Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/74
Sana18.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1783414
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   74
Bog'liq
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish

Geoekologiyaning obyekti. U haqda biz yuqorida to‘xtalib 
o‘tdik, lekin qo‘shimcha tariqasida shuni ta’kidlash joizki, 
geosfera to‘liq gidrosfera, litosferaning ustki, atmosferaning 
pastki qatlamlarini o‘z ichiga qamrab oladi, ya’ni Yer yuzasiga 
bevosita ta’sir etuvchi endogen va ekzogen jarayonlar yuzaga 
keladigan hamda organizmlarning nisbatan faol harakati sodir 
etiladigan qobig‘idir. Ushbu faol geografik qobiq «eng katta 
geotizim» yoki «megogeotizim», qolganlari esa turli taksonomik 
birlikdagi geomajmua, to‘g‘rirog‘i geotizim deyish mumkin.
Fan obyekti
– kishilik jamiyatini ilmiy bilish faoliyati qaratilgan 
obyektiv borliq.


13
Shunday qilib, geoekologik izlanishlar hech qachon ush-
bu geosfera doirasidan chiqib ketmasligi lozim. Aks holda u 
boshqa fanlarga tegishli bo‘lib qoladi. Lekin geografik qobiq 
muayyan joyda qanday qalinlikka ega bo‘ladi, degan savolning 
o‘zi hanuzgacha jumboq hisoblanadi. Bu muammo olimlar-
ning alohida bir tadqiqot va munozara obyektidir.
Fan obyekti kishilarning ongidan mustaqil hosil bo‘lgan 
obyektiv reallik. Geotizimlar esa, u qanday ko‘rinishda va 
chegarada ifodalanmasin, baribir, kishilar ongining mahsuli 
emas. Shuning uchun ham geoekologik obyektni uning pred-
meti bilan almashtirish yoki ularni bir ma’noda talqin qilish 
yoinki unga boshqacha tushuncha berish
5
hech qanday falsafiy 
asosga to‘g‘ri kelmaydi.
Barcha fanlar tizimida bo‘lgani kabi «Geografiya»da ham 
geografik fanlarning yagona obyekti bor, u ham bo‘lsa geo-
grafik qobiqdir. Ushbu obyekt barcha geografik fanlarga, jum-
ladan, geoekologiyaga ham taalluqli. Geografik fanlar tizimi-
ga kiruvchi barcha fanlar aynan geografik qobiq doirasida o‘z 
tadqiqotlarini olib borishi lozim. Aks holda ular geografik fan-
lar tizimiga kirmay qoladi. Geografiyaning bir butunligi (jips-
lashuvi) ham aynan shu falsafiy mezon bilan o‘lchanadi. Bu bi-
lan biz geografik fanlar tizimida turuvchi mustaqil geografik 
fanning o‘z obyekti yo‘qoldi va hamma geografik fanlar yagona 
obyektga ega ekan degan ma’noni anglamasligimiz lozim.
Masalan, Landshaftshunoslik obyekti
– Yer yuzasi quruqlik 
qismining landshaftlari, lekin suv yuzasi emas. Landshaft qo-
biq esa geografik qobiqning bir bo‘lagi. Uni muayyan bir qa-
linlikda berish mantiqan to‘g‘ri emas. Chunki «land»
– «yer» 
(kichkina harfda), «shaft»
– «manzara». Yer yuzasi quruqlik 
qismining manzarasi degan ma’noni anglatadi. Manzarani 
yoritishda qalinlik yoki qobiq usti va osti chegaralarining ajra-
tilishi mantiqan to‘g‘ri bo‘lmaydi. Buyuk ingliz sayohatchisi 

Зокиров Ш.С. Кичик ҳудудлар табиий географияси. – Т.: «Универ си тет», 
1999. – 4–12-б.


14
J.Kuk aynan dengizda suzib quruqlikni ko‘rganidan so‘nggina 
«New Zealand» deb orolni nomlagan, lekin suvni emas.
Iqtisodiy geografiya ishlab chiqarish kuchlarini turli hudud-
larda rivojlanish va joylanish xususiyatlarini iqtisodiy tizimlar 
doirasida o‘rganuvchi
6
geografik fan tarmog‘i. Lekin iqtisodiy 
tizim aynan geografik qobiq doirasida amal qilishi, uni maz-
kur qobiq chegarasida geotizim bilan bog‘liq ravishda hududiy-
lik, davriylik va komplekslik xususiyatlarini o‘rganishi «Iqti-
sodiy geografiya»ni iqtisodiyot fanlar tizimidan ajratib tura 
oladi. Aks holda u iqtisod bilan «omiqta» bo‘lib ketadi.
Geoekologiyada geotizimlar organizmlarning yashash 
muhiti deb qaraladi. Shuning uchun ham Geoekologiyaning 
obyekti
geotizimlar. Geografik tadqiqotlar aynan ushbu geo-
tizimlar doirasida tadqiq qilinishi maqsadga muvofiq. Ekologik 
tadqiqotlar bilan geoekologik tadqiqotlarning asosiy farqi ham 
ana shunda. Masalan, geoekologik majmualarga ushbu mono-
grafiyaning keltirilgan tabiiy geo grafik rayonlashtirish obyekt-
lari hamda undan ham kichik taksonomik birliklar
– ray-
on, landshaft, joy, urochisha, fatsiya darajasigacha tushila-
di. Lekin fan va texnologiyalarning rivojlanishi geoekologik 
obyekt 
larni fatsiyadan ham kichik tabiiy geografik qismlarga 
bo‘lib o‘rganishni taqozo qilmoqda. Zero, organizmlar na-
faqat o‘simlik va hayvonot dunyosi, insonlarga, balki mik-
roorganizm va nanorganizmlarga (10
–9 
va undan ham kichik 
o‘lchamdagi) ajratilmoqda. Bunga monand ravishda ularning 
yashash muhiti
– «uyi» km, gektar, metr hajmda emas, balki 
juda ham kichiklashib to sm va mm hajmdagi geotizimlar da-
rajasida maydalashib ketishi mumkin.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling