Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish
vchi muhit»,«kishilik jamiyati yashovchi muhit»
Download 1.08 Mb. Pdf ko'rish
|
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish
vchi muhit»,«kishilik jamiyati yashovchi muhit» deb ataydilar.
Buni «mutloq to‘g‘ri» yoki «mutloq noto‘g‘ri» deyish qiyin. Le- kin inson yashayotgan va uning ta’siri doirasidagi tabiiy muhit tabiatshunoslik nuqtayi nazaridan qolgan turdagi organizmlar, jumladan hayvonot va o‘simlik dunyosi, mikro va nanoorga- nizmlarning ham yashash muhitidir. Faqatgina ular tabiat bi- lan hamohanglikda, ya’ni ma’lum bir muvozanatni saqlagan yoki «kelishgan» holda yashaydilar hamda rivojlanadilar. In- sonlar esa, o‘ziga xos «kuchli organizm» – individ sifatida ta- biat bilan «kelishmasdan» ham yashashlari mumkin. Shuning uchun insonlarni o‘rab turuvchi tabiiy muhit yoki ularning yashash muhiti, so‘zsiz «insonlarni o‘rab turuvchi atrof tabiiy muhit» yoki «insonlarning atrof-muhiti» deb aytiladi. 66 Uchinchidan, inson va tabiat Yer sayyorasida juda uz- viy bog‘langan va o‘zaro kuchli ta’sir doirasida turadi. Aynan o‘zaro ta’sir doirasida, chunki insonning tabiatga bo‘lgan har qanday ta’siri (xoh u ijobiy yoki salbiy ko‘rinishda namoyon bo‘lsin) oxir -oqibatda insonning o‘ziga aks sado bo‘lib qayta- di (yo rahmatini yog‘diradi, yo o‘chini oladi). Buni anglagan ibtidoiy insonlar va ularning jamoasi tabiatni bir bo‘lagi sifa- tida, uning «bag‘ri»da yashab kelganlar. Zardushtiylarning muqaddas «Avesto» kitobining Van- didod qismida 10 tabiat unsurlari – yer, suv, havo va olovni ajdodlarimiz xudo deb bilganlari haqidagi ma’lumotlar bayon etilgan. Yer va olov xudosi – «Mitra»ga insonlar sig‘inishgan. Ularni ilohiy kuch deb bilishgan va ularga yetkazilgan zarar uchun, hattoki, o‘lim jazosini qo‘llashgan. Suvni iflos qilish oliy tangriga qilingan xuruj deb qaralgan. Tabiatga nisbatan bunday dunyoqarashlar zardushtiylar dinining asosini tashkil qilgan va unda zikr etilgan qadimiy axloq-odob qoidalari shu davrdagi 16 ta davlat hududida amal qilgan. Aksincha, sobiq Ittifoq davrida Markaziy Osiyo hududini xomashyo va ayniqsa, paxta yetishtirish bazasi qilib olinishi «Orol muammosi»ni yuzaga keltirdi. Insonlar esa ushbu ekologik inqirozli hududlardan ko‘cha boshladilar. Chunki atrof tabiiy muhitning inqirozli darajada buzilishi aholi o‘rtasidagi barcha munosabatlarga o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazmoqda. Kishilarning bexavotir va sog‘lom yashashlari qiyinlashmoqda. Mintaqaning ekologik xavfsizligi va barqaror rivojlanishiga jiddiy putur yetkazilmoqda. Xullas, tabiat, inson, jamiyat, davlat va hamjamiyat munosabatlarining o‘zaro uzviy aloqadorligi atrof-muhit holati va inson salomatligida aks etadi. Hozirgi zamonda ushbu holat ko‘proq tabiatga emas, balki inson, jamiyat, davlat va hamjamiyat faoliyatiga, to‘g‘rirog‘i ularning birgalikdagi ezgu maqsadlarining ijrosiga bog‘liq. Biz, insonlar, tabiatdan 10 Avesto. Asqar Mahkam tarjimasi.– T.: «Sharq», 2001.– 384 b. 67 ajralgan tarzda yashay olmas ekanmiz, uning ajralmas bir bo‘lagi sifatida o‘zimizni his etib hayot kechirishimiz lozim. Ekologik xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash esa barchamizning muqaddas burchimizdir. Nima uchun biz tabiat va inson munosabatlarida ekologik xavfsizlikning geoekologik jihatlarini alohida fan, ta’lim va amaliyot sifatida ko‘rib chiqamiz? Bunga quyidagi holatlar sababchidir: Mazkur o‘quv qo‘llanmaning 1-bobida «Geoekologiya» muayyan geotizimlarda antropogen ta’siri natijasida ekologik xavfsizlikni ta’minlashni bosh maqsad qilib oldik. Shunday ekan, tabiat va inson munosabati bizning bosh mezonimizga to‘g‘ri keladi. Globallashuv sharoitida insonlarning tabiatga bo‘lgan ta’siri ma’muriy chegaralarga bo‘ysunmay qo‘ydi. Uning oqibati tabiiy majmualar doirasida aks etmoqda. Mazkur tabiiy chegaralar tabiiy geografik majmualarga, ya’ni geotizimlarga juda mos keladi. Kelajakda jamiyat, davlat va hamjamiyatning strategik va taktik dasturlar, moliyaviy-moddiy resusrlari muayyan davlat miqyosida emas, balki ekologik xavfi yuqori bo‘lgan tabiiy tizimlar (dengiz bo‘yi; orollar; tog‘li o‘lkalar; inqirozli hududlar, suv akvatoriyalari va havo kengliklari; ko‘llar majmuasi kabilar) doirasida rejalashtirilmoqda. Bu esa geoeko- logiyaning istiqbolli maqsadlariga mos tushadi va h.k. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling