Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish


Mahalliy geoekologik muammolarning tarkib topishi va


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/74
Sana18.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1783414
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   74
Bog'liq
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish

Mahalliy geoekologik muammolarning tarkib topishi va 
yechimlari. Geoekologik muammolarning ushbu turining 
vujudga kelishi inson xo‘jalik faoliyatiga nisbatan jadalroq 
bo‘lgan, uning tabiatga ta’siri sezilarli darajada ortgan, xususan 


60
landshaftlarda yangi texnogen bunyodkorliklar joriy etilgan 
antropogen landshaftlar faoliyati bilan bog‘liqdir. Demak, Yer 
yuzasining turli hududlarida o‘ziga xos geoekologik muammolar 
shakllanganki, bularning ko‘lami va mohiyati jihatidan maxalliy 
geoekologik muammolar, deb atash mumkin. Mahalliy 
geoekologik muammolar dunyo bo‘yicha yoki yirik hududlar 
bo‘yicha e’tirof etilmasa-da, ularni bartaraf etishga e’tiborsizlik 
joylarda geoekologik vaziyatning keng ko‘lamda tarkib topishi 
va murakkablashishiga olib kelishi mumkin. Biroq mahalliy 
geoekologik muammolar tashvishi o‘sha joy tabiati va aholisi 
uchun ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy jihatdan jiddiydir.
Xulosa qilib aytganda, muayyan geotizimlarda tabiat va jamiyat 
o‘rtasidagi munosabatlarni amalda geoekologik nuqtayi nazardan 
ko‘rib chiqish, tegishli boshqaruv mexanizmini shakllantirish, 
iqtisodiyot tarmoqlarini atrof-muhit bilan hisoblan 
gan tarzda 
yuritish barqaror rivojlanishning asosiy mezonlaridan biridir.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. «Amaliy geoekologiya» deganda nimani tushunasiz?
2. Amaliy geoekologiyaning maqsadini aytib bering va uning asosiy 
vazifalarini sanab o‘ting.
3. Geoekologik kartalarni tuzishning o‘ziga xos tomonlarni nima-
lardan iborat?
4. Geoekologik konsepsiyani Siz qanday tushunasiz?
5. Tabiat va inson munosabatlarining mintaqaviy geoekologik 
xususiyatlarini sanab o‘ting.
6. Qanday xalqaro miqyosda umume’tirof etilgan tabiat va inson 
o‘rtasidagi geoekologik munosabat prinsiplarini bilasiz?
7. Sizning hududingizda qanday mahalliy geoekologik muammolar 
mavjud va ularning yechimi bormi?
8. Mahalliy geoekologik muammolarning tarkib topishi va 
yechimlari haqida nima deya olasiz?
9. Atrof-muhitni muhofaza qilishdagi xalqaro tashkilotlarning 
amalga oshirayotgan ishlarini so‘zlab bering.
10. Qanday geoekologik muammolar global miqyosidagi ekologik 
muammolar tarkibiga kiradi?


61

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling