Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish
Download 1.08 Mb. Pdf ko'rish
|
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- geoekologiyaning quyidagi vazifalarini
Amaliy geoekologiya
– geoekologiya fani va ta’limining davo- mi bo‘lib, u muayyan geotizimlarda tabiat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni optimallashtirishga qaratilgan inson faoliyati. Amaliy geoekologiyaning maqsadi – geotizimlarda modda va energiya almashinuvini optimal darajada ushlab turish uchun uning resurslaridan oqilona foydalanish, tabiiy holatini muhofaza qilish va buzilgan geotizimlarni qayta tiklash. Ya’ni boshqacha qilib aytganda, doimo antogonistik va noanto gonistik munosabatda bo‘lib kelgan tabiat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni uning obyekti doirasida eng maqbul yo‘lini amalda qo‘llash. 51 Ushbu maqsadga erishmoq uchun geoekologiyaning quyidagi vazifalarini bajarish talab etiladi: – atrof-muhit va ekosferaga qattiq ta’sir ko‘rsatuvchi antro- pogen omillarni aniqlash, ularning dinamikasini o‘rganish va prognozlashtirish; – tabiiy komponentlarning ifloslanish darajasi va batamom yo‘qolib ketishini o‘rganish, bunday destruksiya holatlarining doimiy tarzda ekologik nazoratini olib borish; – antropogen ta’sirlarni modellashtirish, prognozlashtirish va baholash; – geotizimlardan optimal foydalanish bo‘yicha turli tavsiya- lar ishlab chiqish. Geoekologiya insoniyat faoliyati va tabiiy ofat hamda kataklizmlar natijasida yuzaga keladigan tabiatni vayron qiluvchi oqibatlarni ham o‘rganadi. Misol tariqasida Yer sharining turli joylarida atom va yadro sinovlari natijasida yuzaga keladigan turli tabiiy, aksariyat hollarda, noodatiy ofatlar, yuqori balli Yer qimirlashlar, Yer osti silkinishlarni keltirish mumkin. Hindiston va Pokiston atom sinovlarini o‘tkazganidan keyin Yaponiya, Xitoy, Afg‘oniston, Turkiya, Kipr kabi davlatlarda ketma-ketlik bilan yuzaga kelgan qator Yer qimirlashlari kuzatildi. Xuddi shunday holatlar yirik megapolislarning texnogen ta’siri ostida ham yuzaga keladi, ya’ni yirik shaharlarning suv havzalari, shaxtalar, karerlar, kuchli Yer osti portlashlar aynan zilzila va silkinishlarga olib keladi. Bunday holatlar geoekologiyada antropogen ta’sir deyiladi. Antropogen ta’sir- larga yana transport, neft va neft mahsulotlarini qazib olish, gidrotexnika, suv va qishloq xo‘jaligi, tog‘-kon metallurgiyalari sanoati ham kiradi. Barcha turdagi transport vositalari nafaqat o‘zidan chiqadigan turli gazlar, balki ular uchun qurilayotgan yo‘llar ham tabiatga sezilarli darajada ta’sir etmoqda. Dunyoda suv va yerdan ko‘proq foydalanish, qishloq xo‘jaligi sohasining kun sayin taraqqiy etishi bilan bir qatorda tabiatga yaxshigina putur ham yetkazib kelmoqda. 52 Yerlarni o‘zlashtirish, ekinlarning yangi turlarini yetishtirish va hosildorligini oshirish Yer va suvlarni ifloslantirib, tabiiy yo‘nalishini tubdan o‘zgartirishi lokal va global iqlimning hamda atrof-muhitning o‘zgarishiga olib kelmoqda. Bunday achinarli holatlar bizga qanday talafotlarni olib kelar ekan hali? Dunyo bo‘ylab neft, gaz va boshqa tabiiy boyliklarni kun-u tun qazib olish natijasida cho‘kkan va pasaygan Yer maydonlari keskin kengayib bormoqda. Tabiiy boyliklarni qazib olish maydonlari kengaygani sari bunday hududlar ko‘payib bormoqda. Natijada Yer osti suvlari ko‘tarilib, ko‘plab aholi punktlari va inshootlarni suv bosib qolmoqda. Bunday holatlarning oldini olish uchun melorativ ishlarni kuchaytirish, yirik shaharlarda Yer osti suvlarini nasoslar yordamida yuqoriga chiqarib turish, sanoat korxonalarini bosqichma- bosqich shahar aglomeratsiyalari tashqarisiga ko‘chirish zarur. Yirik shaharlarda xuddi shunday holatlar eskirgan sovuq va issiq suv quvurlarining, kanalizatsiyaning to‘satdan yorilib ketishi natijasida ham yuzaga kelmoqda. Bu ham ijtimoiy- iqtisodiy, ekologik zarar va muammolarni keltirib chiqarmoqda. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling