Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/74
Sana18.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1783414
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   74
Bog'liq
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish

2.2. Geoekologik kadastr
Ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda davlatning ekologik 
boshqaruvi aynan geoekologik kadastr, aniqrog‘i, geotizimlar 
kadastrini yuritishdan boshlanadi. Kadastr
– fransuz tilida 
«Cadastre»
– reyestr, ro‘yxat degan ma’noni anglatadi. Odatda, 
ushbu ro‘yxatlash umumiy obyektlar bo‘yicha emas, balki aniq 
bir moddiy, jumladan, tabiiy obyektlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Kadastr
  – aniq bir moddiy obyektlarni reyestrlash yoki ro‘yxatlash.
O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi Dav-
lat kadastrlari to‘g‘risidagi qonunning 3-moddasiga bino-
an ekologiyaga tegishli kadastr davlat kadastrlari yagona 
tizimining tarkibiy qismidan olinadi. Ushbu yagona tizim 
respublika va uning muayyan hududlari tabiiy-iqtisodiy 
salohiyatining yagona umumdavlat hisob-kitobi yuritilishini
baholanishini ta’minlashga mo‘ljallangan ko‘p maqsadli tizimi 
tarzida yaratiladi.


34
Ekologik kadastr
– ekotizimlarning geografik joylashuvi, 
huquqiy maqomi, miqdor, sifat tavsiflari va bahosi to‘g‘risidagi 
yangilanib turiladigan (o‘zgaruvchan) ma’lumotlar va hujjatlar 
tizimi. Ekologiyaga tegishli kadastr obyektlari turli mamlakat-
larda turlicha belgilanadi. Masalan, O‘zbekiston Respublika-
sining «Davlat kadastrlari to‘g‘risida»gi Qonunning 5-moddasi 
ekologiyaga tegishli kadastr obyektlariga 11 ta davlat kadastr-
lash obyektlari kiradi.
Geoekologik kadastr
  – geotizimlarning geografik joylashuvi, 
son va sifat ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi yangilanib turiladigan 
ma’lumotlar va hujjatlar yig‘indisi. Afsuski, amalda respublika-
mizda geoekologik kadastr qo‘llanilmaydi. Lekin jahon 
tajri 
basida uni yuritishda hududni to‘liq qamrab olishlik
fazoviy koordinatlarining yagona tizimini qo‘llash, uslubiyat-
ning umumiyligi, axborotning aniqligi va ommaviyligi 
kabi prinsiplarga asoslaniladi. Mazkur kadastrlarni ijroiya 
hokimiyat, maxsus vakolatlangan davlat va mahalliy davlat 
hokimiyati organlari tomonidan aksariyat hollarda davlat 
budjeti hisobidan amalga oshiriladi. Shuning uchun ham 
ularni nomlashda ko‘pincha «Davlat» so‘zi qo‘shib ishlatiladi.
Geoekologik kadastr obyektlariga geotizimlarni baholash 
yuqorida keltirib o‘tilgan usullarda aniqlanadi va u antropogen 
ta’sir natijasida tabiiy unsurlarning sifat va qiymat jihatlarini o‘z 
ichiga oladi. Geoekologik kadastrni amalda qo‘llash unchalik 
murakkab ish emas, chunki 2000-yil 15-dekabrda qabul qilingan 
«Davlat kadastrlari to‘g‘risida»gi Qonunga binoan O‘zbekistonda 
21 xil kadastr obyektlari bo‘yicha ma’lumotlar yig‘ilib boriladi. 
Qonunning 3-moddasiga binoan ekologiyaga tegishli kadastr-
lar davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismidir. Ushbu 
yagona tizim O‘zbekiston Respublikasi va uning ayrim hudud-
lari tabiiy-iqtisodiy salohiya tining yagona umumdavlat hisob-ki-
tobi yuritilishini, baholanishini ta’minlashga mo‘ljallangan ko‘p 
maqsadli tizim tarzida yaratiladi.


35
«Davlat kadastrlari to‘g‘risida»gi Qonunning 5-moddasi 
ekologik kadastr obyektlari berilgan va ularni geotizimlar 
doirasida olib borish imkoniyati bor. Milliy kadastrning qaysi 
bir obyektlari geoekologik kadastrga mos tushadi, degan o‘rinli 
savol tug‘ilishi mumkin. Unga davlat organlari tomonidan olib 
boriladigan: davlat Yer kadastri; davlat suv kadastri; davlat 
o‘rmon kadastri; davlat o‘simlik dunyosi kadastri; davlat 
hayvonot dunyosi kadastri; hududlar kadastri; tabiiy xavfi 
yuqori bo‘lgan zonalar kadastri; muhofaza etiladigan hududlar 
kadastri; foydali qazilma konlari, belgilar va texnogen hosilalar 
kadastri; ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilarini ko‘mib 
tashlash va utillashtirish joylari kadastri; texnogen xavfi yuqori 
bo‘lgan zonalar kadastri kiradi.
Eng ko‘p qo‘llaniladigan Yer kadastri «Davlat Yer kadast-
ri to‘g‘risida»gi Qonunning 17-moddasiga binoan, Yer 
sifati
– qishloq xo‘jaligi bo‘yicha uni rayonlashtirishni, tuproq 
va yerlarni tasniflashni, ularning agronomik, ekologik, 
texnologik 
va shaharsozlik belgilari bo‘yicha tavsiflashni, 
tuproqlarni guruhlarga ajratishni o‘z ichiga oladi. Yerlarning 
qiymat bahosi 1998-yil 6-avgustda tasdiqlangan «O‘zbekiston 
Respublikasida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning 
sifat, iqtisodiy va qiymat bahosini aniqlashning muvaqqat 
uslubi»ga binoan yerlarning me’yoriy baholari, banklardan 
ipoteka qarzlari berish, xususiy turarjoylar qurish uchun Yer 
ajratib berish, dehqon xo‘jaligiga qo‘shimcha Yer berish va Yer 
solig‘i stavkalarini aniqlash kabi hollarda Yer uchast 
kasining 
dast 
labki (boshlang‘ich) bahosi belgilanadi. Respublikamizda 
boshqa tabiiy obyektlarni kadastrlash bo‘yicha ham nizomlar 
ishlab chiqilgan va amalda tatbiq qilinmoqda.
Geoekologik kadastr obyektlari bo‘yicha hujjatlar
– geotizim 
va uning komponentlariga nisbatan mulk huquqi va boshqa 
huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar, yig‘ma jildi, kartasi (plani), 
kitobi, holati haqidagi hisobotlarni o‘z ichiga oladi.
Geoekologik kadastr obyektlari bo‘yicha axborot davlat 
hokimiyati organlariga bepul, boshqa yuridik va jismoniy 


36
shaxslarga esa belgilangan tartibda haq evaziga taqdim etiladi. 
Geoekologik tizim va uning komponentlari kadastri ekologik 
nazoratni olib borishning iqtisodiy, ijtimoiy, tabiiy, huquqiy 
asosi bo‘la oladi.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling