Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish


Jamiyatning tabiatga nisbatan oddiy-iqtisodiy munosabat


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/74
Sana18.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1783414
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   74
Bog'liq
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish

Jamiyatning tabiatga nisbatan oddiy-iqtisodiy munosabat 
shakli 
 
– 
 
ekologik tizimlarning kam va kichik hududlarda 
buzilishiga olib keladigan kishilarning hayot tarzi. Sinfiy jamiyat 
shakllana borgan sari, kishilar soni va ishlab chiqarish 
qurollarining mukammallanishi, tabiat va jamiyat o‘rtasidagi 
munosabatlarning yangi oddiy-iqtisodiy shaklini yuzaga 
keltirgan. Natijada, kishilarning hayot tarzi kichik bir tabiiy 
hudud
– geomajmualarda atrof tabiiy muhit holatining keskin-
lashuviga olib kelgan. Bunday mahalliy (lokal) ko‘rinishdagi 
ekologik o‘zgarishlar kishilarning jamoa bo‘lib to‘plangan 
yerlariga xos bo‘lgan. Lekin ular atrof-muhitning xavf 
sizlik 
darajasiga keskin ravishda ta’sir eta olmaganlar.
O‘zbekiston hududida oddiy-iqtisodiy shakl ibtidoiy jamoa 
tuzumining so‘nggi va quldorlik tuzumi davriga to‘g‘ri keladi. 
Eramizdan avvalgi 12–15-ming yilliklarda (mezolit davrida) 
mahalliy aholining ishlab chiqarish quroli sifatida nayza, 
kamon, aylanma yoylarning bo‘lishi, hayvonot dunyosining 
kamaya borishiga, metall omoch va belkuraklarning yaratilishi 
esa yerlarni o‘zlashtirish va dehqonchilikni yuzaga keltirdi. 
Oqibatda, ular atrof tabiiy muhit holatiga birmuncha ta’sir eta 
boshladilar. Sug‘orish shoxobchalarining oddiy ko‘rinishdagi 
«to‘g‘on» usuli obikor (sug‘orma) dehqonchilikning yuzaga 
kelishiga, daryo o‘zanlari
– «liman» usulining paydo bo‘lishi 
esa daryolarning tabiiy suv rejimi o‘zgarishiga olib keldi. Uy 
hayvonlarining ko‘payishi Qashqadaryo, Chirchiq, Zarafshon, 
14 
А.В. Яблоков, А.Г. Юсуфов. Эволюционное учение (дарвинизм). – М.: «Выс-
шая школа», 1997. – С.24–46.


70
Quyi Amudaryo, Sirdaryo vodiylarida o‘simlik dunyosining 
siyraklashishiga olib keldi.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling