Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish
Download 1.08 Mb. Pdf ko'rish
|
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish
Iqlim resursi
– Quyoshning uzoq vaqt yoritib turishi, vegetatsiya davrining uzoqligi, havoning quruq va issiq bo‘lishi, gelioresurs, shamol energiyasi kabilardan inson faoliyatida foydalanilayotgan unsurlar. Yuqoridagi ta’rifdan kelib chiqadigan bo‘lsak, mamlaka- timiz qulay iqlimiy sharoitga ega. Jumladan, Quyosh yilning ko‘p davrida gorizontdan balandda turadi, natijada issiq kunlar ko‘p bo‘ladi. Shu sababli issiqsevar ekinlar, aytaylik paxta, sholi, kanop singari texnika ekinlaridan mo‘l hosil olish, o‘zida glukoza, saxaroza kabi moddalarni ko‘p to‘plagan sarxil meva-chevalarni yetishtirish va uni eksport qilish imkonini beradi. 16 А.Ёқубов. Табиат ва инсон. – Т.: «Фан», 1965. – 259 б. 106 Mamlakatimizning janubiy viloyatlarida sovuqsiz kunlar- ning ko‘pligi sabab anor, anjir, xurmo, pista, shakar qamish kabi subtropik o‘simliklarni hatto sitrus o‘simliklarini o‘stirish imkonini bermoqda. Umuman yurtimizda havo haroratining yuqoriligi, uzoq vaqt serquyosh bo‘lishi ekinlardan bir yilda ikki marotaba hosil olish imkonini bermoqda. Shu bilan birga iqlimimizning quruq va issiq bo‘lishi ayrim foydali va dorivor o‘simliklarda efir moyining ko‘proq to‘planishiga sabab bo‘ladi. Bunday o‘simliklardan farmatsevtika sohasi- da keng foydalanish maqsadida bir necha hududlarda shunday o‘simliklarni yetishtirib ulardan dori vositalarini olish maqsadida erkin iqtisodiy zonalar tashkil etildi. Mamla ka- timizda keng foydalanish yo‘lga qo‘yilayotgan iqlim resurs- laridan yana biri gelioresurslardir. Gelioresurs – Quyoshning issiqlik energiyasi, undan xo‘jalikda, elektr energiya hosil qilishda, suv va binolarni isitish tizimini yuritishda va boshqa maqsadlarda foydalanilishi. O‘zbekistonda gelioresurslar miqdori juda katta bo‘lib, atrof-muhitga zararsiz bo‘lgan bunday energiya manbayidan foydalanish endi kengaymoqda. Iqlim resurslarining yana bir arzon turi shamol energi- yasidir. Shamol energiyasi ham quyosh energiyasi kabi atrof- muhitni ifloslantirmaydigan va tugamaydigan energiya man- bayi hisoblanadi. Shamol energiyasidan foydalanib, cho‘llarda chorva mollarini suv bilan ta’minlash, elektr energiyasi yetib bormagan chekka qishloq va ovullardagi xonadonlarni elektr bilan ta’minlash, sho‘r suvlarni chuchuklashtirish va boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin. Mamlakatimiz iqlim resurslaridan rekratsiya hamda davolanib sog‘liqni tiklash maqsadlarida ham foydalanish ortib bormoqda. Ayniqsa o‘pka kasalliklarini, bronxit- astma kasalliklarini, yurak-qon tomir tizimlarini davolashda 107 yurtimizning tog‘ yonbag‘irlarida joylashgan sanatoriyalardan samali foydalanilmoqda. Tog‘lardagi havoning musaffoligi, tekislik hududlarga nisbatan jazirama issiq emasligi kishlar- ni davolashda, salomatligini tiklashda muhim ahamiyat kasb etmoqda 17 . Afsuski, so‘nggi o‘n yilliklarda jahon miqyosida global iqlim isishi ortib bormoqda. Atmosferada issiqlik gazlari haddan tashqari ko‘p miqdorda to‘planishi dunyo miqyosidagi barqaror iqlim jarayonlarining o‘zgarishiga olib kelmoqda. Ushbu gazlar atmosferada to‘planib, sayyoraning qizigan sirti taratuvchi ortiqcha issiqlik koinotga tarqalishiga yo‘l qo‘ymaydi va atmosferaning isishiga sabab bo‘ladi. Aslida Yer o‘z yuzasidagi infraqizil nurlarni fazoga qayta chiqarmaslik xususiyatiga ega. Ular yerni issiq «ko‘rpa»ga o‘rab, issiqxona samarasini beradi va yerdagi haroratni saqlab turadi. Mazkur jarayon yerni hayot uchun yaroqli qiladi. Issiqxona gazlarisiz Yer sayyorasi hozirgidan taxminan 30 darajaga sovuqroq bo‘lar edi. Yer usti xuddi Mars sayyorasiga o‘xshash sovuq, unumsiz, o‘simlik qatlamisiz, hayotsiz bo‘lar edi. Afsuski, inson faoliyati natijasida atmosferaga yuqorida keltirib o‘tilgan gazlar keragidan ortiq chiqarilmoqda. Bir qarashda bu uncha qo‘rqinchli bo‘lib tuyulmasligi mumkin. Ammo yerda harorat yanada ko‘tarilsa, barcha jarayonlar orqaga qaytarib bo‘lmaydigan tus oladi va sayyoramizda har qanday hayotga jiddiy xavf tug‘iladi. Inson biologik tur sifatida yashab qolishi masalasi kun tartibidan o‘rin oladi. Ayni shu sababli bu muammo olamshumul ahamiyat kasb etadi. Iqlim o‘zgarishi millionlab odamlarning yashash sharoitlari bi lan bog‘liq bo‘lgan harorat va yog‘inlar rejimini o‘zgartirishi mum kin, bu esa, o‘z navbatida, iqtisodiyotning qishloq xo‘jaligi va chorvachi lik kabi tarmoqlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Haroratning oshib bo rishi okean sathining 17 P.Baratov, M.Mamatqulov, A.Rafiqov. O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasi. – T.: «O‘qituvchi», 2002. – 101-b. 108 ko‘tarilishiga olib keladi, natijada minglab orollar va qirg‘oq bo‘yi pastliklarining suv ostida qolish xavfi tug‘iladi, bu esa o‘z navbatida o‘ta kuchli tangliklar – ocharchilikka va boshqa halokatlarga olib kelishi mumkin. Okean sathining ko‘tarilishi past qirg‘oqlar va katta bo‘lmagan orollar va ayniqsa, Maldiv orollari yoki Tinch okean qator orol davlatlari uchun tugatib bo‘lmaydigan qiyinchiliklar tug‘diradi. Hamma yoqda turistik plyajlar, madaniy va tarixiy joylar, baliqchilik markazlari va boshqa amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan rayonlar xavf ostida qoladi. Iqlim va bizning unga ta’sirimiz borasida hali ko‘p narsa aniq emas. Lekin noaniqliklar bo‘lishiga qaramay iqlim o‘zgar ishi xavfi real va bu jiddiy masala deb aytish mumkin. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling