Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish
Download 1.08 Mb. Pdf ko'rish
|
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- «atrof tabiiy muhit»
- «atrof-muhit»
- «insonlarni o‘rab turu
Uyg‘unlik
– insonlarni tabiat va jamiyat qonuniyatlarining o‘zaro mu- vofiqlashtirgan tarzda faoliyat olib borishga yo‘naltirilgan hayot tarzi. Birinchidan, agar yoritilayotgan masala insonlarning tabi- atga nisbatan yo‘naltirilgan munosabat shakllariga qaratilgan bo‘lsa – atrof tabiiy muhit so‘zlar birikmasini ishlatish maqsad- ga muvofiq. Chunki insonlarni nafaqat tabiiy, balki ijtimoiy, iqtisodiy, psixologik, siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, huquqiy va shunga o‘xshash turli muhitlar o‘rab turadi. Ushbu muhit- lardan tabiiysini ajratib olish maqsadida biz uni «atrof tabiiy muhit» so‘zi orqali ifoda etishni to‘g‘ri, deb bilamiz. Lekin atrof tabiiy muhitning keskin o‘zgarib ketishi ma’lum bir hudud yoki mintaqalarda siyosiy, huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, psixologik, ma’naviy-ma’rifiy muhitlarni ham o‘zgartirib yubori- shi mumkin. Masalan, XIX asrning ikkinchi yarmida Markaziy Yevropada sanoat gurkirab o‘sdi, ushbu mintaqada aholi haddan ziyod ko‘payib, jamiyat va davlatning iqtisodiy-siyosiy talablari 65 tabiat qonuniyatlarini inkor eta boshladi. Natijada, atrof tabiiy muhit izdan chiqdi, insonlarning yashashi og‘irlashdi, kasal- liklar ko‘paya boshladi va shuning uchun ularning aksariyatida tabiiy muhit nisbatan saqlanib qolingan Amerika, Avstraliya, Yangi Zelandiya kabi sivilizatsiya «oyog‘i yetmagan» qit’a va or- ollarga odamlar ko‘chib keta boshladilar. Buni sezgan jamiyat, davlat va hamjamiyat sardorlari XX asrga kelib Yevropada ij- timoiy munosabatlarda sanitar-gigiyenik talablarni kuchaytirish, qonunlar va sanoat ishlab chiqarishni ekologiyalashtirish, zid- diyatli davlatlararo munosabatlarni ekologiya fani orqali «til topishga» undadi. Oqibatda «Ekologiya» degan fan yuzaga keldi va u xalqaro miqyosga olib chiqildi. Chunki inson bilan tabiat o‘rtasidagi «kelishmovchilik» nafaqat atrof tabiiy muhitga, bal- ki ma’lum darajada davlatlarning ichki va tashqi siyosiy, iqti- sodiy, ijtimoiy va hattoki, axloqiy munosabatlariga salbiy ta’sir eta boshladi. Shuning uchun ham «Xalqaro ekologiya huquqi»da xalqaro hamjamiyat tomonidan «atrof tabiiy muhit» iborasi «atrof-muhit» degan ibora bilan almashtirildi. Ikkinchidan, ijtimoiy-gumanitar fanlarda o‘rganish yoki tadqiqot obyekti bo‘lib jamiyat, inson, fuqaro yoki shaxs ham- da ularning jamoasi hisoblanadi. Shuning uchun ham ular in- son va tabiat o‘rtasidagi munosabatni «insonlarni o‘rab turu- Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling