan, evroga o’tishda bajarilishi lozim bo’lgan davlat moliyasini barqarorlashtirish bo’yicha "o’tish" mezonlariga asoslangandi. Bu mavzuda EvroParlament bilan konsultatsiyalar o’tkazildi va tegishli xulosalar EI Kengashiga yuborildi. 3-bosqichdan evroga o’ta olmaydigan davlatlar ayrim shartlarni vaqtincha bajarmaslik huquqini oldi (riins). Download 114.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling