Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish


Download 1.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/74
Sana18.11.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1783414
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   74
Bog'liq
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish

Metall resurslar:
Oltin. Oltin zaxirasi bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda 
to‘rtinchi o‘rinda (2 mln. t sof oltin), uning qazib olinishi 
bo‘yicha esa to‘qqizinchi o‘rinda turadi. Oltin zaxiralari 
respublikaning uchta iqtisodiy hududida joylashgan:
Qizilqum hududi (Muruntov, Ko‘kpatas, Triada, Adjibugut, 
Turboy, Myutenboy, Bulutkon, Aristontov, Balpantov, Besa-
pantov, Amontoytov, Daugiztov konlari). Muruntov koni 
Yevrosiyo qit’asidagi eng yirik kon bo‘lib, uning topilishi 
Xalqaro geologiya jamoatchiligi tomonidan XX asrning 
ikkinchi yarmida oltin sohasida qilingan eng katta kashfiyot, 
deb e’tirof qilindi. Muruntovda affinaj yo‘li bilan sof metall 
olish texnologiyasi joriy etilganligi hamda kon oltinining 
sifati yuqori bo‘lganligi uchun ham bu yerdan soflik darajasi 
«to‘rtta to‘qqiz»ga teng asl oltin olinmoqda. Muruntov koni 
qator yillar respublika oltinining 80 foizini berib keldi. Undan 
olib ishlatilgan va ko‘p yillardan beri ag‘darmaga chiqarib 
tashlangan ruda tuprog‘i bir necha yil davomida Amerikaning 
«Nyumont Mayning Korporeyshn» kompaniyasi ishtirokida 


99
qayta ishlanib, tarkibida qolgan oltin ham ajratib olindi. 
Ko‘kpatasdan shu kungacha 40 t oltin olindi. Daugiztov va 
Amontoytovning oltin zaxirasi 300 t ga teng.
Nurota hududi (Zarmitan, Marjonbuloq, Gujumsoy, Sar-
mish va boshqa konlar) hozirgi vaqtda Zarmitan va Marjon-
buloq konlarida o‘zlashtirish ishlari jadal sur’atlarda ketayapti.
Toshkentoldi hududida Qizilolmasoy, Go‘zaksoy, Qo‘shbu-
loq, Qayrag‘och, Kauldi, Pirmirab va boshqa konlar) yaqin 
kelajakda yana 40 ta yangi oltin konlarini ishga tushirish 
mo‘ljallangan.
Kumush. O‘zbekistonda hozirgacha 26 ta kumush konlari 
topilgan. Kumushning 80% dan ortiq zaxirasi Qolmaqir 
konlarida joylashgan. Respublikada kumushning Dalnee, 
Uchquloch, Xondiza, Visokovoltnoe, Kosmonachi, O‘qjetpes 
va boshqa konlari mavjud. Shuningdek, kumush Muruntov, 
Qo‘shbuloq, Qizilolmasoy oltin konlaridan ham olinadi.
Uran. O‘zbekistonda qimmatbaho metallar qatori uran kon-
lari ham mavjud. Topilgan uran zaxiralari va uni qazib olish 
bo‘yicha respublika dunyoda birinchi o‘nlik qatoriga kiradi. 
Uran konlari Uchquduqdan Nurobodgacha bo‘lgan hududda 
joylashgan bo‘lib, ularning asosiylari: Lyablaka, Shimoliy va 
Janubiy Bukinoy Zafarobod (ilgarigi Ko‘kcha)da joylashgan. 
Uran bilan birga unga yo‘ldosh elementlar: reniy, skandiy, lan-
tanoidlar va boshqa nodir metallar ham qazib olinadi.
Mis, qo‘rg‘oshin, rux, volfram, temir. Rangli va nodir 
metallardan O‘zbekistonda mis, qo‘rg‘oshin, rux, volfram 
va shu guruhga kiruvchi boshqa metallarning zaxiralari 
aniqlangan. Mis zaxirasi bo‘yicha respublika dunyoda 
10–11-o‘rinlarda turadi. Misning asosiy qismi Olmaliq ruda 
maydoniga (17 mln. t dan ortiq) jamlangan bo‘lib, kon ishga 
tushirilganidan beri hozirgacha o‘tgan 50 yil davomida uning 
20% o‘zlashtirildi.
Mis konlari orasida Qolmaqir koni alohida e’tiborga 
sazovor. Bu kon mis-molibden rudalarini qazib olish bo‘yicha 


100
dunyodagi barcha konlardan ustun turadi. Uning rudasini 
O‘zbekistondagi eng yirik korxonalardan hisoblangan Olmaliq 
kon-metallurgiya kombinati qayta ishlamoqda.
Qo‘rg‘oshin-rux birikmalari 3 turda uchraydi: karbonatli 
jinslarda (Uchquloch va Qo‘lcho‘loq konlarida), vulqon jinsla-
ridagisi skarli-qo‘rg‘oshin-rux (Qo‘rg‘oshinkon va Kumush kon 
konlarida) va kolchedon-polimetall (Xondiza konida) holida 
uchraydi. Tekshirishlarda aniqlanishicha Uchqu loch konida 3 
mln. t dan, Xondizada esa 700 ming tonnadan ko‘proq zaxira 
mavjud.
Volfram yo‘ldosh element sifatida Muruntov, Langar, 
Ingichka, Qo‘ytosh, Yaxton va Sargardon konlaridan olinadi. 
Hozirgi vaqtda Sautboy, Saritov, Turboy, Oltintov va Auminza-
Beltov konlaridan volfram olish masalasi o‘rganilmoqda.
Temir rudasi konlari respublikaning bir necha o‘nlab 
joylarida mavjudligi aniqlangan. Ulardan asosiylari hisob-
langan Tebinbuloq (Qoraqalpog‘iston respublikasi) konida 68 
mln. t metall borligi, Temirkon (Jizzax viloyati) konida 35,5 
mln. t va Syurenota (Toshkent viloyati) konida 25,3 mln. t 
temir zaxirasi mavjudligi aniqlangan.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling