Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish
Iqlim resurslaridan foydalanish
Download 1,08 Mb. Pdf ko'rish
|
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish
5.5. Iqlim resurslaridan foydalanish
Iqlim tushunchasi taxminan 2200 yil oldin yunonistonlik olim Gipparx tomonidan kiritilgan bo‘lib, u yunonchada quyosh nurlarining kun yarmida Yer yuzasiga «og‘ishi»ni bildiradi. Hozirgi vaqtda iqlim deganda harorat, namlik va atmosfera sirkulatsiyasining o‘ziga xos rejimini vujudga keltiradigan, ma’lum joy uchun eng ko‘p takrorlanadigan ob- havo xususiyatlari tushuniladi. Iqlim va uning o‘zgarib turishi o‘simliklar va hayvonot olamining rivojlanishi va insonning inson sifatida 104 shakllanishini ta’minlaydi. Olimlarning taxmin qilishicha, bundan 65 mln. yil ilgari yerga ulkan asteroid kelib urilgan, natijada atmosferaga juda ko‘p chang chiqarilgan va oqibatda dunyo uch yil zimistonga aylangan. Quyosh nurlarining kam tushishi natijasida harorat pasaygan, ko‘p o‘simliklar o‘sishdan to‘xtagan, oziq zanjirlari buzilgan va ko‘p turlar, jumladan dinozavrlar ham qirilib ketgan. Bu dinozavrlarning qirilib ketish sababini tushuntiruvchi yetakchi nazariyalardan biridir. Boshqa nazariyaga ko‘ra inson zoti taxminan 6 mln. yil oldin, yog‘in miqdori kamayib, harorat keskin pasaygan davrda tez rivojlana boshlagan. Afrikadagi Buyuk Yoriq vodiysidagi eng qadimgi ajdodlarimiz daraxtlarda yashashga moslashgan edilar. Lekin iqlimning uzoq vaqt davom etgan o‘zgarishlari natijasida daraxtlar o‘t-o‘simliklar bilan almashgan. Ularning oilalari o‘zlari moslashgan sovuqroq va quruq yalang tekislikka o‘tib, yirtqichlar yetishi mumkin bo‘lgan sharoitga tushib qolganlar. Ana shunday qirilib ketishi mumkin bo‘lgan sharoitda ikki evolutsion sakrash yo‘li bilan moslashib olganlar. Birinchisi, uzoq masofalarga tik yurib bora oladigan, qo‘llari bola va oziqni tashish uchun bo‘sh bo‘lgan mavjudotlarga va undan keyin katta aqliy imkoniyatlarga ega bo‘lgan, mehnat va ov qurollarini ishlata oladigan, ham go‘sht, ham o‘simlik yeydigan mavjudotlarga aylangan lar. Ikkinchisi, aqliy qobiliyati bo‘lgan mavjudotlar dastlabki odam deb qaralgan. Inson keyinchalik moslasha borib ko‘chib yurib, yanada kuchli bo‘lib iqlim o‘zgarishlariga moslashgan. Ammo Yer yuzida qaror topgan iqlimiy sharoit XX asr o‘rtalariga kelib kuchli antropogen ta’sirga uchradi. Ya’ni, ilgari tabiatdan ta’sirlanib, unga moslashishga harakat qilgan inson endilikda tabiatning o‘zgarishiga kuchli ta’sir ko‘rsatuvchiga aylandi. Yer yuzasida aholi sonining ortishi, tabiiy resurslarga bo‘lgan talab va ehtiyojning to‘xtovsiz oshishi va nihoyat fan va texnikaning rivojlanishi, insonlarning tabiatga ta’sir kuchining ortib borishi Yer shari iqlimining 105 o‘zgarishiga olib keldi va bu jarayon shiddat bilan davom etmoqda. Hatto shunday paytlar keldiki, olimlar Shimoliy muz okeani dengizlarida kemalar qatnovini yo‘lga qo‘yish, Sibir hududini o‘zlashtirish maqsadida arktika muzliklarini sun’iy ravishda eritish ustida izlanish olib bordilar. Jumladan, rus olimi P.Borisov «... agar biz qutblardagi muzliklarni yo‘qotsak, ularning iqlimga ta’siridan qutulibgina qolmay, balki quyosh radiatsiyasini qutblarga oson singishiga ham yo‘l ochamiz. Bu esa sayyoramizning quyoshdan oladigan issig‘iga yana issiq qo‘shadi. Qutblardagi mangu muzliklarning ertami-kechmi erib ketishi va yerdagi iqlimning iliq, odatdagi tusga kirishi aniq. Shubhasiz, buning uchun bir necha ming yillar kerak bo‘ladi. Lekin ahvolni tabiiy ravishda yaxshilanishini kutish zarurmi? Hozir insoniyat iqlimni sun’iy ravishda o‘zgartira oladigan energiya resurslariga egadir» deb aytgandi 16 . Bugungi kunda insoniyat yer va suv resurslari, o‘simlik va hayvonot dunyosi resurslari kabi iqlim resurslaridan ham keng foydalanishni yo‘lga qo‘ymoqda. Download 1,08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling