Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish
Jamiyatning tabiatga nisbatan iqtisodiy-ekologik munosabat
Download 1.08 Mb. Pdf ko'rish
|
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jamiyat- ning tabiatga nisbatan ekologik munosabat shakli
Jamiyatning tabiatga nisbatan iqtisodiy-ekologik munosabat
shakli – mavjud ekologik tizimlarni saqlab qolish darajasidagi kishilarning hayot tarzi. Bunda kishilarning har qanday shakldagi ekologik harakatlari davlat tomonidan to‘laligicha qo‘llab-quvvatlanadi. Tabiiy resurslarni kamaytirish va atrof- muhitni ifloslantirish nafaqat fuqarolarga, hattoki davlat idoralari xodimlariga na moddiy va na ma’naviy foyda keltiradi. Masalan, AQSH «Atrof tabiat ni muhofaza qilish milliy siyosati» (NePA) qonuniga binoan, hamma jismoniy, 74 yuridik shaxslar, hattoki, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari ham biron-bir tabiiy obyektdan foydalanishlaridan avval turli ko‘rinish va shakldagi ekologik test sinovlaridan o‘tadilar va tabiatga ta’sir etishi «ariza»sini topshiradilar. Test sinovlari natijasining biron bosqichidanoq 10% «ariza»lar sudlarga kelib tushadi. AQSH prezidentining ijroiya qo‘mitasi qoshidagi Tabiatni muhofaza qilish Kengashiga kelib tushgan arizalar ro‘yxati va sudlarning qabul qilgan qarorlari to‘g‘risida ochiq ma’lumotlar e’lon qilinadi. Undan tashqari, tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha har bir shtat o‘ziga yarasha qonun qabul qilish imkoniga ega. Chunki shtatdagi ekologik holat, avvalambor, mahalliy aholiga ta’sir qiladi-da. Tabiiy muhitni inqirozga, ijtimoiy muhitni falokatga olib kelmaslik uchun biz yaqin kelajakda bosqichma-bosqich ekologik munosabat shakliga o‘tib olishimiz zarur. Jamiyat- ning tabiatga nisbatan ekologik munosabat shakli – atrof- muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik tizimlarni qayta tiklash hamda sog‘lomlashtirishga qaratilgan kishilarning hayot tarzi. Ekologik munosabat shak- lida davlat boshqaruv tizimi, avvalambor, ekologik nobop hudud va obyektlarni tiklashga qaratiladi. Bunda ishlab chiqarish texnologiyasi, birinchi navbatda, kam chiqitli yoki yopiq – chiqitsiz siklni talab etadi. Ekologik ong va madani- yat kishilarning jamiyatda tutgan o‘rni va ijtimoiy nufuzi- ni belgilovchi asosiy mezonlardan biridir. Ekologik qonunlar va normativ hujjatlar nafaqat bevosita, balki bilvosita ham ekologiyalashtirilgan, amaliy tatbiqi esa ekologik-huquqiy mexanizmga to‘liq asoslanishni taqozo etadi. Tabiiy resurslar- dan foydalanishni cheklash va tabiiy obyektlarni qayta tiklash bir mamlakat miqyosida emas, balki ekologik xavfli hududlar bo‘yicha amalga oshiriladi va davlatlarning alohida muhofaza qilish obyektiga kiritiladi. Ekologik muammolar davlatlarning yangi bar qaror rivojlanish konsepsiyasi nuqtayi nazaridan hal etiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling