Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish
Download 1.08 Mb. Pdf ko'rish
|
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1. Geoekologik baholash zarurati va yo‘llari
Javobgarlik
– huquqbuzarlarga nisbatan noqulay sharoitni yaratish. Yuqorida keltirilgan ekologik boshqaruv tizimining qismlari, albatta, mana shunday ketma-ketlikda va ierarxik pog‘onada joylashgan bo‘ladi. Ularning birisiz ikkinchisini amalga oshirish yoki boshqaruv mexanizmini yuritishning iloji yo‘q. O‘zingiz bir tasavvur qilib ko‘ring, geotizimlarni aniqlamay turib, ularning o‘ziga xos sifat va son ko‘rsatkichlarining holatini ayta olamizmi? Geotizim komponentlari yoki 25 unsurlarining holati qanday darajasi ularning sifati, tarkibi va soni ekologik kadastr uchun indikator bo‘lib xizmat qiladi va h.k. Hech qachon geoeko logik monitoringni geotizimlar komponentlarini baho lamay turib o‘tkazish mumkin emas. Ekologik boshqa ruvning eng asosiy elementlari – geoekologik baholash, nazoratlash, moni toringlash va ekspertizalashga alohida to‘xtalib o‘tamiz. Chunki ularning amaldagi holati qaysi bir mamlakatda yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, ana shu yurtda ekologik boshqaruv mexanizmi harakatda bo‘ladi va unda real ekologik boshqaruv imkoniyati yuzaga keladi. 2.1. Geoekologik baholash zarurati va yo‘llari Geoekologik baholash mazmun va mohiyatiga ko‘ra geografik yoki ekologik baholashdan farq qiladi, albatta. Ushbu farq asosan ularning obyektidadir. Masalan, ekologik baholash ekotizimlar doirasida bo‘lsa geoekologik monitoring muayyan geotizimlar – qit’a, zona, okrug, provinsiya, rayon, landshaft, joy, urochisha, fatsiya yoinki ijtimoiy-iqtisodiy geografik taksonomik birliklar doirasida olib boriladi. Unda asosan yuqorida aytib o‘tilgan geoekologik metodlar ko‘proq qo‘llaniladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki ekologiyada ekotizimlarni, geografiyada geotizimlarni baholash masalasi yetarli darajada olib borilmoqda deb aytish mushkul. Uning ustiga mahalliy, milliy yoki regional geoekologik baholash usullari, natijalari va hattoki uni kadastrlash yo‘llari doimo ham universal ko‘rinishga va natijaga ega emas. Chunki Germaniyada olib borilgan geoekologik baholash natijalari O‘zbekiston sharoitiga mutlaqo to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Amerikada qo‘llanilayotgan GIS dasturlari orqali baholash metodlari Tojikiston yoki Turkmanistonda qo‘llashning iqtisodiy yoki siyosiy nuqtayi nazaridan olib borish imkoniyati bo‘lmasligi ham mumkin. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, taksonimik birlikdagi turli geotizimlar hududiy farqlanadi va regional miqyosda qaytarilmaydi. Geoekologiyaning tadqiqot predmetidan 26 kelib chiqqan holda geoekologik baholashda majmualilik (komplekslilik) prinsipi qo‘llaniladi. Chunki muayyan bir geografik joy tuprog‘ining bonitirovkasi (sifat bahosi) yoki son bahosini tuproqshunoslar o‘zining tadqiqot obyekti sifa- tida baholaydilar, Yer usti suvlarini – gidrologlar, Yer osti suv- larini – gidrogeologlar, o‘simlik dunyosini – botaniklar, hayvo not dunyosini – zoologlar, Yer osti boyliklarini – geologlar, atmo sfera havosini – iqlimshunoslar baholaydilar. Geograflar, jumladan geoekologlar esa uni kompleks – majmuali baholashlari kerak. Mana shunday baholash geoekologiyaning boshqa ekologik yoki geografik fanlardan farqlaydigan ko‘rsatkichlaridan biridir. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling