Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish


Ekologik tizim (ekotizim)


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/74
Sana18.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1783414
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74
Bog'liq
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish

Ekologik tizim (ekotizim) 
– ekologik xavfsizlikni ta’minlash 
maqsadida o‘ziga xos ravishda modda va energiya almashinuvi 
kechadigan organizmlarning yashash muhiti bo‘yicha qismlarga 
ajratilgan va ierarxik joylashtirilgan makon.
Ekologik inqiroz ekotizimlarda modda va energiya almashu-
vining tubdan buzilishi natijasida tabiiy va ijtimoiy muhitning 
falokatli holati.
Ekologik xavfsizlik  – ekotizimlarni organizmlarning hayotiy za-
rur ehtiyojlariga javob bera oladigan darajasi.
Geografik tizim (geotizim) – jamiyat va tabiat munosabatlarini 
optimallashtirish maqsadida o‘ziga xos ravishda jamiyat va tabiat 
munosabatlari kechadigan va ierarxik joylashtirilgan muhit qismlari.
Jamiyat – insonlarning ma’lum bir hududda tarixan qaror 
topgan guruhi yoki uyushmasi.
Jamiyatning tabiatga nisbatan munosabat shakli – muayyan 
davrdagi kishilarning atrof tabiiy muhitga uzviy bog‘langan hayot 
tarzi.
Jamiyatning tabiatga nisbatan oddiy munosabat shakli – ekologik 
tizimni buzmaydigan kishilarning soddalashtirilgan hayot tarzi.
Jamiyatning tabiatga nisbatan oddiy-iqtisodiy munosabat 
shakli – ekologik tizimlarning kam va kichik hududlarda buzilishiga 
olib keladigan kishilarning hayot tarzi.
Jamiyatning tabiatga nisbatan iqtisodiy munosabat shakli 
– 
iqtisodiy madaniylashgan kishilarning o‘z moddiy va ma’naviy 
ehtiyojlarini qondirish uchungina, atrof tabiatni iste’molchilik 
psixologiyasi pozitsiyasidan turib foydalanishi natijasida, atrof tabiiy 


115
muhitning ifloslanishi, tabiiy resurs 
larning kamayishi va tabiiy 
tizimlarining o‘zgarishiga olib kelgan hayot tarzi.
Jamiyatning tabiatga nisbatan iqtisodiy-ekologik munosabat 
shakli 
– 
mavjud ekologik tizimlarni saqlab qolish darajasidagi 
kishilarning hayot tarzi.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling