Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish


Barqaror rivojlanishning geoekologik jihatlari


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/74
Sana18.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1783414
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   74
Bog'liq
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish

1.4. Barqaror rivojlanishning geoekologik jihatlari
Barqaror rivojlanish. XVIII asrning ikkinchi yarmidan 
boshlab ilmiy-texnik taraqqiyot keskin ravishda rivojlana bor-
di. Bu esa, o‘z navbatida, Yer sayyorasidagi 70 foizdan ortiq 
geotizimlarning buzilib ketishiga olib keldi. Mutaxassislar-
ning ta’kidlashicha, XX asrning 30–50-yillaridan boshlab Yer 


19
kurrasida qayta tiklanmaydigan jarayonlar boshlanadi va ular 
XXI–XXII asrlar oralig‘ida global geoekologik falokatga olib 
kelishi mumkin. Alohida xavotirli vaziyat Yevropa qit’asida yu-
zaga keladi. Chunki G‘arbiy yevropa o‘zining tabiiy resursla-
rini asosan tamom qildi va o‘zgalarnikidan foydalanishga o‘tdi.
Shuning uchun ham BMT Bosh assambleyasining 1989-
yil dekabr oyidagi 44\428-sonli rezolutsiyasida barqaror riv-
ojlanish strategiyasini ishlab chiqish maqsadida BMTning 
maxsus konferensiyasini chaqirish to‘g‘risida qaror qabul 
qilindi va u alohida mavzu tariqasida kun tartibiga kiritil-
di. Unda Barqaror rivojlanish konsepsiyasi davlatlar va bu-
tun dunyo hamjamiyatining xususiyat, mohiyat va tarkibiy 
jihatdan bir me’yorda (stabil) rivojlantiruvchi qarashlar 
tizimi ekanligi e’tirof etildi. So‘nggi 27 yil ichida mazkur 
mavzuga bag‘ishlangan o‘nlab konferensiya va sammitlar 
o‘tkazildi. Vaqt o‘tgan sari uning mazmuni va mohiyati 
o‘zgarib bordi va qo‘shimchalar kiritildi. 1992-yil Rio-de-
Janeyro konferensiyasidan boshlab atrof-muhitni muhofaza 
qilish faqatgina iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bilan birga-
likda hal etilishi mumkin ekanligiga dunyo hamjamiyati 
iqror bo‘lib bordi.
Barqaror rivojlanish konsepsiyasi
bir me’yorda rivojlangan davl-
atlar va butun dunyo hamjamiyatining xususiyat, mohiyat va tarki-
biy qarashlar tizimi.
«Xelsinki-1975», «Rio-1992», «Yoxannesburg-2002, 2012», 
«Nyu-York-2010, 2015» anjumanlarining barcha hujjatlarida 
aks ettirilgan g‘oya aynan «Barqaror rivojlanish» deb nomlan-
gan. Lekin bu qotib qolgan dogma emas. U zamon va ma-
konga qarab shakllanib hamda takomillashib borishi tabiiy 
hol. 2015-yilning 25–27-sentabr kunlari Nyu-York shahrida 
BMTning 70 yilligiga bag‘ishlanib o‘tkazilgan, 160 ta davlat va 
hukumat rag‘barlarini jamlagan «Barqaror rivojlanish maqsad-


20
lari» mavzusidagi Sammit bo‘lib o‘tdi. BMTga a’zo davlatlar-
ning 193 tasi ma’qullagan «Dunyoni qayta tuzish: 2030-yilga-

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling