Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish


cha global rivojlanish dasturi»


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/74
Sana18.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1783414
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   74
Bog'liq
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish

cha global rivojlanish dasturi» qabul qilindi. O‘z ichiga 5 ta 
faoliyat yo‘nalishi, 17 ta maqsad, 169 ta vazifalarni qamrab 
olgan universal ko‘rinishdagi barqaror rivojlanish qoidalarini 
qamrab oldi
7
. Uning 4-maqsadi «Umumqamrovli, sifatli va ado-
latli ta’limni barcha uchun butun hayoti davomida olib borishni 
rag‘batlantiruvchi o‘qitish»ni yo‘lga qo‘yishni ko‘rsatdi.
Barqaror rivojlanish
kelajak avlodni «risqiga huruj qilmagan» 
tarzda hozirgi zamon kishisining ekologik xavfsiz, iqtisodiy 
ta’minlangan, ijtimoiy muhofazalangan va barqaror birlashgan 
munosib hayot tarzini ta’minlovchi jarayon.
Barqaror rivojlanish konsepsiyasida uning geoekologik ji-
hatlariga, ya’ni rivojlanishning hududiylik, davriylik, tizim-
lilik va majmualilik jihatlari hozirgi kunda yaqqol namoyon 
bo‘lmoqda.
Barqaror rivojlanish g‘oyasining hududiyligi. Barqaror 
rivoj 
lanish konsepsiyasining maqsadi yagona, ya’ni tabiat 
boyliklariga nisbatan bugungi kun ehtiyojlarini qondirish 
kelajak avlod hisobidan bo‘lib qolmasligi kerak, degan g‘oya 
hamma xalqaro huquq subyektlari uchun bir. Lekin unga eri-
shish yo‘llari, ya’ni vazifalari turlicha bo‘lishi muqarrar. Zero, 
bu maqsadga yaqin turgan Shvetsariya, Kanada, Norvegiya, 
Yangi Zelandiya kabi mamlakatlar bor. Ularda «XXI asr kun 
tartibi»da ko‘rsatilgan barqaror rivojlanish mazmunidagi
– chet 
mamlakatlar, ayniqsa qo‘shni davlatlar bilan uzviy hamkorlik 
aloqasini o‘rnatish, qashshoqlikka qarshi kurash, atrof-muhitni 
muhofaza qilish, aholining ekologik ongi va madaniyatini 
shakllantirish, mahalliy aholining ehtiyojlarini inobatga olish 
va fuqarolik jamiyatini kuchaytirish kabi masalalar juda 
dolzarb muammo emas. Aksincha, Somali, Efiopiya, Nepal, 

https://sustainable development.un.org


21
Iroq, Afg‘oniston kabi davlatlarda barqaror rivojlanishni 
ta’minlashda ayollarni keng jamoatchilik ishlariga jalb qilish, 
bolalar huquqlarini ta’minlash, xalqaro mintaqaviy aloqalarni 
yo‘lga qo‘yish masalasi juda dolzarb. Shuning uchun ham 
«Barqaror rivojlanish» g‘oyasining asosiy maqsadlarini saqlab 
qolgan tarzda uning mazmun va mohiyatini real hududiy 
imkoniyat va sharoitga qarab shakllantirish, ya’ni kishilik 
faoliyatining barcha jihatlarini bir me’yorda rivojlantirishga 
min taqa, mamlakat va hattoki, mahalliy miqyosda individual 
yondashish ayni muddaodir.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling