Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish


Geoekologik nazorat va monitoring


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/74
Sana18.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1783414
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   74
Bog'liq
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish

2.3. Geoekologik nazorat va monitoring
Davlatning ekologik boshqaruvida kadastr qilingan geoti-
zim lar kishilik jamiyatini o‘rnatilgan tartibda foydalanish larini 
tekshirib borish uchun ekologik, jumladan geoekologik nazorat 
olib boriladi.
Geoekologik nazorat
geoekologik munosabat subyektlarining 
faoliyatlarini vakolatlangan davlat organlari, nodavlat notijorat tash-
kilotlari, jamoat birlashmalari va vakolatlangan shaxslar tomonidan 
tekshirib borish va tegishli choralarni amalga oshirish tizimi.
Nazorat
subyektlarni ularga biriktirilgan obyektlar bo‘yicha fao-
liyat larini tekshirish va tegishli oqibatlarni keltirib chiqarish tizimi.
Geoekologik nazorat o‘tkazish ekologik qonun hujjatlarida 
ko‘rsatilgan, xususan 2013-yilning 27-dekabrida qabul qilingan 
O‘zbekiston Respublikasining Ekologik nazorat to‘g‘risidagi 
me’yor va qoidalarning bajarilishini tekshirib borish hamda 
tegishli yuridik oqibatlarni keltirib chiqarish, davlatning 
ekologik xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan dastur, reja va 
loyihalarini ro‘yobga chiqarish kabi vazifalarni bajarish uchun 
olib boriladi (2.3.1-rasm).
Geoekologik nazorat ekologik boshqaruv mexanizmining 
ajralmas bir qismi bo‘lib, u geotizimlarni muhofaza qilish, 
buzilganlarini esa qayta tiklash va tabiiy resurslardan oqilona 
foydalanishni yo‘lga qo‘yishda juda katta ahamiyat kasb etadi. 
Geoekologik nazorat tizimiga:
 
– subyektlarni ularga biriktirilgan obyektlar bo‘yicha faoliyat-
larini kadastr ma’lumotlariga asoslangan holda tekshirib borish;
 
– olingan ma’lumotlarni umumlashtirish hamda tegishli davlat 
organlari va jamoat birlashmalariga topshirish;


37
2.3.1-rasm. Geoekologik nazorat obyektlari,
shakllari, turlari va metodlari.
 
– fuqarolarning ekologik faoliyatlarini baholash;
 
– tegishli xulosalar chiqarish va chora-tadbirlarni belgilash;
 
– yuridik va jismoniy shaxslarning ekologik faoliyatlariga 
litsen ziyalar berish;
 
– noekologik faoliyat yuritayotgan shaxslarning harakat yoki 
harakatsizliklarini ogohlantirish, huquqlarini cheklash, faoliyatla-
rini bekor qilish yoki to‘xtatib turish;


38
 
– tegishli javobgarlikka tortish yoki rag‘batlantirish.
Yuqoridagi fikrimizdan ko‘rinib turibdiki, geoekologik 
nazorat juda keng qamrovli va turlicha yo‘nalishdagi 
faoliyat hisoblanadi. Shuning uchun ham u yagona tizimga 
birlashtiriladi. Geoekologik nazorat xizmatiga: monitoring 
xizmati; davlat inspeksiyalar xizmati; huquqni muhofaza qilish 
davlat organlari xizmati; ichki idoraviy va ishlab chiqarish 
organlar xizmati; jamoat birlashmalari xizmati kiradi.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling