Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/74
Sana18.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1783414
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   74
Bog'liq
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish

Fanda metod
  – ilmiy bilishda qo‘llaniladigan usullar.
Geoekologik metodlarga geotizimlarda kechayotgan hodi-
sa va jarayonlarni muayyan bir hududga bog‘lagan va unga 
geografik jihatdan yondashgan tarzda ifoda etishimiz kerak. 
Bunday yondashuv sof ekologik metodlardagi umumiy maj muali 
yondashuvdan farq qiladi. Chunki u geologik metodlar aynan 
hududiyligi, davriyligi, majmualiligi bilan ajra lib turadi. Masalan:
 
– masofaviy hududiy geotizimlarni kuzatish (tabiat majmualarini 
geoaxborot tizimi
– GAT orqali tadqiq qilish va nazoratlash) metodi;
 
– tabiiy geotizimlar bo‘yicha yarim statsionar va statsionar 
tajriba (eksperiment) o‘tkazish metodi;


18
 
– geotizimlarda kechayotgan ekzogen va endogen jarayonlar-
ni yoki undagi boshqa dinamik hodisalarni kompyuter texnologi-
yalaridan foydalangan holda o‘rganish metodi;
 
– geografik komplekslarni sun’iy ravishda yaratish metodi;
 
– geoekologik matematik modellashtirish metodi va h.k.
So‘nggi yillarda geoekologik izlanishlarni olib borishda 
kichik kosma (mikrokosma), ya’ni tabiiy geografik komplek-
slarni sun’iy ravishda yaratish orqali tajriba o‘tkazish metodi-
dan keng foydalanilmoqda. Inson tomonidan yaratilayot-
gan sun’iy «Bios-6» (Rossiya Federatsiyasi) va «Biosfera-2» 
(AQSH) rusumli kameralardan olingan ma’lumotlar juda 
qiziqarli xulosalarga olib kelmoqda.
Zamonaviy geoekologik metodlardan yana biri
geoekologik 
modellashtirishdir. Model
– organizmlar va atrof tabiiy muhit 
o‘zgarishlarini matematik tarzda son hamda belgilar tarzda 
ifoda etish demakdir. Ushbu matematik imitatsion metod 
juda katta jarayonlarni kichik muddatda kompyuter axborot 
texnologiyalarni qo‘llash orqali sinab ko‘rish imkoniyatini 
beradi. Geotizimzlardagi hodisa, voqea va jarayonlarni son 
va belgilarda baholashning o‘nlab metodlari (neyron shoxob-
chalari yoki ko‘p omilli nazariy apparat dasturlari) geoekologik 
monitoringni olib borish va uning istiqbolli geoekologik 
dasturlarini yaratishga xizmat qilmoqda.
Umuman olganda, ilmda alohida tadqiqot predmeti sifatida 
yangi geoekologik metodlarni ishlab chiqish, ta’limda esa uni 
yangi pedagogik metodlar bilan qurollantirish shu kunning 
dolzarb masalalaridandir.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling