Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish
Yer osti boyliklari va ulardan foydalanish
Download 1.08 Mb. Pdf ko'rish
|
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yer osti boyliklari
5.4. Yer osti boyliklari va ulardan foydalanish
Jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida insoniyat oldida doimo muammolar mavjud bo‘lgan. Ayrim muammolarning paydo bo‘lishiga insoniyatning o‘zi sababchi bo‘lgan bo‘lsa, ularning ba’zilari tabiat va jamiyat o‘rtasidagi nomutanosiblik natijasida yuzaga kelgan. Aynan shunday muammolarning asosiylaridan biri Yer kurrasidagi mavjud tabiiy resurslardan samarali va oqilona foydalanishdir. O‘zbekiston Respub- likasining Birinchi Prezidenti I.Karimov «Yer, yer osti 97 boyliklari, boshqa tabiiy boyliklar ... milliy boylik bo‘lib, odamlar farovonligining kafolati, ijtimoiy taraqqiyot va ravnaqning asosi bo‘lib xizmat qiladi» deb aytgandi. Darhaqiqat tabiiy resurslarning cheklanganligi kishilik jamiyati rivojlanishining har bir davrida mavjud bo‘lgan bo‘lsa- da, hech bir davrda hozirgi paytdagidek dolzarb bo‘lmagan va bu jarayon jamiyat taraqqiyotining rivojlanish tendensiyasiga muvofiq tarzda kuchayib bormoqda. Tabiiy resurslar umummilliy boylik hisoblanib, ular davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasida qayd etilganidek: «Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir». Yer osti boyliklari – inson tomonidan milliy iqtisodiyotda va uy- ro‘zg‘orda foydalaniladigan hamda foydalanilishi mumkin bo‘lgan Yer ostidan qazib olinadigan tog‘ jinslari va minerallar. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin respublikamiz hududidagi barcha tabiiy, Yer osti boyliklari davlatimiz tasarrufiga o‘tdi. O‘zbekiston zaminida juda ulkan va noyob, hali ijtimoiy ishlab chiqarishga jalb etilmagan mineral xom- ashyo resurslari to‘plangan. O‘zbekistonda 95 turdagi mineral xomashyoni o‘zida mujassam etgan 2700 ta kon aniqlangan. Amalda Mendeleyev davriy jadvalidagi barcha elementlar respublikamizda mavjud. Mamlakatning umumiy xomashyo salohiyati 3,3 trillion AQSH dollari miqdorida baholanmoqda. Mavjud konlardan har yili 5,5 mlrd. AQSH dollariga teng foydali qazilmalar qazib olinmoqda. Darhaqiqat, O‘zbekiston zamini juda katta miqdordagi turli-tuman qazilma boyliklarga ega. Bu zaminda 2800 dan ziyod foydali qazilma konlari va ular namoyon bo‘lgan istiqbolli joylar aniqlangan. Aniqlangan bu konlarda 118 98 turdagi mineral xomashyo mavjud bo‘lib, shundan 65 turi o‘zlashtirilgan. O‘rganilgan 1500 ta konning 188 tasi neft va gaz konlari, 48 tasi noyob metallar, 43 tasi rangli, kamyob va radioaktiv metallar, 5 tasi qora metallar, 3 tasi ko‘mir va ko‘pgina boshqa turdagi qazilma boyliklar konlaridir. Har yili bu konlardan 5,5 mlrd. qazilma boyliklar olinmoqda va qo‘shimcha 6–7 mlrd. AQSH dollarlik yangi zaxiralar topilmoqda. Umuman olganda, «J», «K», «JK»larni oxirgi berilgan elektron variantga qarab qo‘yib chiqish lozim. Hozirgi kunda respublikada 400 ta ma’danli, 450 ta ichimlik va shifobaxsh suv konlaridan foydalanilmoqda. O‘zbekiston zaminida qimmatbaho metallarning katta zaxiralari mavjud. Uning hududida 32 turdagi qimmatbaho rangli metallar topilgan bo‘lib, hozirgi paytda ular 33 ta kondan qazib olinmoqda. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling