Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish
Ikkinchi qism. TABIATDAN FOYDALANISH
Download 1.08 Mb. Pdf ko'rish
|
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish
Ikkinchi qism. TABIATDAN FOYDALANISH
4-bob. TABIAT VA INSON 4.1. Tabiat va inson munosabatlarini uyg‘unlashtirish zarurati Jamiyat tarixi davomida allomalar tabiat va inson nima, ular o‘rtasida qanday aloqadorlik bor va u qanday bo‘lishi kerak, degan savollarga javob qidirib kelganlar. Inson tirik organizm sifatida boshqa tabiiy obyektlardan tubdan farq qilishi hamda uning buyuk kuch-qudrati, odamzotni alohida bir mavjudot sifatida qarashga olib keldi. Ayniqsa bunday dunyoqarash XX–XXI asrlar, ya’ni «ilmiy-texnika inqilobi» davriga kelib juda avjiga chiqdi. Tabiat ustidan g‘alabaga erishgan inson barcha ilmu fan tarmoqlarida alohida bir kuch- qudrat sifatida qaraladigan bo‘ldi. Lekin u aslida alohida bir «individ» yoki hech kimga bo‘ysunmaydigan «hokim» emas, balki tabiatning bir bo‘lagi, ya’ni «tabiat oshxonasining bir anjomi». Insonni hech qachon tabiatdan va uni o‘rab turuvchi atrof-muhitdan ajratib bo‘lmasligiga shu kunda barcha progressiv aholi tushunib yetdi. Falsafada tabiat – obyektiv borliq, insonlarni o‘rab turuvchi olam va uning xilma-xil shakllari. Amaliyotda yoki tabiiy fanlarda uni va barcha tirik organizmlarning ehtiyojlarini qondirish manbayi bo‘lgan atrof-muhit deb qaraladi. Falsafa yoki astronomiya nuqtayi nazardan qaraganda son-sanoqsiz yulduzlar, osmon va uning cheksiz kengliklari, albatta, inson ishtirokisiz kelib chiqqan va tabiiydir. Lekin organizmlar, jumladan insonlar 62 ham o‘zlarining kundalik hayotiy faoliyatlarida ulardan foydalanmaydilar va ulardagi jarayonlarga o‘z ta’sirini o‘tkaza olmaydilar. Balki barcha tirik mavjudot o‘zlarini o‘rab turuvchi havo (to‘g‘rirog‘i atmosfera havosi), suv, yer, tuproq, Yer osti boyliklari, o‘simlik va hayvonot dunyosi kabi tabiat ne’matlaridan «oldi-orqasi»ga qaramasdan foydalanadilar va ularga ijobiy, aksariyat hollarda salbiy ta’sir etadilar. Falsafada inson – Yer kurrasining jonli qobig‘i biosferada yashovchi organizmlar turkumiga kiruvchi, murakkab hayotiy faoliyat yurituvchi individ. Lekin inson biosferaning xohlagan yerida yashay olmaydi. U umrining aksariyat qismini yerning quruqlik qismida o‘tkazadi. Ushbu quruqlik yuzasi geografiyada, jumladan, geoekologiyada quruqlik geotizimlari deb ataladi. Biosferaning yuqori organizmlar tarqalgan atmosfera chegarasi stratosferaning azon qatlamining quyi tomonidan boshlanib (17–25 km balandlikda), butun gidrosfera (11, 2 km Tinch okeani Mariana cho‘kmasigacha) va litosferaning yuqori qismi (6–8 km chuqurlikkacha) tushib boradi. Insonlar esa umrining (ayrim suv va Yer osti hamda atmosferada faoliyat olib boradigan kasb egalarini inobatga olganda) Yer ustida olib boradi. Shuning uchun ham biz inson deganda quruqlik geotizimlarida yashovchi organizmlar turkumiga kiruvchi, tug‘ilishi bilan muayyan huquq va majburiyatlarga ega bo‘luvchi individ, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki Yer sayyorasida insonchalik atrof- muhitga ta’sir etuvchi organizmlar yo‘q. Shuning uchun ham unga tegishli barcha tabiat va jamiyat o‘rtasidagi aloqadorlik munosabatlari alohida fanlar tizimi (ijtimoiy-gumanitar) sifatida qaraladi. U ongining yuqoriligi, nutqining rivojlanganligi, ijodiy faolligi, takomillashgan mehnat qurollarini yaratishi, axloqiy, ma’naviy hamda ruhiy o‘z-o‘zini anglay olishi bilan boshqa tirik organizmlardan tubdan ajralib turadi. Insonni boshqa insonlar bilan ma’lum bir hududda tarixan qaror topgan guruhi yoki uyushmasi – jamiyat. Xuddi ana 63 shu insonlar jamoasi tabiat bilan o‘zaro juda ta’sirchan munosabatda bo‘ladi. Inson – quruqlik geotizimlarida yashovchi organizmlar turkumiga kiruvchi, tug‘ilishi bilan muayyan huquq va majburiyatlarga ega bo‘luvchi individ. Insonning yakka o‘zi uncha katta kuch emas, ammo ular- ning ongli ravishda biron-bir maqsadni ko‘zlab, takomil- lashtirilgan mehnat qurollaridan foydalangan tarzda uyushgan holdagi jamoasi, ya’ni jamiyatning tabiatga bo‘lgan munosabati ko‘p narsani belgilab beradi. Agar jamiyat o‘z kundalik ehti- yojlarini qondirishni faqatgina tabiatdan izlashni maqsad qilib olsa, atrof tabiatda juda sezilarli darajada salbiy o‘zgarishlar sodir bo‘lishi hech gap emas. Aksincha, ushbu jamiyat kuchi tabiatni asrashga, undan oqilona foydalanish va buzilgan tabiat majmualarini qayta tiklashga qaratilgan bo‘lsa, u holda atrof tabiiy muhitda ijobiy o‘zgarishlar yuzaga kelishi ham mumkin. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling