Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish


Yoqilg‘i-energetika resurslari


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/74
Sana18.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1783414
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   74
Bog'liq
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish

Yoqilg‘i-energetika resurslari
Neft, gaz va gaz kondensati. O‘zbekiston yoqilg‘i-energetika 
zaxiralariga boy. Unda topilgan tabiiy gaz zaxiralari 2 trln. 
m

atrofida. Faqatgina Ko‘kdumaloq konlaridagi gazning 
zaxirasi 144 mlrd. m

ga yaqin, ulardagi neft 54,2 mln. t, gaz 
kondensati esa 67,4 mln. t ga teng. Hozirgi paytda 260 ta 
neft va gaz konlari aniqlangan bo‘lib, ulardan 142 tasi ishga 
tushirilgan. Birgina 1985—1994-yillar mobaynida 38 ta yangi 
neft va gaz konlari ishga tushirildi. Bulardan tashqari neft
gaz va gaz kondensati bo‘yicha yana 155 ta istiqbolli konlar 
ham aniqlangan. Tekshirishlar ko‘rsatishicha, respublika 
zaminining qariyb 60% da Yer osti neft va gaz qatlamlari 
bor. Bu qatlamlar asosan 5 ta mintaqada joylashgan. Bular: 
Ustyurt, Buxoro
– Xiva, Janubiy – g‘arbiy Hisor, Surxondaryo 
va Farg‘ona mintaqalaridir.


101
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, dunyodagi tabiiy gaz 
qazib chiqaruvchi 90 dan ziyod davlatlar orasida yetakchilik 
qiluvchi birinchi o‘nlik davlatlari sifatida XXI asrga qadam 
qo‘ydi (5.4.1-jadval). O‘zbekistonda birlamchi energoresurslar 
iste’molida gaz
– 79, neft esa – 13 foizni tashkil qilayotganini 
ko‘rish mumkin.
5.4.1-jadval
Jahonning eng ko‘p tabiiy gaz qazib chiqaruvchi davlatlari
T/r
Davlatlar nomi
Yillik tabiiy gaz qazib 
chiqarish, mlrd. m
3
Jahon bozori dagi 
ulushi, %
1. Rossiya Federatsiyasi
647
18
2. AQSH
619
17
3. Kanada
158
4
4. Eron
152
4
5. Norvegiya
110
3
6. Xitoy
98
2,7
7. Niderlandiya
89
2,4
8. Indoneziya
82
2,2
9. Saudiya Arabistoni
77
2,1
10. Jazoir
68
1,9
11. Turkmaniston
66,2
1,8
12. O‘zbekiston
65
1,8
13. Misr
63
1,7
14. Buyuk Britaniya
60
1,6
15. Malayziya
59
1,6
16. Hindiston
53
1,5
17. BAA
52
1,5
18. Meksika
50
1,4
19. Avstraliya
45
1,2
20. Ozarbayjon
41
1,1
Ko‘mir. Ko‘mirning umumiy zaxirasi 2 mlrd. t bo‘lib, 
uning salmog‘i bo‘yicha respublikamiz Markaziy Osiyoda 
ikkinchi o‘rinda turadi. Ko‘mir Angren, Shorg‘un va Boysun 
konlaridan qazib olinadi. Bu konlardan ko‘mir bilan birgalikda 
qimmatbaho minerallar: kaolin, ohaktosh va kvarsli qum ham 


102
olinadi. Kaolindan glinozem (aluminiy oksidi), aluminiy, o‘tga 
chidamli materiallar, keramik qoplamalar, metlax plitalari
chinni, fayans, rangli sement, o‘tga chidamli g‘isht kabi 
materiallar olinadi.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling