Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish


Iqlim o‘zgarishi munosabati bilan, mamlakatimiz uchun


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/74
Sana18.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1783414
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   74
Bog'liq
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish

Iqlim o‘zgarishi munosabati bilan, mamlakatimiz uchun:
– havo haroratining ko‘tarilishi;
– tog‘lardagi muzliklar va mavsumiy qor qoplamasining 
qisqarishi;
– suv resurslari taqchilligi va qurg‘oqchilik;
– cho‘llashish, sug‘orma yerlarning sho‘rlanishi;
– havo haroratidagi keskin farqlarning ortishi;
– yuqumli kasalliklarning ko‘payishi;
– ekinlar hosildorligi va chorva yoylovlari mahsul dorligining 
pasayishi kutiladi.
Ushbu sohada ishlayotgan O‘zbekiston olimlari va mutaxa s-
sislari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar quyidagilarni ko‘rsat-
moqda:
Havo haroratining oshishi, haroratdagi farqlar pirovard nati-
jada keng qamrovli qurg‘oqchiliklarga olib keladi (daryo oqimi 
va sizot suvlari sathining pasayishi suv resurslarining taqchilli-
giga, aholi punktlari suv ta’minotining yomonlashishiga, qishloq 
xo‘jaligi ekinlari mahsuldorligining pasayishiga), sel va suv 
toshqinlari soni ko‘payadi. Farg‘ona vodiysi hududi, Toshkent, 
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining tog‘ oldi hududlari 
sellarga nisbatan zaif bo‘lgan hududlar sirasiga kiradi.


109
Ba’zi hududlarda (ko‘proq Qoraqalpog‘iston Respublikasida 
va Navoiy viloyatining cho‘l mintaqalarida) havoning absolut 
minimal harorati minus 30
°–40°C dan pastga tushib ketadi.
Eng ko‘p yuqori haroratlarni shimoli-g‘arbiy hududlarda 
kutish mumkin (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va 
Navoiy viloyatlari). Unchalik yuqori bo‘lmagan haroratlar
shuningdek, O‘zbekistonning janubiy hududlari (Surxondaryo 
va Qashqadaryo viloyatlari)da kutilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida iqlim o‘zgarishini yumshatish 
chora-tadbirlari. O‘zbekiston Respublikasi 1993-yilda BMT-
ning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasiga 
qo‘shildi, 1998-yilning noyabr oyida Kioto bayonnomasini 
imzoladi va u 1999-yil 20-avgustda ratifikatsiya qilindi. Iqlim 
o‘zgarishi masalalariga mamlakatimizda alohida umumdavlat 
maqomi berilgan. O‘zbekiston Respublikasida Iqlim o‘zgarishi 
doiraviy konvensiyasi bo‘yicha Milliy organ etib Vazirlar 
Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi 
belgilangan.
Iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha ustuvor strategiya 
va chora-tadbirlar suv xo‘jaligi, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi, 
sog‘liqni saqlash sohalarida ishlab chiqilishi va foydalanilishi 
lozim. Respublikada issiqxona gazlari tashlamalarini qisqar-
tirishga qaratilgan muhim chora-tadbirlardan biri bu qayta 
tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish. O‘ziga 
xos iqlim sharoitlarida O‘zbekistonga bo‘lganidek ustu-
vor, manfaatli yo‘nalishlar bo‘lib qayta tiklanuvchi ener-
giya manbalarini (quyosh energiyasi, biogaz va kichik gidro-
energetika) tatbiq qilish hisoblanadi, modomiki bizning 
mamlakat qayta tiklanuvchi energiya manbalarining katta 
salohiyatiga ega. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda barcha 
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan daryolar energiya 
salohiyatini o‘zlashtirish muvaffaqiyatliroq kechmoqda. So‘nggi 
yillarda quyosh energiyasidan foydalanish borasida qator 
loyihalar amalga oshirildi. 


110
Ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va 
tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan energiyani 
tejash, qayta tiklanuvchi manbalar, chiqitsiz texnologiyalarni, 
ikkilamchi resurs va chiqindilar asosida hamda energiya ishlab 
chiqarishning yangi usullarini ishlab chiqish va tatbiq qilish 
bo‘yicha qisqa va uzoq muddatli davlat dasturi qabul qilingan 
va amalga oshirilmoqda.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling