Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish
Download 1,08 Mb. Pdf ko'rish
|
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish
Geoekologik monitoring
– geoekologik nazoratning birinchi bosqichi bo‘lib, u geotizimlarning davriy o‘zgarishini kuzatib borish, hisobga olish, baho berish va istiqbolini belgilash tizimi. U lokal, regional (mintaqaviy) va global miqyosda olib boriladi. O‘zbekistonda milliy ekologik monitoring tizimi 1972-yil BMTning Stokgolm konferensiyasida qabul qilingan atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan rezolutsiyasida aks ettirilgan prinsiplarga mos ravishda amalga oshiriladi. Uning huquqiy asosi bo‘lib «O‘zR Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonunning 28-moddasi, 2002-yil 3-aprelda Vazirlar Mahkamasining 111-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi to‘g‘risida»gi nizom maxsus vakolatlangan davlat organlarining nizomlari hamda boshqa qonun osti normativ hujjatlar hisoblanadi. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 23-avgustda 273-son qarori bilan tasdiqlangan «2016–2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi dasturi»ga muvofiq ravishda Hozirgi vaqtda atrof tabiiy muhit monitoringi 390 ta sanoat korxonasi, 68 ta yer usti suv oqimlari punktlari, 87 ta suv tashlama kollektorlari, 1694 ta yer osti suvi quduqlari, 74 ta buloqlar va 61 ta atmosfera havosini kuzatish postlarida olib boril moqda. Lekin ekologik monitoring faqatgina davlat organlari tomonidan olib boriladi, deyish noto‘g‘ridir. Ekologik kadastr- dan farqli, ekologik monitoring nodavlat tashkilotlari, o‘zini o‘zi boshqaruv idoralariga ham xos bo‘lgan nazorat 39 turidir. Geoekologik monitoring esa faqatgina ilmiy va o‘quv maqsadlarida olib boriladi. Monitoring – nazorat obyektining davriy o‘zgarishini kuzatib borish, hisobga olish, baho berish va tegishli chora-tadbirlarni tavsiya etish. Geoekologik monitoring ekologik monitoringning bir turi bo‘lib, u davlat hokimiyatiga, mahalliy hokimiyatlar va ijroiya organlariga atrof-muhit holatiga doir ma’lumotlarni o‘z vaqtida yetkazib berish orqali ekologik yo‘nalishdagi maxsus vakolatlangan davlat inspeksiyasi xizmati faoliyatini aniq va jadal sur’atlarda olib borishga asos bo‘ladi. Geoekologik monitoring ma’lumotlari ochiq-oshkora ravishda olib borilishi kerak. Ushbu axborot, avvalo, ekologik boshqaruv organlarida umumlashtiriladi va baholanadi. Salbiy ekologik holat bo‘yicha monitoring ma’lumotlari darhol aholiga e’lon qilinishi talab etiladi. Geotizimlarning miqdori, sifat va boshqa xil ko‘rsat- kichlari, ulardan foydalanish hajmi, tartib-tamoyilini hisobga olib borish uchun davlat tabiiy resurslar kadastrini yurita- di. Ekotizimlar holatiga zararli ta’sir etishi mumkin bo‘lgan obyekt lar, ularni ifloslantiruvchi zararli moddalar va ularning miqdori, ishlab chiqarish va kommunal chiqindilarning hajm- lari, tarkibi ham nazorat qilib boriladi va davlat hisobiga oli- nadi. Geoekologik monitoring ekologik nazorat inspeksiyasi dav- lat hokimiyati va bosh qaruv idoralari hamda maxsus vako- latlangan davlat idoralari tomonidan amalga oshiriladi. Ular ham o‘z ekologik boshqaruv vakolatlaridan kelib chiqqan holda umumiy va maxsus ekologik nazoratlovchi davlat organlariga ajratiladi. Aniqlangan geografik qobiq doirasidagi geotizimlarda or- ganizmlarning o‘zaro va uning atrof-muhitida kechayot- gan o‘zga rishlarni kuzatib borish, hisobga olish, baho berish hamda istiqbolini belgilashning turli xil metodlari mavjud: 40 an’anaviy (Yer yuzasida turib geografik) kuzatish va aerokos- mik (masofadan turib) kuzatish. Download 1,08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling