Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish


Barqaror rivojlanish g‘oyasining majmuali (kompleksli)ligi


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/74
Sana18.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1783414
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   74
Bog'liq
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish

Barqaror rivojlanish g‘oyasining majmuali (kompleksli)ligi. 
Majmualilik, tizimlilikdan farqli ravishda, barqaror rivojlanish 
tarkibidagi 4 ta qismining o‘zaro tengligi bilan ajralib turadi. 
Inson faoliyatining barcha jihatlarida barqaror rivojlanish 
darajasiga erishgan mamlakatlarda iqtisodiyot 

ijtimoiy 
hayot = ekologiya = barqaror birlashish masalalarining tengligi, 
ajralmasligi va bir butunligi aks etadi. Bunday holatda 
barqaror rivojlanishning barcha masalalari bir paytning 
o‘zida, birini ikkinchisidan ustuvor darajaga qo‘ymagan tarzda 
(ierarxik pog‘onaga joylashtirmasdan) amalga oshiriladi.
Barqaror rivojlanishning hududiyligi, davriyligi, tizimliligi, 
majmualiligidan kelib chiqqan holda barqaror rivojlanish mazmu-
ni yagona, lekin uning mohiyati geoekologik ahamiyat kasb etadi
Har bir mintaqa, mamlakat va hattoki, mahalliy jamoa yuzaga 
kelgan real sharoitni barqaror rivojlanish talablariga nisbatan son 
va sifat jihatdan baholab o‘ziga xos yo‘lni tanlab olishi zarur. 
Uni bir mamlakatdan ikkinchi bir mamlakatga yoki geotizimga 
ko‘chirib olib o‘tish mantiqan to‘g‘ri emas. O‘zbekiston va uning 
geotizimlari ham bundan mustasno emas, albatta.
O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligini qo‘lga 
kiritishda har jihatdan o‘zini oqlagan besh tamoyildan biri 


23
«Islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish, «shok 
terapiyasi»
8
deb atalmish turli usullardan voz kechish»ni 
eslab o‘tish joizdir. Zero, ta’lim sohasi va, ayniqsa, kadr-
lar tayyorlash va qayta tayyorlash ham bu o‘rinda alohida 
ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasining Birin-
chi Prezidenti Islom Karimov aytganidek: «Yangisini qurmas-
dan
– eskisini buzmaslik» kerak.
Biz, o‘zbekistonliklar uchun, barqaror rivojlanish g‘oyasini, 
yuqorida keltirilgan tarixiy tahlildan kelib chiqqan holda, 
«Tabiat-jamiyat uyg‘unligida barqaror rivojlanish» g‘oyasini 
ilgari surmoqdamiz. Unga yarasha tegishli konsepsiya, dastur, 
reja va standartlarni ishlab chiqqanimiz ma’qul. Ta’lim va 
tarbiya ham bundan mustasno etmagan tarzda «Tabiat-jamiyat 
uyg‘unligida barqaror rivojlanish ta’limi» deyish mumkin.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling