G'arbiy Yevropa davlatlari geografiya Reja: Evropa ittifoqi davlatlari: siyosiy geografik o’rni, tarixiy shakllanish xususiyatlari. Evropadagi siyosiy vaziyatning hozirgi davrda tubdan o’zgarganligi
Uchinchi bosqich va yagona valyutaga o’tish tartibi
Download 114.5 Kb.
|
G\'arbiy Yevropa davlatlari geografiya
Uchinchi bosqich va yagona valyutaga o’tish tartibi. Uchinchi bosqich 1999 yil 1 yanvardan boshlab, evroni milliy valyutalarga nisbatan qat’iy almashuv kurslari o’rnatildi, Evro esa unga o’tgan davlatlarning umumiy valyutasi bo’lib qoldi. Evropa Markaziy banklari tizimi bu borada ish boshladi, EMV esa a’zo davlatlar uchun pul siyosatini olib borishda evrodan foydalana boshladi.
2002 yil 1 yanvardan Evro banknotlari va tangalarini muomalaga chiqarish va milliy valyutalarni muomaladan chiqarish jarayoni boshlandi. 2002 yil 1 iyuligacha davom ettirilgan bu bosqich evroni yagona qonuniy to’lov va muomala vositasiga aylantirdi. To’rtinchidan, "Evro hududi"da qatnashish uchun "konvergentsiya mezonlari" EI doirasida iqtisodiy va Valyuta Ittifoqi samarali faoliyat olib borishi uchun a’zo davlatlar barqaror konvergentsiyaning yuqori darajasiga erishishlari talab etiladi. Shu maqsadda yagona valyutaga o’tishdan manfaatdor davlatlardan Maaastrixt shartnomasida va 6-Protokolda ko’zda tutilgan barcha "konvergentsiya mezonlariga" rioya qilish talab etiladi. Bu mezonlar quyidagilardir: -baholar barqarorligining yuqori darajasiga erishish; -hukumatning barqaror moliyaviy holati; -kurs tebranishining o’rnatilgan me’yorlariga rioya etish; -"yaqinlashish" dinamikasi. G’arbiy Evropada integratsion jarayonlar samaradorligini quyidagi omillar ta’minlaydi: o’xshash ijtimoiy tarkiblar iqtisodiyotning yuksak taraqqiy etgani, barqaror qonunchilik bazasi. Umumiy holda EI tarixi xronologiyasi quyidagicha: -1951 yil-Evropada ko’mir va po’lat ishlab chiqarish birlashmasini (EKPB) tuzish bo’yicha Parij shartnomasi imzolandi; -1957 yil-Evropa iqtisodiy ittifoqi (EII) va atom energiyasi bo’yicha (Evroatom) ni tuzish bo’yicha Rim shartnomasi imzolandi; -1965 yil-uchta evropa hamkorligi bo’yicha (EKPB, EII, Evroatom) yagona sovet (maslahat) va yagona Komissiya tuzildi, 1 iyul 1967 yil kuchga kirdi; -1973 yil-Evropa iqtisodiy ittifoqining (EII) dastlabki birinchi kengayishi boshlandi-Daniya, Irlandiya, Buyukbritaniya a’zo bo’ldi; -1978 Evropa valyuta tizimi shaklandi; -1979 Evropa parlamentiga birinchi umum Evropa saylovi bo’ldi; -1981 yil EII ikkinchi kengayishi bo’ldi (Gretsiya qo’shildi); -1985 yil Shengen kelishuvini imzolanishi; -1986 yil EII uchunchi kengayishi (Ispaniya, Portugaliya qo’shildi); -1992 yil Maastirixt shartnomasi kelishuvi bo’ldi, unda EII asosida EI shakllantish, 1 noyabr 1993 yil kuchga kirdi; -1995 yil-EI to’rtinchi kengayishi bo’ldi (Avstiriya, Finlyandiya, Shvetsiya qo’shildi); -1999 yil yagona evropa valyutasi kuchga kirdi; -2004 yil EI beshinchi kengayishi bo’ldi (Chexiya, Vengriya, Polsha, Slovakiya, Sloveniya, Estoniya, Latviya, Litva, Kipr, Malta); -2007 yil EI beshinchi kengayishning ikkinchi to’lqini bo’ldi (Bolgariya va Ruminiya qo’shildi); 2013 yil EI oltinchi kengayishi bo’ldi (Xorvatiya qo’shildi). 2016-yil Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan referendum natijalariga ko‘ra ushbu davlat Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqib ketdi. Uning mazkur tashkilotdan to‘liq ajralib chiqishi 2017-yil yozida yuz berdi (29 mart 2017 yil, soat 14:20 da). Ichki chegaralarga ega bo‘lmagan yagona iqtisodiy makonni yaratish, ushbu hududda ijtimoiy va iqtisodiy aloqalami kuchaytirish, ishlab chiqarish xarajatlarini tenglashtirish maqsadida muomala uchun yagona valyutani joriy etish Yevropa Ittifoqining asosiy maqsadi hisoblandi. Hozirgi kunda 6 ta davlat nomzod (kandidat) sifatida mavjud: Albaniya, Makedoniya, Serbiya, Turkiya, Chernogoriya, Bosniya va Gertsegovina. Uchta davlat Lixtenshteyn, Norvegiya, Shveytsariya EI a’zolikni xoxlashmadi, ammo EI iqtisodiyotida ishtirok etishmoqda. Evropaning mitti davlatlari Andorra, Vatikan, Monako, San-Marino Evrodan foydalanishgan holda, turli xil kooperatsion kelishuvlarga ega. 2013 yil EI 44 % aholisi kelajakda Evropa davlatlari federatsiyasini shakllantirishni qo’llab-quvvatladi, 35 % qarshi chiqadi. 23 iyun 2016 yilgi B.Britaniyani EI azoliga qabul qilinish bo’yicha referendum bo’ldi, unda 51,9 % qatnashuvchilar qarshi ovoz berdi. Itifoq yirik eksport va import qiluvchi, shu bilan birga raqobatchi, jumladan Xitoy va Hindiston kabi. Dunyoning 500 yirik kompaniyalarining 161 dan ortiq bosh ofislari EI joylashgan. 2010 yil ishsizlik darajasi 9,7 % tashkil qilgan. Aholi jon boshiga daromad davlatlar o’rtasida 7 dan 78 ming dollargacha farqlanadi. Islandiya, Lixtenshteyn, Norvegiya, Shveytsariya umumiy bozorga kiradi, ammo bojxona ittifoqiga kirmaydi. EI energetik siyosati o’ziga xos. Jami iste’mol qilinadigan energiyani, 47,7 % o’zida ishlab chiqaradi, 52,3 % import qiladi. 47,7 % (100% deb olsak) dan-28,4 % yadro energiyasiga, 20,4 % tosh va qo’ng’ir ko’mirga, 18,8 % tabiiy gazga, 18,3 % qayta tiklanadigan energiyaga, 12,8 % neftga, 1,3 5 boshqa energiyaga to’g’ri kelgan. 52,3 % (100 % deb olsak) dan-57,8 % neft va neft mahsulotlariga, 28,4 tabiiy gazga, 11,8 % ko’mirga, 2 % boshqa energiyaga to’g’ri kelgan. Qishloq xo’jaligi siyosatining asosiy mazmuni-qishloq xo’jaligi samaradorligini oshirish, mahsulot ta’minotini yaxshilash, qishloq xo’jaligi bilan shug’illanadigan aholini sharoitini yaxshilash, bozorni barqarorlashtirish, mahsulotlar bahosini me’yorlashtirish. 1970-1980 yillar qishloq xo’jaligi uchun ittifoqni 2G’3 qism byudjeti yo’naltirilgan, 2007-2013 yillar xarajat 34 % gacha qisqardi. Aholini rasmiy tili-ingliz, nemets, frantsuz. Shu bilan birga rasmiy-tengma-teng ravishda ingliz, bolgar, venger, grek, dat, irland, ispan, italyan, latish, litov, malta, nemets, niderland, polyak, portugal, rumin, slovak, sloven, fin, frantsuz, xorvat, sex, shved, eston tillari ham ishlatiladi. Rasmiy so’rovnomaga ko’ra EI 18 % aholisi xudoga ishonmaydi, 27 % xudo borligiga ishonadi, 52 % (shaxsan) xudoga ishonadi. Download 114.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling