Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/74
Sana18.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1783414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Bog'liq
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish

Tizim
  – muayyan bir maqsadda holat, jarayon, hodisa, voqea va 
narsalarni qismlarga ajratish va ularning ierarxik (qat’iy vertikal 
ketma-ketlikda joylashuv) pog‘onasi.
Fanda yozilmagan, lekin umume’tirof etilgan bir qoi-
da bor
– agar biron-bir fan sohasi muayyan atama, termin 
yoki iborani birinchi bo‘lib o‘z tadqiqotlarida yoki ta’limida 
qo‘llagan bo‘lsa, unda mazkur atama aynan shu fanga te-
gishli, deya e’tirof qilinadi. Masalan, «Eroziyashunoslik» fani 
va o‘quv predmeti ilk bor tuproqshunos-geograflar tomonidan 
tuproq eroziyasini aks ettirishda qo‘llanilgan (M.N. Zaslavs-
kiy, 1983). «Eroziya» so‘zi tibbiyotda ham, publitsistikada ham 
juda ko‘p qo‘llaniladi. Lekin ushbu erozion jarayonlarni tibbi-
yot xodimlari «Tibbiyot eroziyasi», jurnalistlar esa «Publitsistik 
eroziya» deb ataydilar, lekin «Eroziyashunoslik» deb nomla-
maganlar. Chunki bir xil atama ikki va undan ortiq ma’noga 
ega bo‘lishi fanda va ayniqsa, ta’limda juda katta chalkash-
liklarga olib keladi va aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan «aybli ha-
rakat» hisoblanadi.
Shunday qilib «Geoekologiya» atamasi «Geografiya» va 
«Ekologiya» atamalarining yig‘indisidan hosil bo‘lgan so‘zlar 
birikmasi. Zamonaviy Geografiya
  – Yer sayyorasining geografik 
qobiq

(geosfera) doirasida ajratiladigan geotizimlarda tabiat va 

Шубаев Л.П. Умумий ер билими. – Т.: «Ўқитувчи», 1975. –338 б.; Голуб­
чик. М.М., Евдокимов С.П. География. – М.: «Аспект пресс», 2003. –304 с.; 
Vahobov H. va b. Umumiy Yer bilimi. – T.: «Bilim» nashriyoti, 2005. –256 b.


9
jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik qonun va qonuniyatlari-
ning hududiylik, majmualilik (komplekslik) va davriylik xususi-
yatlarini tadqiq qiluvchi fan sohasi, unga doir bilim, ko‘nikma va 
malaka
– kompetensiyalarni beruvchi ta’lim yo‘nalishi va ushbu 
munosabatlarni optimallashtiruvchi amaliyot tarmog‘i. Ekologiya 
esa Yer planetasining ekologik qobiq (ekosfera) doirasida or-
ganizmlar o‘zaro va ularni o‘rab turuvchi tabiat unsurlari 
o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik qonun va qonuniyatlarini tad-
qiq qiluvchi fan sohasi, unga doir bilim, ko‘nikma va mala-
ka
– kompetensiyalarni beruvchi ta’lim yo‘nalishi va ushbu 
munosabatlarni optimallashtiruvchi amaliyot tarmog‘idir.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling