Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish
Geoekologiya sohasidagi idoraviy nazoratni
Download 1.08 Mb. Pdf ko'rish
|
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geoekologiya sohasidagi ishlab chiqarish nazoratini
- 2.4. Geoekologik ekspertiza, audit va konsalting Geoekologik ekspertiza.
Geoekologiya sohasidagi idoraviy nazoratni amalda vazir-
liklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning ekologik xizmat- lari o‘z tasarrufidagi korxonalar hamda tashkilotlar ustidan nazoratni olib boradilar. 44 Geoekologiya sohasidagi ishlab chiqarish nazoratini – kor- xona, tashkilot, birlashma, muassasalardagi ekologik xizmatlar amalga oshiradilar. Bu o‘rinda milliy qonunlarda ko‘pincha aks etmay qolgan muassasani alohida ta’kidlab o‘tish darkor. Chunki ta’lim sohasi yoki ilmiy-tadqiqot muassasalarida geotizimlardan oqilona foydalanish, yangi turdagi madaniy o‘simliklar, kimyoviy vositalar va dorilarni yaratish, ularni sinab ko‘rish mobaynida ishlab chiqarish faoliyatining ekologik talablarga javob berishini nazorat qilish ham ekologik xavfsizlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Idoraviy ishlab chiqarish va jamoatlarning ekologik nazoratining tashkil etilishi, faoliyat yuritishi, huquq va majburiyatlari tegishli qonun hujjatlari va nizomlarda berilgan bo‘ladi. Geoekologiya sohasidagi jamoat nazorati nodavlat tash- ki lotlari, jamoat birlashmalari, o‘zini o‘zi boshqaruv organ- larining ekologik boshqaruv funksiyasidan kelib chiqadi. Unda geoekologik nazorat – fuqarolar yig‘ini kengashi, kengash qoshidagi maxsus ekologik komissiyalar yoki shaxslar, ekologik nazorat bo‘linmalari, mehnat jamoalari, faol mutaxassislar guruhi, jismoniy shaxslar tomonidan olib boriladi. 2.4. Geoekologik ekspertiza, audit va konsalting Geoekologik ekspertiza. Ekspertiza so‘zi lotinchada «exper- tus» – tajribali degan so‘zdan olingan bo‘lib, u ma’lum bir masalani yoki yuzaga kelgan holatni tajribali mutaxassis tomonidan xulosalab berish demakdir. Ekspertiza turli fan va xo‘jalik sohalarida turlicha ko‘rinishda namoyon bo‘lib, voqea va hodisalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri belgilash, o‘lchash va aniqlash imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, ushbu sohadagi mutaxassislar xulosasiga muhtoj holatlarni inobatga oladi. Ekspertiza – rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning muayyan bir talablarga muvofiqligini tajribali mutaxassis tomonidan xulosalash. 45 O‘zbekiston Respublikasi ekologik qonunchiligida ilk bor ekologik ekspertiza 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning maxsus VI bo‘lim 24–27-moddalarida yoritib berildi. Ushbu qonunning 4-moddasida esa ekologik ekspertizaning majburiylik prinsipi belgilab qo‘yildi. Lekin «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonun ekologik eks pertizaning imperativ (qat’iy) shartlarini belgiladi, xolos. Uning asl mohiyati, turlari, olib borish metodlari, muddatlari, prinsiplari va obyektlari esa yoritilmay qolgan edi. 2000-yil 25-mayda qabul qilingan va shu yilning 1-iyulidan kuchga kirgan «Ekologik ekspertiza to‘g‘risida»i O‘zbekiston Respublikasi qonuni huquqiy-ekologik mexanizmni shakllantirishda va uni hayotga tatbiq qilishda katta hissa qo‘shdi, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling