Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish
Download 1.08 Mb. Pdf ko'rish
|
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taqrizchilar: Sanginov S.
- UO‘K 574 KBK 20.1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI A. Nigmatov, J. Musayev GEOEKOLOGIYA ASOSLARI VA TABIATDAN FOYDALANISH Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma TOSHKENT «NISO POLIGRAF» 2017 UO‘K 574 KBK 20.1 G 35 Taqrizchilar: Sanginov S. – O‘zbekiston ekologik harakati Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari, f.f.d., professor. Daulatov E. – Toshkent gidrometeorologiya kasb-hunar kolleji direktori. Ilxamdjanova D. – Toshkent gidrometeorologiya kasb-hunar kolleji maxsus fan o‘qituvchisi. Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun o‘quv qo‘llanma/ A. Nig matov, J. Musayev. – T.: «Niso Poligraf», 2017. – 120 b. Mazkur o‘quv qo‘llanma o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida «Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi» mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan. Garchi geoekologik ta’limning tarixi O‘zbekistonda uch o‘nyillikni qamrab olsa-da, mazkur o‘quv qo‘llanma mamlakatimizda ilk bor tegishli yo‘nalishga oid o‘quv adabiyoti sifatida chop etildi. O‘quv qo‘llanmadan ekologiya, geoekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha qiziquvchi pedagoglar, talabalar, tadqiqotchilar va boshqalar ham foydalanishlari mumkin. UO‘K 574 KBK 20.1 O‘rta maxsus, kasb-hunar markazi ilmiy-metodik Kengashi tomonidan nashrga tavsiya etilgan. ISBN 978-9943-4870-1-7 © Nigmatov A., Musayev J., 2017. © «Niso Poligraf» nashriyoti, 2017. 3 KIRISH Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab O‘zbekistonda atrof-muhit muhofazasi, ekologik fan, ta’lim, tarbiya va madaniyatga juda katta e’tibor berildi. Zero, sobiq Ittifoq mamlakatlari ichida birinchi bo‘lib qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 128 ta moddasidan 5 tasi (50, 54, 55, 93, 100) bevosita, qolgan 123 tasi va muqaddimasi bilvosita tarzda ekologik munosabatlarni huquqiy tartibga solishga qaratildi. Mustaqillik Konstitutsiyasi bilan bir paytda, ya’ni 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunining 4-moddasida aks ettirilgan milliy ekologik prinsiplarning ikkinchi xatboshisida “...barcha turdagi ta’lim muassasalarida ekologiya o‘quvining majburiyligi” aks ettirilgan. Chunki XX asrning oxiri va XXI asrning boshiga kelib kishilik jamiyatining atrof tabiiy muhitga ta’siri har doimgidan ko‘ra bir necha chandon ortib ketdi. Orol va Orol bo‘yi, Chernobil va Fukisimo AES, Chad va Balxash kabi ekologik inqirozli hududlarning paydo bo‘lishi, biologik xilma-xillikning kamayishi, iqlimning keskin o‘zgarishi, tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlarning ko‘payishi organizmlar, jumladan, insonlarning yashash muhitiga o‘z salbiy ta’sirini o‘tkaza boshladi. Globallashuv jarayonining kuchayishi esa ushbu salbiy holatlardan hech bir davlat, jumladan, O‘zbekiston ham chetda tura olmasligini ko‘rsatmoqda. Xalqaro hamjamiyatning faol va mustaqil ishtirokchisiga aylangan respublikamizda barqaror rivojlanishga erishishning yagona yo‘li ekologik xavfsiz, iqtisodiy ta’minlangan, ijtimoiy muhofazalangan va barqaror birlashgan hayot tarzini shakllan- 4 tirishdir. Undan tashqari, tabiatda jadal sur’atda kechayotgan voqea va hodisalar ma’muriy chegaraga bo‘ysunmay qo‘ydi. Shuning uchun ham ekologik xavfsizlikni ta’minlash va tabi- at resurslaridan oqilona foydalanish tuman, viloyat va respub- lika bo‘yicha emas, balki muayyan tabiiy geotizimlar doirasida olib borish kerakligini ko‘rsatmoqda. Mazkur muammoning yechimi geografik ekologiya, ya’ni geoekologik tadqiqotlarning maqsadi va vazifasiga mos tushadi. Chunki mazkur fan aniq bir geotizimlarga inson faoliyatining ta’siri natijasida tabiatda yuzaga kelayotgan o‘zgarishlarni o‘rganadi va tegishli chora- tadbirlarni ishlab chiqadi. Buning asl mohiyati ona tabiatni muhofaza qilish, uning resurslaridan oqilona foydalanish va buzilgan tabiat majmualarini qayta tiklashga qaratilgandir. 2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlanti- rishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining 5.1-bandi, 4-xatboshida “Atrof tabiiy muhit, aholi salomatligi va genofondiga ziyon yetkazadigan ekologik muammolarni oldini olish” masalasi davlat siyosati darajasiga olib chiqilgan. Mazkur maqsadga erishmoq uchun butun dunyo hamjamiyati tomonidan umume’tirof etilgan barqaror rivojlanishning geoekologik jihatlariga doir ta’lim va tarbiya tizimini yanada takomillashtirish va geoekologik bilimlarni keng targ‘ib qilish vazifalari o‘ta dolzarbdir. Geoekologik ta’lim o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizim- dagi o‘quvchilarni hayotga, jumladan mehnatga tayyor lashning tizimlashgan, muddatli, rasmiy, tegishli geoekologik bilim, ko‘nikma va malaka berish hamda muayyan kompetentlik da- rajasiga olib chiqish vositasi. Geoekologik tarbiya kichik kasb egasini yuksak ekologik ma’naviyatli shaxs etib tayyorlashning uzluksiz jarayoni. Geoekologik ta’lim va tarbiya esa ekologik madaniyatli shaxsni tayyorlashning bir yo‘lidir. Chunki zamonamizda yuksak geoekologik ma’naviyatli (mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion jihatdan shakllangan) va ma’rifatli (il- miy va ijodiy ustuvorlik ruhida tarbiyalangan) shaxsgina amal- da ekologik xavfsizlikni ta’minlashga hissa qo‘sha oladi. 5 Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling