Geodeziya, kartografiya, geografiya


III BOB. GEODEZIYANING XALQ XO’JALIGIDAGI AHAMIYATI


Download 0.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/29
Sana06.11.2021
Hajmi0.92 Mb.
#171369
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29
Bog'liq
Kurs loyihasi uchun uslubiy qo`llanma

III BOB. GEODEZIYANING XALQ XO’JALIGIDAGI AHAMIYATI 

 

3.1. Geodeziyaning xalq xo’jaligidagi ahamiyati 

Yerning  shakli va kattaligini aniqlash, yer yuzining topografik karta, plan va 

profillarini  tuzish  ilmiy  jihatdagina  emas,  balki  amaliy  jihatdan  ham  muhim 

ahamiyatga ega. 

Yerning shakli va kattaligi to’g’risidagi ma’lumotla yer yuzida turli geometrik 

masalalarni  yechish,  yer  yuzini  globus  va  geografik  kartalarda  tasvirlash,  yerning 

suniy  yo’ldoshlari  kosmik  kemalar  va  raketalarni  uchurish,  aviatsiya,  dengiz  va 

okeanlarda kemalarni boshqarish, shuningdek radioaloqalar va televedeniya uchun 

kerak. 

Topografik  karta  va  plan  territoriyani  o’rganish,  o’lchashtirish  bilan  bog’liq 

bo’lgan barcha ilmiy tekshirish va xo’jalik ishlarida muhim o’rin tutadi.Topografik 

karta  unda  tasvirlangan  territoriyaga  bormasdan  bu  territoroya  bilan  tanishish  va 

uni  o’rganish,  undagi  geografik  obyektlarni  soni  va  sifatini,  joylanishi,  o’zaro 

aloqasi,  bir  biriga  bog’liqligini  hamda  tarqalish  qonuniyatlarini  bilib  olish 

imkoniyatini  beradi.  Bu  topografik  kartaning  muhim  hususiyatlaridan  biri 

hisoblanadi 

Geologlar  topografik  karta  va  aerofotosyomka  materiallaridan  foydalanib 

territoriyani  geologik  jihatdan  o’rganish  va  geologik    kartalar  tuzish  bilan  birga, 

turli  foydali  qazilmalarni  qidirib  topish,  ularning  zaxiralarini  aniqlash,  hilma-hil 

rangli  metallar,  neft  va  gaz,  qurilish  materiallari  hamda  boshqa  konlarni 

o’zashtirish tadbirlarini ishlab chiqdilar. 

Gidroresurslarni  o’rganishda,  gidrotexnika  inshootlarini  qurishda  topografik 

karta va aerofotosyomka materilallari muhim ro’l o’ynaydi.Volga, Dnepr, Angara, 

Sirdaryo,  Amudaryo  va  shu  kabi  boshqa  daryolarda  yirik  gidrotexnika  inshootlari 

qurish  ishini  topografik  kartasiz  va  aniq  geodezik  o’lchashlarsiz  amalga  oshirib 

bo’lmaydi. To’g’on, gidroelektr stansiya quriladigan kanallar o’tkaziladigan joylar 

topografik  kartalar  yordamida  o’rganiladi  va  aniqlanadi.  Bunday  inshootlarni 

loyihalash,  loyihalarni  joyga  ko’chirish  va  inshootni  bevosita  qurishdagina  emas 

hatto  qurilib  bo’lgan  inshootlarning  loyihaga  muvofiqligini  tekshirishda  ham 

geodezik  ishlar  bajariladi.  Foydalanilayotgan  inshootda  ro’y  berayotgan 

deformatsiyalarni aniqlashda esa geodezik o’lchash metodlari qo’llaniladi. 

Geodezik  ishlar  sanoat  va  uy-joy    qurilishi,  yo’l  qurilishida  ham  muhim 

ahamiyatga ega. Har qanday bino, uy va yo’l qurilishining samaradorligi, qurilish 

narxi,  ulardan  foydalanish  iqtisodiy  ko’rsatkichlari  asosan  geodezik  ishlarning 

qanchalik  aniq  bajarilganligiga  va  geodezik  ma’lumotlardan  qanchalik  to’g’ri 

foydalanilganligiga bog’liq. 




41 

 

 



3.1.1-rasm.Joyda o’lchash ishini bajarish. 

Yangi  shahar  va  qishloqlarni  barpo  etish,  aholi  yashaydigan  punktlarni 

planlashtirish,  ularni  obodonlashtirish  va  qayta  qurish  loyihlarini  tuzish  kabi 

muhim  masalalarni  geodezik  ishlarsiz  va  topografik  kartalarsiz  amalga  oshirib 

bo’lmasligi turgan gap. 

Geodezik  o’lchash ishlari topografik kartalar  va  aerofotosyomka materiallari 

mamalikatimiz mudafa qobiliyatini oshirish vositalaridan biridir. Topografik karta 

va  aerosuratlardan  taktik,  strategik  masalalarni  hal  qilishda  hamda  boshqa  harbiy 

ishlarda keng foydalanadi. 

Umuman  geodeziya  mamlakatimiz  xalq  xo’jaligining  barcha  tarmoqlarini 

rivojlantirishda va mudofa qobiliyatini oshirishda juda muhim ahamiyatga ega.  

Geodeziyani  rivojlanishida  O`rta  Osiyo  olimlari,  shular  qatorida  Beruniy, 

Ahmad  Farg’oniy,  al-Xorazmiy      ham  o`z  xissasini  qo`shgan.  Mustaqil 

O`zbekistonda  ham  hozirgi  kunda  “Yergeodezkadastr”davlat  qo`mitasi  va  uning 

korxonalari tomonidan turli xil geodezik ishlar amalga oshirilmoqda. 


Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling