86
yarmi bo‘lib, unda yiliga 1.97 km
3
suv
qaytarilmasdan foyda-
la nilmoqda (5.2.1-rasm).
Xo‘jalik ichimlik suv ta’minotida Yer osti suvlarining
ulushi katta. Yiliga iqtisodiyotning barcha tarmoqlari uchun
olinadigan 6,2 km
3
Yer osti suvining 1,1 km
3
shaharlarning
xo‘jalik-ichimlik
ehtiyojlari, 1,4 km
3
aholi punktlari uchun
ishlatiladi.
Suvdan sanoat ehtiyojlari uchun foydalanish. Mamlakatimiz
sanoatida yiliga o‘rtacha 1,2 km
3
suv sarflanadi. Shundan
qariyb yarmi tabiatga qaytarilmasdan ishlatiladi.
Qolgan qismi
esa sanoat tashlandiq oqimlaridan iborat bo‘lib, ular atrof-
muhit uchun ekologik xavf tug‘diradi. Suv havzalariga 500 dan
ortiq sanoat obyekti tomonidan tarkibida og‘ir metall tuzlari,
ftoridlar, fenol,
neft mahsulotlari, azotlar, biologik va tegishli
sohalar uchun xos boshqa ifloslantiruvchi moddalar bo‘lgan
tozalanmagan suv oqiziladi.
Suvdan qishloq xo‘jaligida foydalanish. O‘zbekistonda
suvdan umumiy foydalanish hajmining 84 foizdan ortig‘i
irrigatsiya ulushiga to‘g‘ri keladi. Qishloq xo‘jaligi mamlakat
iqtisodiyotidagi yetakchi o‘rinda turadi (5.2.1-jadval).
Chunki
ushbu tarmoq mamlakatimiz aholisining katta qismini ish
bilan ta’minlaydi, tashqi savdoni ushlab turadi hamda barcha
aholining oziq-ovqatga bo‘lgan birlamchi ehtiyojini qondiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: